Poroshoklarni joylashtirish va jihozlash
Poroshoklar asosan qog‘oz kapsulalarga qadoqlanadi.
Namlikni o‘ziga tortadigan, uchuvchan va o‘tkir hidli moddalar qo‘shib tayyorlangan poroshoklar mumli va parafinli kapsulalarga qadoqlanadi.
Yog‘simon moddalar pergament kapsulalarga o‘rab beriladi.
Тashqi muhitda o‘zgaruvchan, noxush mazaga ega bo‘lgan va bo‘yovchi moddalar mumli, kraxmalli, jelatinli kapsulada beriladi.
Dozalarga bo‘linmagan poroshoklar qog‘oz xaltachada, karton qutichada, ayrim hollarda shisha idishda, dori moddasini fizik-kimyoviy xossalariga e’tibor bergan holda beriladi.
Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalardan tayyorlangan poroshoklar mumli kapsulalarga qadoqlanadi, bemor qo‘liga surguchlangan holatda beriladi va unga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin», «Bolalardan ehtiyot qiling» yorliqlari yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |