Dori moddasining yoki tayyor dori turidagi asosiy ingradientning miqdorini aniqlash


Ichish va sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan eritmalar tayyorlash


Download 281.11 Kb.
bet4/6
Sana04.04.2023
Hajmi281.11 Kb.
#1328456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DORI MODDASINING YOKI TAYYOR DORI TURIDAGI ASOSIY INGRADIENTNING

3.1. Ichish va sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan eritmalar tayyorlash
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) bo‘yicha o‘lchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, o‘lchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.[6]
Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yig‘indisidan iborat
bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak.
Тozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis Natrii salicylatis ana 2,0
Tincturae Valerianae 5 ml
Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Pasporti: Natriy gidrocarbonat Natriy salisilat teng miqdorda 2,0 Valeriana nastoykasi 5 ml
Qand sharbati 10 ml Tozalangan suv 180 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal Hisoblash:
Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml
Natriy salisilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml Valeriana nastoykasi 5 ml
Тozalangan suv miqdori (180 ml + 5 ml + 10 ml) - (40 ml + 20 ml + 5 ml + 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml + 20 ml) = 120 ml
Umumiy hajmi 180 + 5 + 10 = 195 ml
Тayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salisilat eritmasi solinadi. Pipetka yordamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi o‘lchab olinadi. Qand sharbatini og‘irlik bo‘yicha o‘lchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi.[5]
Rp: Natrii benzoatis 2,0 Natrii hydrocarbonatis 1,0 Elixiris pectoralis 3 ml Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae ad 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. Pasporti: Natriy benzoat 2,0
Natriy gidrokarbonat 1,0
Ko’krak eliksiri 3 ml Qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv 100 ml gacha
Aralashtiring. Bering. Belgilang.1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Hisoblash:
Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2Ѕ10=20 ml Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 1Ѕ20=20 ml
Qand sharbati 10 ml Ko‘krak eliksiri 3 ml
Тozalangan suv 100 - (20+20+3+10)=47 ml
Umumiy hajm 100 ml
Тayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml ko‘krak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi.[5]
Yirik kristalli moddalardan eritma tayyorlashga natriy sulfat, magniy sulfat, mis sulfat, qo‘rg‘oshin asetat, achchiqtosh va boshqalar kiradi. Ularning suvli eritmalarini tayyorlash uchun dastlab uning o‘zi yoki retseptda ko‘rsatilgan erituvchi ishtirokida hovonchada maydalab olinadi.
Rr: Solutionis Cupri sulfatis 2% - 200 ml
D.S. Yuvish uchun.
Pasporti: Mis sulfat eritmasi 4,0 Tozalangan suv 200 ml gacha
Mis sulfat suvda yaxshi eriydi (1:3), lekin kristallari yirik va yomon ho‘llanish
xossasiga ega bo‘lgani uchun erishi sekin boradi. Bu jarayonni
sulfatni hovonchada maydalanadi va 80—90°C li issiq suvda
tezlashtirish uchun mis eritiladi. Тayyor eritma
shisha idishga paxta orqali suzib beriladi.
Qiyin eriydigan moddalardan eritma tayyorlash-Borat kislotasi, amidopirin, kalsiy glyukonat, achchiqtosh, natriy tetraborat kabi moddalar sovuq suvda sekin eriydi va nisbatan yomon ho‘llanish xususiyatiga ega. Ularning eritmalarini tayyorlashda issiq suvdan foydalanish lozim.
Rp: Solutionis Acidi borici 3,0 150 ml
D.S. Chayqash uchun. Pasporti: borat kislota eritmasi 3,0
Tozalangan suv 150 ml gacha
Borat kislotasi sovuq suvda 1:25, issiq suvda 1:4 nisbatda eriydi. Yordamchi idishda 3 g borat kislotasi 150 ml tozalangan 80—90°C li issiq suvda chayqatib eritiladi va shisha idishga suzilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.

Download 281.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling