Dorchilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik
Download 0.75 Mb.
|
BOG 04
- Bu sahifa navigatsiya:
- MTRTD
- 2.Xo’jalikning energetik resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi,1ga\ot kuchi
- bilan qurollanganlik darajasi
- 4.Ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi,foiz.
- 5.YAngi texnikalardan, texnologiyalardan foydalanish natijasida mehnat, mablag’
- Bunda
- 6.Mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti,foiz.
- 7.Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi.
1. Moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi,1ga\m.so’m.
MTRTD = ( yek + (Af – As) + AFK + BGk ) : KXe Bunda: MTRTD – moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, Ek - qishloq xo’jalik yerlarining qiymati (so’mda); Af - asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati (so’mda); As – asosiy vositalarning o’rtacha yillik eskirish summasi (so’mda); AFK – aylanma vositalarning o’rtacha yillik summasi (so’mda); BGk- bog’lar, tokzorlarning o’rtacha yillik summasi (so’mda) 2.Xo’jalikning energetik resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi,1ga\ot kuchi Ert = ERk : Em (Kxe) Bunda: ERk - jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida); Em (KXe) – jami ekin maydoni (qishloq xo’jalik yerlari). 3.Mehnatning energetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi,1 kishi\ot kuchi. Erk = ERk : Mr Bunda: ERk - jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida); Mr –ishlagan mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni (kishi). 4.Ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi,foiz. Md = (Mi : Ji ) x 100 Bunda: Md - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda; Mi -mashina, traktorlar mexanizmlar yordamida bajarilgan ish (et.ga); Ji - jami bajarilgan ish mikdori (et.ga) 5.YAngi texnikalardan, texnologiyalardan foydalanish natijasida mehnat, mablag’ xarajatlarini tejash darajasi,foiz. Xt = ( X1 - X2 ): X1 x 100 Bunda: X1 - yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi xarajatlar (so’m); X2 - yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan so’nggi xarajatlar (so’m).. 6.Mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti,foiz. MTPFk = Fs : Ms Bunda: MTPFk – mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Fs - foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona). Ms - mavjud bo’lgan mashina-traktorlarning soni (dona). 7.Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. EGtn = ∑ Mx : ∑ ETga Bunda: EGtn - 1 etalon ga. tannarxi (so’mda); ∑ Mx – mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami xarajat (ming sum); ∑ ETga - jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga). Respublika bo‘yicha jami 87 406 fermer va 4,7 mln dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyat yuritilishi ta’kidlanib, 2018-yildan boshlab agrar sektorida bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida ishlab chiqarishning klaster shakli joriy etilgani qayd etildi. Xozirda Respublikada jami 96 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2020-yilda 906313 gektar yer maydoniga paxta xom ashyosi yetishtirildi. Bu Respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtiradigan umumiy yer maydonining 87,7 foizini tashkil etadi. Mehnat predmeti va mehnat vositalari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat predmetlariga ta'sir ko'rsatuvchi buyumlar mehnat vositalari deyiladi. Inson mehnati ishlab chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo‘lsa, u mehnat predmeti deb ataladi. Boshqa tarmoqlarda boigani singari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ham ishlab chiqarish vositalarining me'yoriy hajmda mavjud boiishi taqozo etiladi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqdagi barcha resurslaming eng muhim qismi hisoblanadi va unga quyidagilar kiradi: • ajratib berilgan yer maydoni; • bino-inshootlar, texnikalar, mashinalar va boshqa ish qurollari; • ko‘p yillik mevali daraxtlar va uzumzorlar; • mahsuldor va ishchi hayvonlar; • aylanma mablag‘lar (urug‘lik, o‘g‘itlar, YMM, kimyoviy vositalar, hisob raqamidagi pul mablag'lari, qimmatbaho qog‘ozlar); • xo'jaliklarning ta’sischiligi asosida tashkil qilingan MTP, agrofirmalar hisobidagi mol-mulki. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, quyidagicha gumhlarga bo'linadi: ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari; - ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan moddiy-texnika resurslari. Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan moddiy-texnika resurslari yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va xizmatlar bajariladi. Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlami sug‘orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan va ekinlarga ishlov beradigan traktorlar, kombaynlar, kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. Korxonalaming ombor, idora binolari, ayrim inshootlari, aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: Birinchidan, qishloq xo'jaligi moddiy-texnika bazasida yer asosiy rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog‘liq. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi har doim tabiiy sharoitlar ta’sirida bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududiy xarakterga ega bo'lib, har bir hududda tabiiy-iqlim sharoitlari har xil bo‘lishi tufayli har xil turdagi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun turli hududlarda moddiy-texnika bazasining tarkibi ham har xil bo'ladi. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, bu moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta'sir etadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo'lishi zahira urug‘lik, yem- xashak, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqalarga ega bo‘lish zaruriyatini keltirib chiqaradi. bundan tashqari, moddiy-texnika resurslaridan yil davomida samarali foydalanishga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. To'rtinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli organizmlardan (isb hayvonlari, mahsuldor mollar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va hokazo) iborat boiib, ulardan samarali foydalanish uchun ulaming biologik xususiyatlarini bilish talab etiladi. Beshinchidan, qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasini yaratish va saqlash ko‘p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi. Moddiy-texnika resurslarming mahsulot yetishtirishda, qishloq xo‘ja!igini rivojlantirishda ahainiyaii ulkan. Ular mehnatning xarakterini o'zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta'minlaydi. Masalan, ilmiy asoslangan ma'lumotlarga ko‘ra, paxta yig‘im-terin:uda 1 kishi-soat mexanizator mehnati 26 kishi-soat qo‘l mehnati o‘mini bosadi. Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnika resurslarining sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratishga xizmat qiladi. Shuning natijasida o‘simliklarning serhosil, tezpishar navlari, chorva mollarining mahsuldor zotlari, har tomonlama qulay va samarali, yuqori unumli va tejamkor texnikalar, ilg'or texnologiyalar yaratiladi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari quyidagi belgilari bo'yicha turkumlanadi: - barpo etilishi bo‘yicha; - ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra; - takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha. Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika resurslari mulk sifatida tarmoqning, korxonalaming iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korxonalaming moddiy-texnika bazasi mustahkam bo'lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini ulaming iqtisodiy mazmuni, barpo etilishi va foydalanilishi bo‘yicha 4.1-chizmadagi tartibda turkumlash mumkin. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling