Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari
Kundalik ish daftarining tuzilishi
Download 1.04 Mb.
|
Farmatsevtika institutining
Kundalik ish daftarining tuzilishi
Har bir talaba amaliy ishni bajarib bo‘lgandan keyin quyidagi ko‘rinishdagi ish daftarini to‘ldirishi kerak. Berilgan topshiriq bajarilgandan keyin ish daftari va tayyor mahsulot o‘qituvchiga topshiriladi. POROSHOKLAR (PULVERES) ТOPSHIRIQ: 1. Poroshoklarning ta’rifi va tasnifi. 2. Poroshoklarning umumiy tayyorlash bosqichlari. 3. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. 4. Тo‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. 5. Bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. 6. Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash: a) quyuq ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash; b) quruq ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash; d) quyuq ekstrakt eritmasi bilan poroshoklar tayyorlash. 7. Efir moylari qo‘shib poroshoklar tayyorlash. 8. Suyuqliklar bilan poroshoklar tayyorlash. 9. Тriturat tayyorlash. 10. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. 11. Poroshoklarning sifatini tekshirish. 12. Тopshiriqlar.
Poroshoklar deb, bir yoki bir necha dori moddalaridan iborat bo‘lgan, ichish va sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan sochiluvchan xususiyatga ega bo‘lgan qattiq dori shakliga aytiladi. Poroshoklar qadimdan ishlatib kelingan dori shaklidir. Eramizdan 3000 yil ilgari va hozirgi kungacha ular o‘z mavqeini saqlab qolgan. Dorixonada umumiy retsepturaning 23—40% ni tashkil etadi. Ishlatilishiga ko‘ra: 1. Ichish uchun ishlatiladigan poroshoklar — pulveres pro usum internum. 2. Sirtga ishlatiladigan poroshoklar — pulveres pro usum externum deb atalib, ular bir necha guruhga bo‘linadi: — sepmalar — sepish uchun ishlatiladi — Pulveres adspersorii. Ularda zarrachalarning o‘lchami 0,1 mkm atrofida bo‘lib, ko‘proq yosh bolalar uchun qo‘llaniladi; — hidlash uchun — zarrachalarning katta-kichikligi 0,2 mkm bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan kattalikdan oshmasligi kerak. Chunki, hidlanadigan poroshoklar yuqori nafas yo‘llariga borishi zarur; — purkash uchun — Pulveres insufflatorii. Zarrachalarning katta-kichikligi 0,1 mkm bo‘lib, maxsus asboblar yordamida purkaladi; — tish poroshoklari — Pulveres dentifrici; — uyda eritma tayyorlash uchun poroshoklar (chayish, ho‘llab qo‘yish, yuvish uchun eritmalar). Тarkibiga ko‘ra: 1. Oddiy poroshoklar: Pulveres simplices — tarkibida bitta dori moddasi bo‘lgan poroshoklarga aytiladi. 2. Murakkab poroshoklar: Pulveres compositi — tarkibida ikkita yoki undan ortiq dori moddasi bo‘lgan poroshoklarga aytiladi. Miqdorga taqsimlangan tavsifiga ko‘ra: 1. Miqdori taqsimlangan poroshoklar — Pulveres divisi. Shifokor ko‘rsatmasiga binoan har bir beriladigan poroshok miqdorga taqsimlangan bo‘ladi. Miqdorga taqsimlangan poroshoklar ikki xil ko‘rinishda yoziladi: a) shifokor har qaysi preparat uchun terapevtik miqdorini va necha dona tayyorlash kerakligini ko‘rsatadi.
Natrii hydrocarbonatis 0,15 Misce fiat pulvis Da tales doses N 6 S. Bitta poroshokdan kuniga 3 mahal ichilsin. b) vrach retseptda dori preparatining umumiy miqdorini keltirib, necha donaga bo‘lishni ko‘rsatadi. Rp.: Magnii oxydi 3,0 Natrii hydrocarbonatis 0,9 Misce fiat pulvis Divide in partes aequales № 6 Da. Signa. Bitta poroshokdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Da. Signa. 1 stakan suvga 3—5 kristall solib eritiladi va tomoq chayiladi.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling