Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


-rasm. Hab dori tayyorlash asbobi


Download 1.04 Mb.
bet28/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

5-rasm. Hab dori tayyorlash asbobi:

1—asosi; 2—pastki kesgich; 3—yog‘och taxtacha; 4—rolik; 5— hab dorilarni sanash uchun uchburchak; 6—yuqorigi kesgich.


Тayyor hab dorilarning umumiy soni quyidagi tenglama asosida hisoblanadi:
C = n2 + n  + K

2

bunda, C — hab dorilarning umumiy soni;



         n — hab dori bilan to‘lgan qatorlar soni;

         K — oxirgi, to‘lmagan qatordagi hab dorilar soni.


Quruq ekstraktdan foydalanib hab dori tayyorlash
Quruq ekstraktlar juda yaxshi plastik modda hisoblanadi. Hab dori massasi umumiy og‘irligining 1/5—1/6 qismini quruq ekstrakt tashkil etadi.
Rp.: Acidi arsenicosi anhydrici 0,05

Ferri lactatis 3,0

Extracti et pulveris radicis Glycyrrhizae q.s.

Misce, ut fiant pilulae №30.

Da. Signa. Bir dona hab doridan kuniga 2 mahal ichilsin.
Margumush angidridi («A» ro‘yxat) miqdorining to‘g‘riligi tekshiriladi. Hab dori massasining umumiy og‘irligi taxminan 6 g (0,2x30). Bu retsept bo‘yicha dori moddasi 3 g bo‘lishi kerak.

Hovonchaga 0,5 g (1:10) margumush angidridi triturati solinadi va 3 g temir laktat bilan aralashtiriladi. Keyin 1 g chuchukmiya ildizining quruq ekstrakti qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi va bir necha tomchi glitserinli suv quruq ekstrakt og‘irligiga nisbatan 10—30% miqdorda qo‘shiladi. Тayyor bo‘lgan qovushqoq massaga chuchukmiya ildizi kukuni qo‘shilib, toki hab dori massasi hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor hab dorilarga likopodiy sepiladi va surguchlab, muhr qo‘yiladi, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 489, 1090-sonli buyruqlariga qaralsin).



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling