Testlar dtm–2019 variantlari asosida tuzilgan. Eritma
Download 340.04 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Eritma.TT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hojimurod Toshpulatov
@KIMYOSHARQ va @Super_kimyo_uz kanallari uchun……! TESTlar DTM–2019 variantlari asosida tuzilgan. Eritma. 1. 30 °C dagi eruvchanligi 54 g bo‘lgan tuzning 462 g to‘yingan eritmasi 60 °C gacha isitilganda yana qancha (g) tuz erib, to‘yingan eritma hosil qiladi? S(60 °C) = 82 A) 72 B) 84 C) 68 D) 65 2. 360 g 20 % li natriy gidroksid eritmasiga 12 g suv qo’shilgan bo’lsa, hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (mol/kg) aniqlang. (Molyal konsentratsiya - 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.) A) 6 B) 7 C) 7,5 D) 5 3. Zichligi 1,2 g/ml bo‘lgan 300 g eritmada 49 g ortofosfat kislota mavjud. Eritma konsentratsiyasini (mol/1) hisoblang. (Zichlik nisbiy olingan) A) 2 В) 3 C) 4 D) 5 4. Litiy oksidi ma’lum massadagi suvda to‘liq eritildi. Olingan asos massasi eritilgan oksid massasidan 36 g ga ko‘p bo‘lsa, necha gramm oksid eritilgan? A) 42 B) 15 C) 30 D) 60 5. 1026 g (ρ = 1,14 g/ml) 0,3 M li xlorid kislota eritmasi bilan 180 ml 0,5 M li X eritmasi to‘liq reaksiyaga kirishdi. X ni toping. А) KOH B) Ca(OH) 2 C) NH3 D) Al(OH) 3 6. 200 ml AgNO 3 (C = 1,2 mol/l) va 800 ml NaCl (C = 0,375 mol/1) eritmalari aralashtirildi. Eritmadan cho‘kma ajratib olingach, barcha ionlar konsentratsiyasini (mol/1) hisoblang. 1) Ag + ; 2) NO 3 – ; 3) Na + ; 4) Cl – , a) 0,2; b) 0,06; c) 0,3; d) 0,24. A) 3-c; 4-b; 2-d B) 3-c; 4-d; 2-b C) 3-c; 4-d; 2-b; 1-b D) 3-c; 4-d; 2-b; 1-a 7. 24 g NaOH dan foydalanib 6 molyalli eritma tayyorlash mumkin? Bunda, hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasi qanday bo’ladi? (Molyallik - 1 kg erituvchiga mos keluvchi erigan modda miqdori) A) 21,5 B) 19,35 C) 44,4 D) 23,5 8. 255,5 gramm kalsiy xlorid eritmasiga tegishli miqdorda Na 2 CO 3 qo‘shilganda 50 g cho‘kma tushdi. Hosil bo’lgan eritmaning molyal konsentratsiyasini aniqlang? A) 6 B) 5 C) 2 D) 4 9. Mis sulfat tuzining to‘yingan eritmasi (S = 80) 4 M li bo‘lsa, 200 ml eritma massasini (g) toping. (S - eruvchanlik) A) 300 B) 288 C) 250 D) 321 10. 500 g to‘yingan eritma 40 °C dan 60 °C gacha qizdirildi. Agar eritmaga 30 g eruvchi qo’shilgan bo’lsa, ushbu jarayon uchun to’g’ri bo’lgan javobni tanlang. S(40°C) = 25; S(60 °C) = 40 A) to ‘yinmagan eritmaga aylanadi va 40 g eruvchi qo‘shilsa to‘yinadi B) to‘yingan eritmaga aylanadi C) to‘yinmagan eritmaga aylanadi va 30 g eruvchi qo’shilsa to’yinadi D) to‘yinmagan eritmaga aylanadi va 60 g eruvchi qo‘shilsa to‘yinadi 11. 200 ml NaOH eritmasining (w(NaOH) = 0,25) molar konsentratsiyasi 7 mol/1 bo‘lsa, eritma massasini (g) aniqlang. A) 160 B) 150 C) 224 D) 320 12. X °C da A modda to‘yingan eritmasining molyal konsentratsiyasi 3 mol/kg bo‘lsa, A moddaning molar massasini (g/mol) aniqlang. S(X °C) = 60 (Molyal konsentratsiya - erigan modda miqdorining erituvchi massasiga nisbati.) A) 400 B) 80 C) 40 D) 200 13. Vodorod atomlari soni 12,3 · N A ta bo‘lgan 10 % li natriy gidroksid eritmasi massasini (g) hisoblang. A) 280 B) 110 C) 84 D) 120 14. Ma’lum massadagi eritma bug‘latilganda eritma massasi 25 % ga, erituvchi massasi 50 % ga kamaydi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) hisoblang. A) 25 B) 50 C) 40 D) 20 15. 11,7 g uch valentli metall asosi bilan 900 ml 0,5 mol/l xlorid kislota eritmasi to‘liq reaksiyaga kirishdi. Metallni aniqlang. A) Al B) Fe C) Mn D) Cr 16. Metall bromidni kislotali muhitda bromgacha to‘liq oksidlash uchun 0,4 mol/l li kaliy permanganat eritmasidan 300 ml sarflandi. Xuddi shunday miqdordagi metall bromidni kislotali muhitda bromgacha to‘liq oksidlash uchun 0,25 mol/l li kaliy dixromat eritmasidan qancha (ml) talab etiladi? A) 300 B) 150 C) 400 D) 250 17. 16 % li mis (II)-sulfat eritmasiga 80 gramm massadagi CuSO 4 · 5H 2 O eritilganda eritmaning foiz konsentratsiyasi 2 marta ortgan bo’lsa dastlabki eritmaning massasini (g) aniqlang? A) 120 B) 160 C) 150 D) 180 @KIMYOSHARQ va @Super_kimyo_uz kanallari uchun……! 18. Sof nitrat kislotaning zichligi 1,26 g/ml. Zichligi 1,052 g/ml bo‘lgan nitrat kislota eritmasining molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisoblang. (Molyal konsentratsiya - erigan modda miqdorining erituvchi massasiga nisbati.) A) 1,2 B) 10 C) 5 D) 2,4 19. 10 % li tuz eritmasi bug‘lanishi natijasida to‘yingan eritma (S = 25) hosil bo‘ldi. Bunda 1 g tuz cho‘kmaga tushdi va eritma massasi 4 marta kamaydi. Bug‘langan suv massasini (g) aniqlang. A) 5 B) 14 C) 6 D ) 15 20. 120 g MgSO 4 ning to‘yingan eritmasiga 2,4 g quruq tuz qo‘shilib, qizdirildi. Boshlang‘ich haroratgacha sovutilganda 4,8 gramm MgSO 4 · 4H 2 O cho‘kmaga tushdi. Dastlabki eritma konsentratsiyasi qanday bo‘lgan? A) 10 B) 40 C) 25 D) 30 21. 400 ml NaOH eritmasiga (ρ = 1,2 g/ml) 32,2 g Na bo‘lakchasi solindi. Olingan eritmadagi ishqorning massasini 80 g bo’lsa, dastlabki eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang. A) 8 B) 5 C) 12 D) 15 22. 40 % li natriy gidroksid eritmasidan 156 gramm suv bug‘latilganda eritmadagi umumiy atomlar soni 2 marta kamaydi. Dastlabki eritmaning massasini aniqlang? A) 300 B) 240 C) 400 D) 250 23. X °C da natriy nitratning to‘yingan eritmasining molyal konsentratsiyasi 4 mol/kg bo‘lsa, shu haroratdagi tuzning eruvchanlik koeffitsieyntini aniqlang? (Molyal konsentratsiya - erigan modda miqdorining erituvchi massasiga nisbati.) A) 17 B) 85 C) 34 D) 20 24. 200 ml NaOH eritmasining (w(NaOH) = 0,25) molar konsentratsiyasi 7 mol/1 bo‘lsa, eritma massasini (g) aniqlang. A) 160 B) 150 C) 224 D) 320 25. X g eritmaga suv qo‘shib, Y g 30 % li eritma olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) aniqlang. A) 24 B) 18 C) 42 D) 28 26. 12 % li mis (II)-sulfat eritmasiga 90 gramm massadagi CuSO 4 · 5H 2 O eritilganda eritmaning foiz konsentratsiyasi 2,5 marta ortgan bo’lsa dastlabki eritmaning massasini (g) aniqlang? A) 170 B) 150 C) 140 D) 120 27. 0,06M li KNO 3 eritmasida 3,03 g erigan modda bo‘lsa, eritma massasini (g) aniqlang. (ρ=1,2 g/ml) A) 400 B) 500 C) 600 D) 650 28. NaOH eritmasining molyal va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:3,2 bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang. (Molyal konsentratsiya - 1 kg erituvchiga to‘g‘ri keladigan erigan moddaning mol miqdori.) A) 10 B) 6,4 C) 20 D) 3,2 29. Ma’lum temperaturada NaOH ning eruvchanligi 25 ga teng. 261 g suvda qancha (g) Na eritilsa to‘yingan eritma hosil bo‘ladi? A) 57,5 B) 55 C) 23 D) 69 30. 125 g NaCl eritmasiga 20 % li 75 g shu tuz eritmasidan qo‘shilganda 40 % li eritma hosil bo‘ldi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%) toping. A) 48 B) 46 C) 50 D) 52 Hojimurod Toshpulatov Download 340.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling