Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Konsentrlangan eritmalarni quyultirish va suyultirish


Download 1.04 Mb.
bet48/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

Konsentrlangan eritmalarni quyultirish va suyultirish
Тahlil natijasi eritma konsentratsiyasining ko‘p yoki kam chiqqanligini ko‘rsatsa, u holda konsentrasiyani me’yoriga yetkazish zarur.

Faraz qilaylik, yuqorida tayyorlagan geksametilentetramin eritmasining konsentrasiyasi 23% bo‘lib chiqdi, demak eritmani suyultirish lozim. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshiramiz:


X = A(C-B) =   1000(23 - 20) =   3000 = 150 ml

       B           20           20

bu yerda: X — eritmani suyultirish uchun kerak bo‘lgan

suv miqdori, ml;

A — tayyorlangan eritma hajmi, ml;

B — talab etiladigan eritma konsentratsiyasi, % da;

C — tayyor eritmaning amaldagi konsentratsiyasi,

% da.


Demak, 23% geksametilentetramin eritmasini me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 150 ml tozalangan suv solish lozim.

Boshqa holda tahlil natijasi geksametilentetramin eritma­si­ning konsentratsiyasi 18% ekanligini ko‘rsatdi. Eritma konsentratsi­yasi me’yorida (20%) bo‘lguncha geksametilentetramin qo‘shish talab etiladi. Hisob quyidagi formula bo‘yicha olib boriladi:


X= A(B-C)   = 1000(20-18)   = 2000   = 23,7
100 d-B      100*1,042-20    84,2
bu yerda:

X– eritmaga qo‘shish kerak bo‘lgan moddaning miqdori, g da;

A– tayyorlangan eritmaning miqdori, ml da;

B– talab etilgan eritma konsentratsiyasi, % da;

C– amaldagi konsentratsiyasi, % da;

d– eritma zichligi, g/ml da.

Demak, 18% li eritmani me’yoriga keltirish uchun eritma ustiga 23,7 g geksametilentetramin qo‘shish lozim.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling