Dori moddalarining polimorfizmi Dorivor moddaning fizik holati


Download 18.71 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi18.71 Kb.
#1339420
1   2   3
Bog'liq
Dori moddalarining polimorfizmi Dorivor moddaning fizik holati

Polimorfizm (grekcha, “roli-ko‘p, morphe - shakl”) – bu turli sharoitlarida kristallash jarayonida kristallari bir-biridan simmetriya guruhi yoki shakli, fizikaviy, ayrim holatlarda kimyoviy xossalari bilan farqlanuvchi kristallarni paydo qiluvchi kimyoviy moddaning xususiyatidir.
Ma’lumki, polimorf modifikatsiyalarni ko‘pchilik kimyoviy va shu jumladan dorivor moddalar hosil qiladi. Devi (1809) tomonidan uglerodni polimorfizmi (grafit, ko‘mir, olmos) kashf etilgandan keyin bir polimorf modifikatsiyani ikkinchi turiga o‘tishi to‘liq o‘rganilgan. Tadqiqotchilarni ta’kidlashlariga ko‘ra, moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarmay qoladi va sifat ko‘rsatkichini baholashda qo‘llaniladi. Dorivor moddalardagi polimorfizm xossalarini o‘rganish tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy mulohazalar A.I.Tensova, Xalebleyna,Bo‘she va Xalabalalar ishlarida keltirilgan.
Kukun holdagi qattiq dorivor moddani zarrachalari turli tuzilishga ega bo‘lib (kristallik yoki amorf), u moddalarni molekulyar strukturasini xususiyatlariga bog‘liqdir. Elektron – mikroskopik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atomlarni molekulada joylashishi chegaralangan va kristallanish jarayonida belgilangan sharoitda kristallarni yo‘naltirilgan o‘sishi natijasida dorivor moddalar ko‘p xolatlarda kristallik tuzilishga egadir.
Ularning amorf holatlari kamroq uchraydi. Har qanday dorivor modda ma’lum sharoitda (erituvchi, harorat, bosim va boshqalar) ma’lum sistemada kristallanadi va ma’lum fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi (eruvchanlik, suyuqlanish harorati, nisbiy yuza, mustahkamlik, shakl, zarracha o‘lchamlari va boshqalar). Sharoit o‘zgartirilganda modda boshqa sistemada kristallanadi va o‘zga fizik-kimyoviy xarakteristikalarga ega bo‘ladi va mos holda boshqa biologik samaradorlikkni ko‘rsatadi.
Kukunlarni mavjud AMH dagi fizik xossalari, ya’ni “kristal”, “mayda kristal”, “amorf” va “engil kukun” kabilar texnologik jarayon uchun etarli, ammo terapevtik faolligiga ta’sirini kristallokimyo berishi lozim.
Dorivor moddalarni idenfikatsiyalash uchun ettita kristallografik sistemalar mavjud (singoniy) – monoklin, diklin, trigonal, tetragonal, geksagonal, rombik, kubik. I.YA.Andronik va F.V.Babilev kristallik dorivor moddalar uchun difraktogrammalar atlasini tuzib, kristallik dorivor moddalarni difraksion spektrlari bo‘yicha identifikatsiyalash uchun informatsion-qidiruv sistemasini ishlab chiqdilar. Atlas va avtomatlashtirilgan qidiruv sistemasidan foydalanish dorivor moddalarni indentifikatsiyalashtirishni tezlashtiradi.
Suyuq va yumshoq dori shakllarida turli polimorf modifikatsiyalar hosil bo‘lishi mumkin (masalan; erituvchilar o‘zgartirilganda, suyuq va engil dori shakllariga turli qo‘shimcha moddalar kiritilganda, quritilganda, tozalanganda, dorivor preparatlar tayyorlanganda va ularni saqlash jarayonida).
Dorivor moddalar orasida polimorfizm hodisasi salitsilatlar, barbituratlar, sulfanilamidlar va garmonal vositalar uchun harakterlidir. Ko‘pchilik modifikatsiyalar uchun maxsus nomlar bo‘lmagani uchun α, β harflari yoki I, II, III raqamlari bilan belgilanadi.
Dorivor vositalarni polimorf modifikatsiyalariga misollar ko‘p. Jumladan, atsetilsalitsil kislotasini ikkita polimorf modifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ulardan birini ikkinchisiga nisbatan biologik aktivligi 1,5 barobar ko‘p. Levomitsetinni to‘rtta polimorf shakli mavjud, ulardan bittasi 100% lik faollikga ega, fenobarbitalda – o‘n bitta, testosteronda – oltita va hokazo. Amorf modifikatsiya o‘zining xususiyatlari bo‘yicha kristallikdan farqlanadi. Masalan: novobitsinning kristallik va amorf modifikatsiyalari mavjud. Amorf shakli kristallikka nisbatan 10 marta tezroq eriydi.
Dorivor moddalarni polimorfizm xossasini hisobga olib va undan ratsional foydalanish farmatsevtik va tibbiy amaliyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir xil moddani polimorf modifikatsiyasi turli turg‘unlik konstantalari, fazaga o‘tish harorati, eruvchanligi bilan harakterlanadi va nihoyat moddaning turg‘unligini va uni farmokologik faolligini belgilaydi.
Turli polimorf modefikatsiyalarni eruvchanligi muhim ahamiyatga ega, chunki dorivor moddani absorbsiyasi (so‘rilishi) unga bog‘liqdir.
Erish jarayoni dorivor preparatning biologik samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Dorivor modda dispers faza sifatida albatta suyuqlik bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni dispers muhit bilan. Bunda u yoki bu kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib, u moddani biologik aktivligini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Suyuqliklar polyar, yarimpolyar va polyar emas guruhlarga bo‘linadi. Dorivor modda va erituvchini kimyoviy xususiyatlariga va o‘zaro kirishish energiyasiga bog‘liq holda, suyuq dori shakllarida ionli, molekulyar dispersli sistemalar yoki dag‘al dispers qotishmalar hosil bo‘ladi. Tayyorlash jarayonida ekzo yoki endotermik xodisalar, kontraksiya kuzatilishi mumkin. Suyuq dori turlarini tayyorlashda texnologik usullar va tarkibini ilmiy asoslagan holda tanlash kerak.
Moddalarni eruvchanligi ularning yuza xususiyatlariga va may-dalanganlik darajasiga bog‘liqdir. Dorivor moddani zarrachalarini kattaliklaridagi sezilarli farq so‘rilish tezligini turlicha bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida dori preparatining klinik noekvivalentligiga olib kelishi mumkin.
Asosan yaxshi eruvchi moddalar tezroq dori shaklidan chiqib, tez so‘riladi va tez davolovchi ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin, davolash faoliyatini uzaytirish uchun qiyin eruvchi dorivor moddalar yaroqli hisoblanadi. Bunday dorivor moddalarni olish uchun preparat erimaydigan muhit hosil qilinadi. Masalan: estradiol benzoat preparatining moydagi eritmasi terapevtik samaradorligi uch sutka davomida bo‘ladi, suvli eritmasi esa uch haftagacha davom etadi.
Dorivor moddalarni eruvchanligi ularni qayta kristallanishi usulidan, tayyor dorivor vostilarida esa foydalanilgan yordamchi moddalar va texnologik jarayonga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Dorivor preparatlarda dorivor moddalarni eruvchanligiga dori shaklini tanlash ham ta’sir etadi. Qiyin eruvchi dorivor moddalarni peroral qabul qilish belgilanganda eng muayyan dori shakli bo‘lib suspenziya hisoblanadi. Bunday dorivor moddalarni suspenziya to‘ldirilgan elastik kapsulalar ko‘rinishida tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Dori preparatlarni eruvchanligiga tanlangan yordamchi moddalar - solyubilizatorlar, yordamchi erituvchilar, yuza faol preparatlar ta’siri kattadir va ular o‘z navbatida preparatni samaradorligini oshirishi mumkin. Bu qo‘shimcha moddalarni maqsadli ishlatish kerakligini va dori shaklini tayyorlash texnologichsini to‘g‘ri tanlash kerakligini ta’kidlaydi.

Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling