Dori moddasining yoki tayyor dori turidagi asosiy ingradientning miqdorini aniqlash


Kolloid eritmalar tayyorlash Kolloid eritmalar - solutiones


Download 281.11 Kb.
bet5/6
Sana04.04.2023
Hajmi281.11 Kb.
#1328456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DORI MODDASINING YOKI TAYYOR DORI TURIDAGI ASOSIY INGRADIENTNING

3.2. Kolloid eritmalar tayyorlash Kolloid eritmalar - solutiones colloid alae
Kolloid grekcha so'z bo'lib, uning asosida kley, yelim, o'xshash bo'lib, "eidos" yotadi. Har bir kolloid zarracha nihoyatda kichik muallaq ultrageterogen 1 nm dan - 100 nmgacha (0,1 mkm) kattalikdagi zarrachadan iborat. Kolloid eritma kuritilib, yana suv solinsa kolloid eritma hosil bo'imaydi. Zarracha ultramikroskopda ko'rinadi. Yorug'lik nuri zarrachadan egiladi, shuning uchun nurga qaratilgan eritma opalessensiya hodisasini aks ettiradi. Oddiy filtrda (4-120 mkm) filtrlash mumkin, ammo chin eritmalarga nisbatan osmotik bosimi juda kam.[7]
Kolloid eritmalar turg'un emas (tez eskiradi), shuning uchun ular farmatsevtika amaliyotida ko'p qo'llanilmaydi. Fannatsevtika amaliyotida hozircha muhofazalangan kolloidlar qo'llaniladi. Muhofaza masalasi amalda colloid zarracha, maydalangan gidrofll moddalarni shu xossadagi YUMB bilan o'ralib, muhofazalash natijasida olinadigan zarrachalar deyiladi. Bular asosan sirt-faol moddalar (SFM) bilan muhofazalanib, zarrachaning sirt faolligini susaytirish bilan birga uni eritishdagi agregativ turg'unligini ta'minlaydi.
Rp: Solitionis Protargoli 1 % - 200 ml
D. S. burun bo'shlig'ini yuvish uchun. Pasporti: Protorgol 2,0
Tozalangan suv 200ml
V . =200ml umum,y
Og'zi kengroq idishga 200,0 ml suv solinadi hamda uning ustiga yupqa qavat qilib 2,0 protargol sepiladi. 15-20 minut to'la erib, eritmaga o'tguncha tinch qo'yiladi. Xojati bo'lmasa filtrlanmaydi, filtrlash zarur bo'lsa, kulsiz filtr qog'ozlaridan foydalaniladi. Oddiy filtr qog'ozi ishlatilganda uni tarkibida og'ir metall tuzlari yoki ishqoriy yer metallari tuzlari qoldig'i bo'lishi va ular ta'sirida protargol koagulatsiyaga uchrashi mumkin. Filtrlashda birinchi yoki ikkinchi sonli shisha filtrlardan foydalanish yoki paxta orqali suzish ham mumkin. Tayyor eritma rangli shisha idishga solinib jihozlanadi.[7]
Rp: Solutionis Collargoli 2%-200 ml.
D. S. 1-2 tomchidan 3 marta quloq tomchisi. Pasport: Kollorgol 4,0
Tozalangan suv 196 ml V =200ml umumiy
Kollargol tarkibida 70% kumush bor. 30% oqsil bilan muhofazalangan kolloid preparat
bo'lib muhofazalovchi oqsil sifatida lizalbin, izalbin va protalbin kislotalarining natriyli tuzi ishlatiladi. Bemorga beriladigan idishga filtrlangan 196 ml suvda 4,0 chayqatib eritiladi. Eritishni osonlashtirish uchun uni hovonchada tayyorlash mumkin. Kollargol hovonchaga solinib, uni 10-15 tomchi suv bilan eziladi, so'ng qolgan suvni solib aralashtiriladi. Kollargol preparati eski bo'lsa, uni erishi qiyin bo'ladi. Chunki uni qurishi
va havo ta'sirida oqsillaming eriydigan natriyli tuzlari erimaydigan kislotalarga aylanib qolishi mumkin. Bunda kollargolni eritish natijasida uning qoldiq bo'lakchalari erimay qoladi. Bunday hollarda 1 tomchi 0,1 n natriy ishqori tomizilsa, qoldiq erib ketadi. Eritmani paxta chimdimi orqali suzib tozalash mumkin. Qadoqlash uchun rangli shisha idish ishlatgan ma'qul.[6]
Ixtiol eritmasi - Solitionis Ichthyolum.
Ixtiol sulfid, sulfat va sulfonatlar aralashmasi. Bitum qayta ishlash asosida olinadi. Quyuq, qovushqoq, qo'ng'ir rangli, o'ziga xos hidga ega. Suvda yaxshi eriydi, spirtda kam eriydi. Suvda eruvchanligi oson bo'lgani uchun eritmalami tayyorlashda biron bir usul qo'llash shart emas. Tayyor eritmani suzib tozalash mumkin.
Rp: Sol. Ichthyoli 5% - 200 ml
D.S. Kompress uchun Pasporti: Ixtiol 10,0
Tozalagan suv 190 ml V =200ml umumiy
Chinni kosachaga 109 ixtiol so lib va uni ozgina suv bilan aralashtiriladi. So'ngra oz-
ozdan qolgan suv qo'shiladi. Tayyor eritma paxta tampon orqali suziladi.[6]

Download 281.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling