Dori moddalarinig qovushqoqligi, zichligi va namligini aniqlash. Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi
Download 78.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqlaboratoriya 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- ish.
- 3-ish.
- 4 – ish.
- 2. Dori moddasining zichligini aniqlash
- Dori moddasining namligini aniqlash
- Guruh bilan ishlash
- Guruhlar uchun topshiriqlar. I-guruh vazifasi 1.Moddaning namligini aniqlash tartibini tushuntiring. II-guruh vazifasi
- Olingan bilimlarni tekshirish uchun savollar
Ishni bajarish variantlari
2 % li jelatina eritmasi 0,5 % li agar – agarning suvli eritmasi Ishni bajarish tartibi: Viskozimetr xromli aralashma, so’ng tozalangan suv bilan yuvilib, quritish javonida quritiladi. 10 minut davomida viskozimetr termostatda doimiy haroratda ushlab turiladi. Xona haroratida erituvchining T0, tekshiriluvchi eritmaning T yana erituvchining viskozimetrlarda oqish tezligi o’lchanadi. O’lchash 5 marotaba bajariladi. Termostat 40, 50, 60, 700S haroratga qo’yilib, har gall yuqorida ko’rsatilgan tartibda o’lchanadi. Olingan qiymatlar va natijalar jadvalda qayd qilinadi:
Tajriba qiymatlari asosida nisbiy va solishtirma qovushqoqliklar hisoblanadi. 2- ish. Eritmalarning qovushqoqligini ularning kontsentratsiyasiga bog’liqligi. Ish bajarish tartibi: Viskozimetr ishlash uchun tayyorlanadi. Jelatinaning 0,5 % dan 5 % gacha oraliqdagi 5 ta kontsentratsiyadagi eritmasi tayyorlanadi. Viskozimetrda erituvchi va eritmaning oqish tezliklari o’lchanadi (5 martadan turli kontsentratsiyalarda). Olingan qiymatlar va natijalar jadvalda qayd qilinadi:
Viskozimetr erituvchi bilan yaxshilab yuviladi va yana uning oqish tezligi aniqlanadi. Eritmalarning solishtirma qovushqoqliklari aniqlanib, uning eritma kontsentratsiyasiga bog’liqlik garafigi chiziladi. 3-ish. Eritmaning pH ni oqsil eritmasining qovushqoqligiga ta’siri. Ishni bajarish ketma-ketligi: 1. Jadvalda ko’rsatilgandek alohida probirkalarda jelatin - buferli eritmasi tayyorlanadi.
Har bir aralashmani hajmi bir xil bo’lganligi uchun, hamma probirkadagi aralashmalar kontsetratsiyasi bir xil bo’ladi. 2.Tayyorlangan eritmalarning pH aniqlanadi (“potentsiometriya”). 3. Eng kichik pH dan boshlab eritmaning oqib chiqish vaqti aniqlanadi. (1-3). Harorat har bir tajribada aniqlanadi. Jadval to’ldiriladi.
4. har xil pH li eritmalarning nisbiy va solishtirma qovushqoqligi aniqlanadi. 5. = f (pH) grafik tuziladi va oqsilning izoelektrik nuqtasi belgilanadi. 4 – ish. Yuqori molekulali birikmaning molekulyar massasini aniqlash. Ishni bajarish:
1. 2 – ishning 1-5 punktlari bo’yicha bajariladi. 2. har bir kontsentratsiyali polimer eritma uchun keltirilgan qovushqoqlik hisoblanadi va (C) bog’liq grafik tuziladi. 3. Grafik orqali o’ziga xos qovushqoqlik aniqlanadi. 4. y =ax + b formula orqali keltirilgan qovushqoqlikdan foydalanib, ning qiymati aniqlanadi. U= 5. = KM α orqali polimer eritmasining molekulyar massasi hisoblanadi. K va α koeffitsientlari jadvaldan olinadi. 2. Dori moddasining zichligini aniqlash Zichlik hajm birligidagi moddaning massasi bo’lib, p=m/V formula bilan ifodalanadi. Agar modda massasi grammlarda, hajmi kub santimetrlarda o’lchansa, ρ g/sm1 da ifodalanadi. Davlal farmakopeyasida zichlikni piknometr yoki areometr yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Aniqlash tartibi: 1- usul. Bu usul yordamida suyuqliklarning zichligini 0,001 aniqlikda o’lchash mumkin. Toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, voronka yordamida belgisining yuqoriroq qismiga tozalangan suv bilan to’latilib, tiqin bilan berkitilgach, harorati 200C bo’lgan termostatda 20 minutga qoldiriladi. Piknometrdagi ortiqcha suv pipetka yoki filtr qog’oz yordamida belgisigacha keltirilib tiqin bilan berkitilgach, yana 10 minutga termostatga qo’yilib, filtr qog’oz bilan yaxshilab artilgach tortiladi. Piknometrdagi suv to’kilib, bo’sh piknometr avval spirt, so’ng efir bilan chayilib quritiladi. Piknometrni qizdirish orqali quritish tavsiya etilmaydi. So’ng piknometrga tekshiriluvchi suyuqlik solinib, yuqorida ko’rsatilgan ishlar bajarilgach tortiladi. Moddaning g/sm3 lardagi zichligi formula yordamida hisoblanadi: m — bo’sh piknometrning grammlardagi massasi; m1 — tozalangan suv bilan to’ldirilgan piknometrning grammlardagi massasi; m2— tekshiriluvchi suyuqlik solingan piknometrning massasi; 0,9973 — 200C dagi suvning zichligi; 0,0012 — 200C haroratda 101,3 kPa (760 mm sim. ust) barometrik bosimdagi havoning zichligi. 2-usul. Bu usulda suyuqliklarning zichligini 0,01 aniqlikda o’lchash mumkin. 200C haroratdagi suyuqlik silindrga solinib, unga aniqlanuvchi zichlik kattaligiga mos shkalasi bo’lgan areometr tushiriladi. Areometrning suyuqlikda cho’kib ketmasligiga ishonch hosil qilmaguncha qo’yib yuborilmaydi va u silindr devorlariga hamda tubiga tegib turmasligi kerak. O’lchash 3-4 minutdan so’ng bajarilib, qiymat suyuqlikning pastki meniskidan hisoblanadi. Uchuvchan eritmalarning zichligi bu usul bilan aniqlanmaydi. Aniqlanuvchi eritma rangli bo’lsa, zichlik qiymati meniskning yuqorisidan hisoblanadi. 3-usul. Bu usul qattiq holdagi yog’ va mumlarning zichligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Dastlab bo’sh piknometr aniq tortib olinadi va unga 200C haroratdagi suv solib, aniq tortiladi. Suv to’kib yuborilib, piknometr quritilgach, pipetka yordamida qizdirib, eritilgan yog’ yoki mum piknometrning 1/3 dan 1/2 qismigacha hajmni egallaydigan miqdorda solinadi. Bir soatga tiqinsiz issiq suv hammomiga qo’yiladi va 200C gacha sovitilib tortiladi. So’ng yog’ yoki mumning ustiga belgisigacha suv solib quruq holgacha artilgach, yana tortiladi. Ikkala fazada va ularning ajralish yuzasida havo pufakchalari bo’lmasligiga e’tibor qaratiladi. Zichlik quyidagi formula orqali hisoblanadi. m—bo’sh piknometming grammlardagi massasi; m1 -tozalangan suv bilan to’ldirilgan piknometning grammlardagi massasi; m2— piknometming undagi yog’ yoki mum bilan birgalikda grammlardagi massasi; m3— piknometming yog’ (mum) va suv bilan grammlardagi massasi. Dori moddasining namligini aniqlash Namlik analizatori- tekshiriluvchi materialdagi namlik darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan ixcham qurilma bo‘lib, ular tahlilni soddalashtirish , tahlil tezligini oshirish va aniq natijaga erishish imkonini beradi. Qurilmaning ish prinsipi asosida termogravimetrik usul yotadi. Namlik analizatori tekshiriluvchi moddani isitish moduli yordamida quritadi. Ob’ektning massasi quritishdan oldin va quritishdan keyin o‘lchanadi. Qurilma shu ma’lumotlar asosida xom ashyoning namligini hisoblab chiqaradi. SHunday qilib namlik analizatori bitta korpusda ham quritish, ham tarozi modulini birlashtirgan bo‘ladi. Namlik analizatorida namlikni o‘lchash uchun o‘rtacha 5-10 daqiqa sarflanadi. Guruh bilan ishlash Guruhning har bir a'zosi: - o’z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim; - berilgan topshiriqlar bo’yicha faol, hamkorlikda va mas'uliyat bilan ishlashlari lozim; - o’zlariga yordam kerak bo’lganda so’rashlari mumkin; - yordam so’raganlarga ko’mak berishlari lozim; - guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim; - “Biz bir kemadamiz, birga cho’kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim. Guruhlar uchun topshiriqlar. I-guruh vazifasi 1.Moddaning namligini aniqlash tartibini tushuntiring. II-guruh vazifasi 1. Moddaning qovushqoqligi haqida ma’lumot bering. III-guruh vazifasi 1. Moddaning zichligi harorati haqida ma’lumot bering. Olingan bilimlarni tekshirish uchun savollar Suyuq dori moddalarining zichligini aniqlashning farmakopeyaviy usullarini ko‘rsating. Dori moddalarining zichligi qanday omillarga bog‘liqligini tushuntiring. Areometr yordamida eritmalarning chinligini aniqlash tartibini ko‘rsating. Densimetrlar bir-biridan qanday farqlanadi? Areometrlar yordamida zichlik qanday aniqlikda o‘lchanadi? Piknometrda zichlikni aniqlashning tartibini ko‘rsating. Piknometrda aniqlangan zichlik qaysi formula yordamida hisoblanadi? Piknometr yordamida aniqlangan zichlik formulasidagi 0,9973 qiymatini izohlang. Piknometr yordamida aniqlangan zichlik hisoblash formulasidagi 0,0012 qiymatini tushuntiring. Eritmalarning qovushqoqligi qaysi dori preparatlarida aniqlanadi? Dinamik qovushqoqlik qiymati qaysi formula yordamida hisoblanadi? Knimatik qovushqoqlik nima va u qaysi formula yordamida hisoblanadi? Download 78.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling