Донли экинлар маъруза матни


Quyruqli buzoqboshi Grullotalpa unispina Sauss.Zarari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana09.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1180254
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
qovun zararkunandalari bioekologiyasi tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari

Quyruqli buzoqboshi Grullotalpa unispina Sauss.Zarari. Quyruqli 
buzoqboshi polizdagi turli o’simliklarning ildizlarini va ba’zan poyalarini kemirib 
va tuproqda o’ziga yo’l ochib, namni kamaytirib yuborish bilan zarar keltiradi. 
Ba’zan quyruqli buzoqboshi g’o’za, oq jo’xori, makkajo’xori, sholi va shunga 
o’xshash dala ekinlariga ham zarar yetkazadi, ammo Markaziy Osiyoda 
sholipoyalardan boshqa dalalarga kamdan-kam katta zarar yetkazadi. 
Grullotalpa unispina Sauss. turiga kiradigan quyruqli buzoqboshi Markaziy 
Osiyo, Qozog’istonda, G’arbiy Sibirning janubi-sharqiy qismida, Quyi Volga 
bo’yi, Sharqiy Kavkaz orti, Eron va Shimoli-g’arbiy Xitoyda uchraydi. Markaziy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


26 
Osiyoda quyruqli buzoqboshilarning boshqa ikki turi: G.gryllotalpa L. va G. africana 
Beauv ham ozroq topilgan. 
Voyaga yetgan quyruqli buzoqboshining kattaligi 3,0-5,5 sm bo’lib, rangi 
jigar rang; oldingi orqasi qalin kalta tuklar bilan qoplanganidan duxobaga o’xshab 
turadi. Oldingi oyoqlari qazuvchi oyoqlardir. Erkagining qanotustliklari qornining 
yarmigacha boradi; urg’ochisining qanotustliklari yana ham kaltaroq. Yelpig’ichga 
o’xshab yig’iladigan pastki qanotlari qanotustliklari ostidan ikkita uzun dumsimon 
o’simta shaklida chiqib turadi. Yevropa quyruqli buzoqboshisi (G.gryllotalpa L) dan 
orqa boldirlari ustki chekkasining ichki tomonida atigi 1-2 tikani bo’lishi bilan 
farq qiladi. Yevropa quyruqli buzoqboshisida esa bunday tikanlar uchtadir, bundan 
tashqari, Yevropa quyruqli buzoqboshisi yo’g’onroq va beo’xshovdir. Tuxumi 
oval shaklda, sarg’ish, taxminan 1,5 mm dir. L i c h i n k a l a r i voyaga 
yetganlaridan asosan kattaligi va qanotlari rivojlanmaganligi bilan farq qiladi; 
lichinkalarning qanot boshlang’ichlari faqat to’rtinchi yoshdan boshlab paydo 
bo’ladi. 
10-rasm. Quyruqli buzoqboshi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


27 
Quyruqli buzoqboshi tuproqda 50-60 sm chuqurlikda so’nggi yoshdagi 
lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichinkalarning rivojlanishi ko’klamda tugaydi, 
voyaga yetgan quyruqli buzoqboshilar may oyida paydo bo’ladi. Quyruqli 
buzoqboshilar asosan nam tuproqda yashab, uzun, keng yo’llar ochadi va yo’l-
yo’lakay uchragan o’simlik ildizlarini kemirib boradi. Ular asosan o’simliklar 
bilan oziqlanadi, lekin ba’zida hasharotlarning lichinkalarini va tuproqda yashaydigan 
mayda jonivorlarni ham yeydi. Urg’ochisi tuxumlarini 18 sm ga yetadigan 
chuqurlikdagi uyasining keng joyiga 200-500 tadan to’p-to’p qilib qo’yadi. 
Tuxumlardan taxminan 1,5 haftadan keyin lichinkalar chiqadi. Yosh lichinkalar 
uyada bir qancha vaqt urg’ochi hasharot himoyasida turadi, keyinchalik tarqalishib 
ketib, mustaqil yashay boshlaydi. Quyruqli buzoqboshi yiliga bir marta nasl beradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling