Dori moddalarinig qovushqoqligi, zichligi va namligini aniqlash. Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi
Download 78.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqlaboratoriya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot maqsadi
- Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar
2-LABORATORIYA MASHG`ULOTI. DORI MODDALARINIG QOVUSHQOQLIGI, ZICHLIGI VA NAMLIGINI ANIQLASH. Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi 1.Dori modasining qovushqoqligini aniqlash. 2.Dori moddasining zichligini aniqlash. 3. Dori moddasining namligini aniqlash Mashg’ulot maqsadi: Talabalarni dori vositalarining qovushqoqligini,zichligini va namligini aniqlashni amaliyotda ko‘rsatish, bunda ishlatiladigan moslama bilan tanishtirish, shu moslamani ishga tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirish va aniqlashni o‘rgatish. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: 1.Viskozimetr yordamida qovushqoqlikni aniqlashadi ; 2.Dori moddasining zichligini piknometr yordamida o‘lchashni o‘rganishadi; 3.Dori moddasining namligini aniqlashni o‘rganish ; Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: Darslik, ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanmalar, Viskozimetr, piknometr, vlagomer, voronka, probirkalar, reaktivlar, quritish shkafi, ko‘rgazmali materiallar, gaz gorelkasi, skotch, qog‘oz. Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona Dori modasining qovushqoqligini aniqlash. Qovushqoqlik (ichki ishqalanish) – oquvchi jismlarning bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan harakatlanishiga ko’rsatadigan qarshiligidir. Suyuqliklar uchun asosiy kinematik o’zgaruvchilar ularning deformatsiyasi va tezligidir. Shuning uchun suyuqlikning reologik tavsifini o’rganish uchun uning kinematik o’lchamlari bilan qo’yilgan tashqi yuklama orasidagi bog’liqlikni belgilash lozim bo’ladi. Qovushqoqligi surilish kuchlanishiga bog’liq bo’lmay ma’lum kontsentratsiya va haroratda Nyuton qonuniga ko’ra doimiy bo’lgan suyuqliklar Nyuton suyuqliklari deb ataladi. Suyuqlik Nyuton suyuqligi bo’lmasa Nyuton qonuniga bo’ysunmaydi va uning qovushqoqligi surilish kuchlanishiga bog’liq bo’ladi. Suyuqliklar qovushqoqligining dinamik, kinetik, nisbiy, solishtirma, keltirilgan va tavsiflangan turlari mavjud. Nyuton suyuqliklari uchun asosan tuzilish qovushqoqligi xos. Tuzilish qovushqoqligi (samarali qovushqoqlik) – suyuqlikning ma’lum surilish kuchlanishidagi qovushqoqligidir. Dinamik qovushqoqlik yoki qovushqoqlik koeffitsienti (η – eta) – yuza birligiga tushadigan tangentsial tenglama bo’lib, surilish kuchlanish ham deb atalib (τ), paskallarda ifodalanadi (Pa). Dinamik qovushqoqlik qatlam maydoni 1 m2 bo’lgan suyuqlikni parallel harakatlanish yuzasida sekundiga 1 metr (m ∙ s-1) tezlik bilan ikkinchi qatlamga nisbatan 1 metr masofaga siljitish uchun kerak bo’ladigan surilish kuchlanishidir: D –siljish tezligi. Dinamik qovushqoqlik (η) odatda puazlarda yoki santipuazlarda ifodalanadi (1 spz = 0,01 pz). Agar siljish kuchlanishi 1 din/sm2 bo’lib, 1 s-1 siljish tezligini hosil qilsa uning qovushqoqligi 1pz bo’ladi. SI sistemasida dinamik qovushqoqlik paskal-sekundlar (Pa x S) yoki millipaskal – sekundlar (Pa x S) bilan ifodalanadi. Kinematik qovushqoqlik metr kvadrat-sekundlar bilan ifodalanib dinamik qovushqoqlikni suyuqlikning kg/m3 bilan ifodalangan zichligiga nisbati orqali hisoblanadi: Kinematik qovushqoqlik odatda stoks yoki santistokslar bilan ifodalanadi. SI sistemasida esa m2/s yoki mm2/s larda o’lchanadi: 1 st = 10-4m2 ∙ s-1. Ba’zan bir suyuqlik qovushqoqligini ikkinchi suyuqliklik qovushqoqligiga nisbatan – nisbiy qovushqoqligini aniqlashga to’g’ri keladi (ηnisbiy). Solishtirma qovushqoqlik eritma qovushqoqligining qaysi qismi unda erigan moddaga bog’liqligini ifodalaydi: - eritmaning qovushqoqligi 0 – erituvchining qovushqoqligi Solishtirma qovushqoqlikning eritma kontsentratsiyasiga nisbati – keltirilgan qovushqoqlik deyiladi: Polimer moddalarning kimyoviy tuzilish tavsifini aniqlashda keltirilgan qovushqoqlik nol kontsentratsiya uchun hisoblanib tavsifiy qovushqoqlik tushunchasi bilan ifodalanadi [η] : Tavsifiy qovushqoqlik eritma kontsentratsiyasiga teskari bo’lgan birliklarda ifodalanadi. Qovushqoqlik kapillyar, rotatsion va tushuvchi sharli viskozimetrlarda aniqlanadi. Nyuton suyuqliklarining qovushqoligin aniqlashda kapillyar viskozimetrlardan foydalaniladi. Rotatsion viskozimetrlar bilan Nyuton eritmasi bo’lmagan eritmalarning reologik xosslarini siljish tezligini keng diapazonda ham aniqlash mumkin. Tushuvchi sharikli viskozimetrlar yordamida (Gepple viskozimetri) tiniq nyuton eritmalarining qovushqoqligi aniqlanadi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi qovushqoqligini haroratga bog’liqligini aniqlash. Download 78.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling