Dori vositalarining Davlat reestri


Dori vositalarining Davlat reestri


Download 347.37 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi347.37 Kb.
#1589389
1   2   3   4
Bog'liq
Y Dori vositalarining Davlat reestri

Dori vositalarining Davlat reestri

  • Yevropa farmakopeyasining diqqatga sazovor yana bir jihati, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Pharmacopeial Discussion Group” (PDG) – Farmakopeya diskussiya guruhi tashkil etilgan bo‘lib, u Yevropa, AQSH va Yaponiya farmakopeyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish vazifasi bilan shug‘ullanib kelinayotganligidadir. Bu esa o‘z navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishda Yevropa farmakopeyasidan asosiy manba sifatida foydalanib, u bilan uyg‘unlashtirish, bu ko‘p jihatdan bizning davlatimiz farmakopeyasini AQSH va Yaponiya farmakopeyalari bilan ham muvofiqlashtirib borilishi demakdir.

Dori vositalarining Davlat reestri

  • Farmatsevtika mahsulotlarining sifatiga qo‘yiladigan xalqaro zamonaviy talablarni hisobga olgan xolda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK bilan Yevropa Ittifoqi Dori vositalari va tibbiy yordam sifati bo‘yicha Yevropa boshqarmasi (EDQM) o‘rtasida 2019 yil 20 martda imzolangan ikki tomonlama kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda uning matnlari asosiy manba sifatida Yevropa farmakopeyasining 8-10-nashrlari bilan uyg‘unlashtirib borildi.

Dori vositalarining Davlat reestri

  • Qolaversa, bugungi kunda farmatsevtika sohasida xalqaro miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlarini hisobga olgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlar sifati nazorati usullarini takomillashtira borib, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksportini yengillashtirish maqsadida Davlat farmakopeyaiga kiritilgan va kelgusida kiritiladigan asosiy monografiyalarning matnlarini ham qator xalqaro miqyosida eʼtirof etilgan, dunyoning yetakchi farmakopeyalari – xalqaro farmakopeya, AQSH Farmakopeyasi (USP), Britaniya Farmakopeyasi (BP), Yaponiya Farmakopeyasi (JP), Rossiya Farmakopeyasi (GF RF), Belorussiya Farmakopeyasi (GF RB), Qozog‘iston Farmakopeyasi (GF RK), Ukraina Farmakopeyasi (DFU) va boshqalar bilan qo‘shimcha ravishda uyg‘unlashtirilib borilishiga eʼtibor qaratilgan.

Download 347.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling