Dori moddasining yoki tayyor dori turidagi asosiy ingradientning miqdorini aniqlash


Dorixonada tayyorlanadigan dori turlari haqida ma’lumot


Download 281.11 Kb.
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi281.11 Kb.
#1328456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DORI MODDASINING YOKI TAYYOR DORI TURIDAGI ASOSIY INGRADIENTNING

2.2. Dorixonada tayyorlanadigan dori turlari haqida ma’lumot
Elaki dorilar - ichish va tana yuzasiga qo'llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo'lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo'ladi.
Poroshoklar oddiy - (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashkil topgan yoki murakkab - ikki va undan ortiq ingrediyentdan iborat (pulveres compositi) bo'lishi
mumkin. Undan tashqari kukunlar, ya'ni elaki dorilar alohida dozalarga bo'lib
taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo'ladi. Ichish uchun mo'ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo'ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi.
Suyuq dorilar har tomonlama dispers sistemalar bo'lib, dispers muhitni suyuqlik va dispers fazani dori moddalar tashkil etadi. Dori moddalar har uchala agregat holda, ya'ni

suyuqIik, gaz va qattiq modda holida bo'lishi mumkin. Dispers muhit bilan bog'lanish holiga hamda dori moddaning (dispers faza) maydalik darajasiga qarab suyuq dorilar:[5]
I. Haqiqiy eritma yoki chin eritma.
  • Yuqori molekulali moddalar eritmasi.
  • Kolloid eritma.
  • Osilmalar.
  • Emulsiyalar.
  • Yuqorida keltirilgan eritmalar birikmasidan tashkil topgan, aralash turdagi eritmalar bo'lishi mumkin.[5]

  • Suyuq dori shakllarining turlanishi erituvchi xossalariga ham bog'liq.
    Chin eritmalar tarkibidagi dori moddalarning o'lchami, maydaligi jihatdan bu turdagi eritmalar ion yoki molekula holida bo'lgani uchun molekular dispersiyadagi yoki ion dispersiyadagi sistemalar deb yuritiladi va ularning eritma tarkibidagi zarrachalari kattaligi
    1 nm dan oshmaydi. Bu eritmalarga: elektrolit bo'lmagan dori moddalar (masalan, glukoza, shakar, spirt) kiradi. Eritilgan mahsulot alohida kinetik energiyaga ega bo'lgan molekula holida ajraladi. Bir-biri bilan birlashgan agregat zarrachalar tarkibidagi molekula soni 2-3 molekuladan iborat va undan oshmaydi.
    YUMB eritmalari molekular dispers sistemaga kiradi. Chin eritma qatori bir tusH (gomogen) xususiyatdli bo'lib, ba'zi bir xususiyatlari bilan kolloid sistemalami eslatadi: -

qiyin diffuziyalanishi, molekulalarning og'ir harakati, molekular birikmalar hosil qilish xususiyati, dializga uchramasligi va hokazo.[5]
Kolloid critmalar maydalangan (dispers) sistemalar hisoblanib, zarrachalarining (gel) kattaligi 1-100 nm (0,1 mkm) atrofida bo'ladi. Kolloid eritmalar chin eritmalardan
farqlanib har xiI tush (geterogen) sistemaga kiradi va kamida 2 xiI bosqichdan iborat
bo'Jadi. Kolloid eritma zarrachalarining cho'kish tezligi sezilarli emas. Zarrachalar oddiy filtrianadi, ammo mikrofiltrdan o'tmaydi, juda sekin diffuziyalanadi, dializga uchramaydi. Kolloid eritmalar ham, chin eritmalarga o'xshab o'tar yorug'lik nuri ta'sirida bir tusda bo'lib, lekin sindirilgan nurda Ioyqa bo'lib ko'rinadi. Kolloid zarrachalar oddiy mikroskop ostida ko'rinmaydi, ammo ultramikroskop ostida ko'rish mumkin.[6]
Shamchalar deb, xona haroratida qattiq, lekin inson tanasi haroratida eriydigan, tana
bo'shliqlariga kiritiladigan dozalangan dori shakliga
ko'rinishi va xususiyatlariga qarab suppozitoriylar
aytiladi. Tana bo'shliqlarining turlicha geometrik shakl va
o'lchamlarda bo'ladi. Shamchalar quyidagi turlarga bo'linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to'g'ri ichakka kiritish uchun, vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo'llariga hamda boshqa kanallarga (bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo'llariga) kiritish uchun mo'ljallangan. Shamchalar insoniyatga qadimdan ma'lum.
Surtmalar, malhamlar, sham dorilar, xab dorilar tibbiyot qalamchalari yumshoq dori turlari deb aytiladi. Ular turli xii dispers sistemaga taalluqli bo'lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va umumiy o'xshashlik belgilariga ega. Masalan, surtmalar, shamlar mayin yopishqoq muhitga ega. Xab dorilar muloyim hamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina qurib qattiq konsistensiyaga aylanadi. Dorixona dorixatida yumshoq dori turlari 10-15% ni tashkil etadi.[5]

Download 281.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling