Donli ekinlarni ozuqa uchun yetishtirish texnologiyasi. Mazmuni: Kirish i-bob. Asosiy qisim
Download 142 Kb.
|
Donli ekinlarni ozuqa uchun yetishtirish texnologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.MOSHNI OZIQLANTIRISH.
- 6.SOYANI OZIQLANTIRISH
4.LOVIYANING OZIQLANISHI.
Yaxshi oziqtirilganda loviyaning har gektaridan 40 s/ga cha hosil olish mumkin. Loviya yer osti suvlari yuza, og‘ir loy tuproqlarda yomon o‘sadi. Ayniqsa, sho‘rlangan, yerlar loviya uchun yaroqsiz yerlar hisoblanib tuproq eritmasi RN-6-7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi. Loviya deyarli barcha ekinlar uchun yaxshi yo‘ldosh ekin hisoblanib, go‘ng bilan yaxshi oziqlantirilganda hosildorligi ikki hissa oshadi. Loviyaning oziq moddalarini iste’mol qilishi juda qisqa muddatlarda davom etadi. YA’ni, ko‘karib chiqgan so‘ng gullash tamom bo‘lguncha 50-60 kun mobaynida fosfor, kaliy va kalsiyning 90-95 %o‘zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar ayniqsa kaliyli o‘g‘itlarning kaliy sulfat formasi loviya uchun juda foydalidir. 5.MOSHNI OZIQLANTIRISH. Mosh g‘alladan so‘ng takroriy ekin sifatida yozning ikkinchi yarmida ekilsa gektaridan o‘rta hisobda 8-12 s gacha hosil olish mumkin. Keng qatorlab, pilla qurtining nayjasi bilan 1:3 nisbatda (bir hissa mosh urug‘i, uch hissa pilla qurtining nayjasi) ekilganda hosildorlik yanada oshadi. Moshning hosil elementlari paydo bo‘layotganda fosforli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi yaxshi natija beradi. 6.SOYANI OZIQLANTIRISH. Soya tuproq unumdorligiga juda ham talabchan o‘simlik. U sho‘rlangan, botqoq va kislotali tuproqlardan boshqa barcha yerlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq eritmasining pH ko‘rsatkichi 6,5-7 bo‘lganda soya uchun optimal sharoit hisoblanadi. Soya almashlab ekishda yaxshi o‘g‘itlangan g‘alla ekinidan so‘ng joylashtirish kerak. Soyadan keyin ekilgan g‘alla, qand lavlagi, sholi, zig‘ir va boshqa ekinlarning hosili oshadi. Ma’lumotlarga qaraganda soyadan 20 s/ga don va unda muvofiq ravishda vegitativ massa olinganda har gektar yerdan 142 kg azot, 23 kg fosfor va 35 kg kaliy o‘zlashtirilgan. Shuning uchun ham soya organik va mineral o‘g‘itlar bilan yaxshi oziqlantirilgan yerlarga ekilishi kerak. Soya uchun fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning yuqori meyori yaxshi ta’sir etadi. Ayniqsa fosforli o‘g‘itlar soya hosildorligini oshirishi bilan birga urug‘idagi yog‘ miqdorini ham oshiradi. Fosforli o‘g‘itlar soya ildizidagi tuganak bakteriyalarning faoliyatini yaxshilash evaziga atmosfera azotini o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Soyani yaxshi oziqlantirish evaziga undan 40 s/ga cha hosil olish mumkin. Agar soya urug‘ini ekish oldidan nitragen bilan ishlov berilsa yaxshi natija beradi. Bu usul nafaqat soyani balki o‘zidan keyin ekilgan arpani hosilini ham oshiradi. Shunday qilib dukkakli don ekilari unumdor yerlarga ekilib yaxshi oziqlantirilganda nafaqat mo‘l va oqsilga boy hosil beradi, balki o‘zidan keyin yerni unumdorligini oshiradi. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling