Do’ppichilik, chorsichilik, cho’ponchilik


Download 26.46 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi26.46 Kb.
#1410037
1   2
Bog'liq
Do’ppichilik, chorsichilik, cho’ponchilik.

Marg‘ilon do‘ppilari, adras, atlas va zargarlik buyumlari azaldan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu mahsulotlar dovrug‘i qadimdan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab keng tarqalgan. 

Prezidentimiz rahnamoligida milliy o‘zligimizni anglash, qadimiy va boy tariximiz, madaniy merosimizni tiklash, o‘rganish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Marg‘ilonda ham hunarmandlar safi yildan-yilga kengaymoqda. Bunda davlatimiz rahbarining 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Do‘ppi – xalq amaliy san’atining eng ommabop va keng tarqalgan namunasi. Do‘ppining ustki qismidagi to‘rt qalampir nusxa ramziy ma’noda, insonning to‘rt muchasini himoyalaydi. Hoshiyasidagi o‘n olti gul katta va ahil oilaga ega bo‘lish tilagini ifodalaydi. Do‘ppini tayyorlashda yurtimizning turli hududlariga xos tabiiy sharoit, aholi turmush tarzi, mahalliy an’analar ham aks etadi. 

Adolat G‘ulomova do‘ppido‘zlar sulolasining yettinchi avlod vakili. Ko‘hna shaharda birinchi do‘ppi do‘konini ochgan mashhur Madali baqqol Adolat opaning bobosi bo‘lgan. Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan kasb sirlarini puxta o‘zlashtirgan Adolat opa Marg‘ilon do‘ppisining o‘nlab yangi nusxalarini yaratdi. 

– Mustaqillik sharofati bilan milliy hunarmandlik, jumladan, do‘ppido‘zlik ham rivojlandi, – deydi A.G‘ulomova. – Do‘ppido‘zlik Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda keng tarqalgan. Bu bosh kiyimi har bir hududda uslub va ko‘rinishi jihatidan o‘ziga xos tayyorlanadi. Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dumaloq, qubbasimon ko‘rinishdagi yorqin rangli, Farg‘ona vodiysida oq va qora iplar yordamida do‘ppi tikilgan. Ayni paytda iroqi do‘ppi, chust do‘ppi, qo‘qon do‘ppi, marg‘ilon do‘ppi, gilam do‘ppilar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijda ham mashhur. Marg‘ilon do‘ppisining yuzlab turlari mavjud. Do‘ppining eski nusxalari qora nimtatil matoga tikilgan, ipak qurti ipagidan tayyorlangan, yelimlari daraxt tanasidan olingan. Marg‘ilon do‘ppilarida viloyatning o‘ziga xos tabiati, ayollarimizning nafis qalbi, latofati, orzu-umidlari ifodalanadi. To‘rt qizim, 60 dan ortiq shogirdim do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanadi. Marg‘ilon tibbiyot kollejida tahsil olayotgan nabiram Sitorabonu qizlar uchun tikayotgan do‘ppilar ko‘pchilikka manzur bo‘layotganidan quvonaman. 

Marg‘ilon do‘ppisi borasida taniqli rassom Muhammadjon Fozilov shunday kichik tadqiqot o‘tkazgan: do‘ppi bezaklaridan qog‘ozga nusxa ko‘chirib, turli kasb egalarining fikrini o‘rganadi. Qarashlar rang-barang. Ular orasida tibbiyot sohasi mutaxassislarining “Do‘ppining to‘rt chetidagi ushbu naqshlar bir qarashda qalampir nusxalari bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ona qornidagi homilaning bir, ikki, uch oylik ko‘rinishiga juda o‘xshaydi”, degan xulosasi barchani qiziqtirib qo‘ygan. 

Marg‘ilon shahar hunarmandlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi do‘ppilar ko‘rgazmasida biri-birini takrorlamaydigan do‘ppilar tomoshasi asnosida mustaqillik yillarida milliy hunarmandlik jadal rivojlanayotgani, tadbirkorlarga keng imtiyozlar berilgani samarasiga guvoh bo‘lasiz. Tabiiy bo‘yoqlarga boyligi bilan ko‘zni quvnatadigan Marg‘ilon do‘ppilari milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi sifatida ko‘nglimizni faxr-iftixorga to‘ldiradi. 

Ko‘rgazmaga keluvchilar hunarmandlikning noyob sirlari bilan tanishadi, sovg‘a uchun xarid qilishadi. 

– Buyuk ipak yo‘lida joylashgan bu shahar meni juda hayratga soldi, –deydi ispaniyalik sayyoh Demetrio Garses. – Ayniqsa, qo‘li gul hunarmandlar mehnati tahsinga loyiq. Men Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida ko‘p bo‘lganman. Har gal yurtimga qaytayotganda o‘zbek hunarmandlari tayyorlagan do‘ppilarni sovg‘a uchun olaman. Ayniqsa, Marg‘ilon do‘ppilari o‘ziga xosligi bilan menda katta taassurot qoldirdi. Bularning barchasi yurtingizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik samarasidir. Buni odamlarning yuz-ko‘zidagi xotirjamlikdan ham sezish mumkin. O‘zbekiston xalqiga havasim keldi. Qaniydi, butun dunyo shunday tinch bo‘lsa-yu, odamlar shunday xotirjam yashasa! 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.
Jumladan, birinchi va to‘rtinchi yo‘nalishdagi masalalar bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, birinchi yo‘nalish yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlashdir. Bu bo‘yicha “Sevimli TV” kanalining “Zirapcha” ko‘rsatuvi bilan hamkorlikda ish olib borilib, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida istiqomat qilayotgan fuqaro Nodira Gaipovaga “O‘quv to‘garagi tashkil etish” uchun 20,0 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi.
Shuningdek, Farmonning 2-bandiga asosan joriy yilda bankning o‘z mablag‘lari hisobidan 34 641 tadbirkor ayolga 554,6 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi, 35 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda byudjetga 1,1 mlrd. so‘mlik soliq tushumlari tushishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, Farmonning 3-bandiga asosan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 639 nafar tadbirkor ayollarga 7,4 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Andijon viloyatida “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida 32 ta yo‘nalish bo‘yicha 419 ta ixtisoslashgan mahalla o‘rganib chiqildi. Shundan, 63 ta mahallada 16 ta o‘ziga xos yo‘nalish (kasanachilik, kosibchilik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel yasash, pichoqchilik, do‘ppichilik, gulchilik, duradgorlik, kashtachilik, kulolchilik, mehmonxona, ro‘mol to‘qish, savat to‘qish, to‘qimachilik) bo‘yicha 6,9 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, mahsulot ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi natijasida, 630 kishi ish bilan ta’minlanib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Misol uchun, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Bozorboshi” va “Qoraqo‘rg‘on” mahallalarida 150 nafar xotin-qizlarga “echki junidan ro‘mol to‘qish” uchun 1,6 mlrd. so‘mlik kredit ajratildi. Buning natijasida har bir fuqaro bir oyda o‘rtacha 1,5-2 mln. so‘m daromad olish manbaiga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, kredit oluvchilarga, shu jumladan, xotin-qizlarga kredit ajratishda murakkablashgan mexanizmdan voz kechilib, kreditlar ajratish muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi “skoring modeli” ishlab chiqilmoqda. Natijada, tuman, shahar va viloyatlardagi kredit komissiyalari to‘liq tugatilib, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham beriladi.
Bundan tashqari, Qarorning 2-bandiga asosan mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan Namangan viloyati Pop tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Ulug‘boyeva Ozoda Unarboyevnaning oilaviy ahvoli og‘irligini inobatga olib, farzandi Ismoilova Shoxsanam Shuhratjon qizining o‘qishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun 14,0 mln. so‘m hamda Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Aripova Zamira Tagayevnaning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida 7,2 mln. so‘mlik homiylik mablag‘lari ajratildi.
Shu bilan birga, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xalq banki, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” o‘rtasida uch tomonlama Bosh kelishuvlar imzolangan va ushbu kelishuvlarga asosan jami 125,0 mlrd. so‘m resurs mablag‘i ajratilgan.
“Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” tomonidan 2018-yilda ajratilgan 25,0 mlrd. so‘mlik, resurs mablag‘lari hisobidan bugungi kunga qadar 1 174 ta xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi va buning natijasida 1 381 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan (shundan, 2018-yilda 151 ta xotin-qizlarga 4,2 mlrd. so‘m, 2019-yilda 1 023 ta xotin-qizlarga 20,8 mlrd. so‘m kredit ajratilgan)
2019-yilda ajratilgan 100,0 mlrd. so‘mlik resurs mablag‘lari hisobidan bugungi kunga qadar 3 213 ta xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 86,2 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasida 4 820 ta (shundan, qishloq joylarida 5 102 ta) yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra 43 ta holatda jami 764,0 mln. so‘mlik kreditlar maqsadsiz ishlatilgani gumon qilingan.
Bank tomonidan joyida qayta o‘rganilganda, 40 ta loyihaga ajratilgan 523,0 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan tovar va mahsulotlar mijozlar tomonidan to‘liq olib kelinib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 3 ta loyiha tashabbuskoriga ogohlantirish xatlari berilib, ularga tegishli 133,0 mln. so‘mlik kredit mablag‘ini so‘ndirish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritildi. Ushbu kredit mablag‘larining 108,0 mln. so‘mlik qismi muddatidan oldin so‘ndirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 1-3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida yuklatilgan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyatida xotin-qizlar tadbikorligini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida “meva-sabzavotni qayta ishlash”, “junni qayta ishlash” va “qandolatchilik” faoliyatini rivojlantirish yuzasidan 5 ta taklif bo‘yicha jami 3,0 mlrd. so‘mlik loyihalar aniqlanib, uning doirasida 2019-2020-yillarda jami 145 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shundan, 2019-yilda 3 ta loyiha 1,9 mlrd. so‘mlik, 2020-yilda 1,1 mlrd. so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi.
Umuman olganda Xalq banki tomonidan yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorligini rivojlantirish hamda rag‘batlantirib borishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Download 26.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling