Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana31.01.2018
Hajmi5.01 Kb.
#25731
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
54 
10-MA‟RUZA 
 
Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda texnika vositalaridagi havf hatarlar va ulardan 
muhofazalanish  
Reja 

 
Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari. 

 
Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida tushuncha. 

 
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish. 

 
Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‗rganish usullari. 

 
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar. 

 
Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish. 

 
Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori 
         
Sanoat  korxonalarida  va  hayot  faoliyatining  boshqa  turlarida  xavfli  vaziyatlar  bo‗lib 
turadi.  Xavf-xatar  tahlilining  asosiy  ob‘ekti  bu  «Inson  —  mashina  —  atrof-  muhit  (IMA)» 
tizimini  tashkil  qiladi  bu  esa  o‗z  navbatida  bir  vazifani  bajarish  uchun  texnik  ob‘ekt  sifatida 
birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o‗zaro bog‗langan  holda butun bir kompleks 
shaklida jamlangan.  
Xavf  bo‗lmagan  sanoat  korxonasi  bo‗lmaganidek,  xavf  bo‗lmagan  mashina-  mexanizmi  ham 
topib  bo‗lmaydi.  SHuning  uchun  xavfni  xavfsizlikka  qarama-qarshi  qo‗yish  yo‗li  bilan  uni 
kamaytirish  imkoniyatlari  qidiriladi.  Xavf  manbai  ma‘lum  tavakkallik  yo‗li  bilan  xavfsizligi 
ta‘minlangan  bo‗lsa,  uni  xavfsiz  deb  hisoblash  mumkin.  Bunda  tavakkallik  ma‘lum  chegara 
ichida bo‗lishi talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo‗lgan holatlar 
xavfli zona deb yuritiladi. 
Xavfning son ko‗rsatkichilaridan biri bu-tavakkallikni baholash. Tavakkallik deganda, biror bir 
vazifani  bajarganda  iqtisodiy  foydani  ko‗zlab  xavfsizlik  texnikasi  qoidalarining  ba‘zi  bir 
nuqtalarini  inkor  qilgan  holda  bajarish  holati  tushuniladi.  Tavakkallikni  har  xil  holatlar  uchun 
ayrim  qabul  qilinadi.  Tavakkallikning  o‗lchov  birligi  odam  sog‗ligiga  va  shaxsiy  mulkiga  xavf 
solgan  taqdirda  har  xil  bo‗ladi.  SHuning  uchun,  agar  bir  vaqtning  o‗zida  ham  sog‗ligiga  ham 
shaxsiy  mulkiga  xavf  tug‗diradigan  bo‗ladi.  Har  qanday  odam  ma‘lum  bir  sharoitda  va  deyarli 
hamma odamlar ham, ma‘lum sharoitda tavakkallik holatini boshidan kechiradi.  
Tavakkal  nazariyasi.  1950-yil  senyabr  oyida  Germaniyaning  Kyoln  shahrida  bo‗lib  o‗tgan 
birinchi  jahon  kongresida  hayot  faoliyat  xavfsizligi  fan  deb  qabul  qilindi.  Olimlar  o‗z 
ma‘ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo‗lladilar va bu tushunchani har bir olim o‗zicha talkin 
kildi.  Masalan,  V.Marshal  «tavakkal,  bu  xavfning  miqdoriy  bahosidir»  dedi.  Miqdoriy  baho  
kungi        lsiz  hodisalarni  aniq  bir  davr  ichida  bo‗lib  o‗tgan  sonining  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan 
soniga  nisbatidir.  «Tavakkal»ni  aniqlashda  nimani  «tavakkali»  deyish  mumkin  savoliga  javob 
berish kerak.  
Tavakkalning  turlari.    Tavakkal  ikki  xil  bo‗ladi:  shaxsiy  «tavakkal»-  ayrim  shaxs  uchun  aniq 
xavf  turi;  ijtimoiy  yoki  ko‗pchilik  «tavakkali»-  takroriy  hodisalar  natijasida  jarohatlangan 
insonlar orasidagi bog‗liqlik. Bizda hozircha ijtimoy «tavakkal» bo‗yicha hech qanday ma‘lumot 
yo‗q.  Xorijda  esa  alohida  ishlab  chiqarish  korxonalari,  sanoat  tarmoqlari,  xavf  turlari  bo‗yicha 
to‗liq ma‘lumotlar mavjud.  
Jamoat  «tavakkali»  xavfni  sub‘ektiv  (boshqacha)  ravishda  qabul  etadi.  Odatda  ko‗pchilik  kam 
uchraydigan  va  ko‗p  qurbon  bo‗lgan  voqealarga  keskin  ravishda  ahamiyat  beradi.  Masalan, 
ishlab chiqarishda har yili o‗rta hisobda 200-250 kishi halok bo‗ladi. Ammo bir halokatda 5-10 
kishi qurbon bo‗lgani oldingi ma‘lumotlardan ko‗ra odamlarga ko‗proq ta‘sir qiladi. Kishilarning 
bu  ruhiy  holatini  qabul  qilishi  mumkin  bo‗lgan  «tavakkal»  masalasi  kurilganda  hisobga  olish 
lozim.  
Xavflarni baholashda tavakkal («T») usulini qo‗llash boshqa usullarga qaraganda ko‗proq to‗g‗ri 
keladi,  deb  hisoblanadi.  Masalan,  har  xil  sabablar  natijasida    halokatli  (o‗lim  bilan)  tugagan 
ayrim shaxsiy «tavakkal» (AKSH ning umumiy aholisiga nisbatan) qiymatlari quyidagichadir:   

 
55 
1.
 
Yo‗l transporti hodisasidan-310-4. 
2.
 
Zaharlanishdan - 210-5. 
3.
 
YOng‗indan kuyish  - 410-5.  
4.
 
Elektr tokidan - 610-5. 
5.
 
YAshindan - 510-7. 
6.
 
Ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan - 110-5. 
7.
 
Umumiy «T» - 610-4. 
8.
 
Boshqalar - 410-5.  
Tavakkalni  boshqarish.  Xavfsizlik  darajasini  ko‗tarish,  xavfsizlikning  asosiy  nazariy  va  amaliy 
masalasidir. Buning uchun mablag‗ni 3 yo‗nalishda sarflash kerak: 
-ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish ob‘ektlarini takomillashtirish; 
-malakali ishchilarni tayyorlashga; 
-favqulodda oqibatlarni yo‗qotishga; 
Sarflarni  bular  orasida  qanday  bo‗lishini  rejalash  uchun  chuqur  tekshirishlar  o‗tkazish  lozim, 
unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini 
olishda  yangi  imkoniyatlar  ochadi.  Tavakkalni  boshqarishda  texnik,  ma‘muriy,  tashkiliy 
yo‗llarga iqtisodiy usul ham qo‗shiladi. 
Mehnat  sharoitlarining  qoniqarsiz  ahvoli  va  mehnat  xarakteri  ishlab  chiqarish  travmatizmining 
asosiy sabablaridan biri sanaladi. 
Travma  (shikast,  jarohat)  –  tashqi  muhitning  qanday  bo‗lmasin  omili  tomonidan  chaqirilgan 
inson tanasi to‗qimalar va organlari yaxlitligining buzilishidir. Travma (yunoncha so‗z) jarohat, 
shikastlanish demakdir. 
Har bir xodim ishi  bilan bog‗liq tarzda salomatligiga etkazilgan zararni qoplash xuquqiga ega. 
Ish  beruvchi  vaqtida  va  to‗g‗ri  ishlab  chiqarishda  baxtciz  xodicalarni  tergovini  o‗tqazish  va 
xicobini olish, shuningdek xodimlarga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikni zimmaciga 
olishi shart. Jaroxatlar  ikki  turli  buladi

 
ishlab  chikarish  jaroxatlari 

 
maishiy  jaroxatlar                                                                                                                                                            
Ishlab  chikarishdagi  jaroxatlar  uz  navbatida 
- mexanik (urib  olish, kesilib  ketishi, ezilish  va  x. k.) 
- kimyoviy (kimyoviy  kuyishlar) 
- issiklik (kuyish, muzlash, covqotib qolish, icciqlik zarbaci va x.k.) 
-  elektrik (elektr  zarbalari) 
- aralash  jaroxatlar. 
Korxonalarda  kupincha   aralash  jaroxatlanish  turlari  uchraydi.Ularning oqibatida incon qicqa 
muddatga yoki uzoq davrga mehnatga layoqatini yuqotadi. 
Baxtciz  xodica  deb  kacbiy  kacalliklar,  kacbiy  zaxarlanishlar  va  ayrim  xolatlarda  umumiy 
kacalliklar tushuniladi.  
Ishlab  chikarishda  kasb-kasalliklarining  oldini  olish  va  ishlab  chikarish  jaroxatlarini 
kamaytirishda,  ushbu  baxtsiz xodisalarni  chukur  taxlil  kilish  asosida  ularni  keltirib  chikaruvchi 
sabablarni  xamda  ishlab  chikarishdagi  xavfli  va  zararli  omillarni  puxta  urganish  muxim  rol 
uynaydi. 
Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtciz xodicalari uchun javobgardir. 
Ishlab chiqarish bilan bog‗liq baxtciz xodicalar quyidagilardan iborat: 
-ular  tomonidan  mehnat vazifalari  (shu  jumladan  xizmat  cafarlari  xam)  ni  bajarish,  shuningdek 
ish  beruvchi  topshirig‗iciz  xam  korxona  manfaatlari  doiracida  biror  bir  xalokatlarni  amalga 
oshirayotganda; 
-korxona trancportida ishga yo‗l olayotganda yoki ishdan qaytayotganda; 
-belgilangan  tanaffuclardan  tortib  butun  ish  vaqti  mobaynida  korxona  xududi  yoki  boshqa  ish 
joyida; 
-o‗tqazilish joyidan qat‘iy nazar shanbalik o‗tqazilayotgan vaqtda; 
-ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda; 

 
56 
-ish  vaqtida  xizmat  ob‘ektlari  o‗rtacidagi  xarakat  bilan  faoliyati  bog‗liq  xodim  bilan  jamoat 
trancportida  yoki  piyoda,  shuningdek  ish  beruvchining  topshirig‗iga  ko‗ra,  ish  joyiga 
ketayotganida; 
-ish vaqtida xizmat cafarlari yoki ish beruvchining topshirig‗iga ko‗ra, shaxciy engil trancportda; 
-ish  vaqtida  boshqa  shaxc  tomonidan  tanaga  shikact  etkazish,  yoki  mehnat   vazifacini 
bajarayotganida xodimning qacddan o‗ldirilishi. 
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‗in xavfsizligi qoidalariga, 
me‘yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb 
kasalliklariga olib kelishi mumkin.  
Kasb  kasalliklarining  kelib  chiqishiga  organizmning  o‗ta  toliqishi  va  kasallikka  qarshi  kurasha 
olish faoliyatining pasayishi ham sabab bo‗la oladi. O‗zbekistonda kasb kasalliklari ro‗yxati va 
tegishli  tavsiyanomalar  O‗zbekiston  Respublikasi  Sog‗liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan 
tasdiqlanadi.  Ishlab  chiqarishning  zararli  sharoitlarida  uzoq  ishlash  oqibatida  insonning  normal 
faoliyati  buzilishi  yoki  jismoniy  shikastlanishlar  kasbiy  kasalliklar  deb  ataladi:Kasb 
kasalliklarining  kechishi  unga  sabab  bo‗lgan  zararli  omillarning  o‗ziga  xosligi,  kuchi, 
davomiyligi va ularning birgalikdagi ta‘siriga bog‗liq. 
Ishlab  chiqarish  texnologiyasining  takomillashtirilishi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  kompleks 
mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirishning  keng  joriy  etilishi,  mexnat  va  dam  olishning 
me‘yorida tashkil etilishi kasbiy kasalliklarning kamayishiga olib keladi. 
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni o‗rganish baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab 
bo‗ladigan  omillarni  aniqlash,  ularni  yo‗qotish  chora-tadbirlarini  ko‗rish  imkonini  beradi.  Bu 
ishlar  asosan  samarali  xavfsiz  ish  usullarini  qo‗llash,  baxtsiz  hodisa  va  kasb  kasalliklarining 
kelib chiqishidan xoli bo‗ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi. 
SHikastlanish og‗irligiga qarab, ishlab chiqarish travmatizmi 3 guruhga bo‗linadi: 
1. 
1 yoki ortiq kungacha vaqtincha ishga layohati yo‗qolgan engil 
2. 
uzoq  vaqtgacha  ishga  layoqati  yo‗qolgan  va  mayiblik  yoki  nogironlik  bilan  davom 
etadigan og‗ir 
3. 
O‗limga olib keluvchi, shuningdek 3 yoki undan ortiq ishchilar bilan bir vaqtning o‗zida 
ro‗y beruvchi avariya hodisasi. 
Jarohatlanish uch turga bo‗linadi.  
Birinchisi, ishlab chikarishda, ish joyida jarohatlanish,  
ikkinchisi, ish bilan bog‗liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lmagan jaroxatlanish va  
uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‗liq bo‗lmagan jaroxatlanish. 
Ishlab  chiqarishda,  ish  joylarida  olingan  jaroxatlanishga,  ishchi  ma‘muriyat  tomonidan 
buyurilgan ishni bajarish chog‗ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish 
yoki ba‘zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‗chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi. 
Ikkinchi  tur  jarohatlanishlar  ishga  borib-kelish  vaqtida  transport  vositalarida,  komandirovka 
vaqtida  yoki  korxona  ma‘muriyatining  topshirig‗iga  muvofiq  ishlab  chiqarish  xududidan 
tashqaridagi ba‘zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat. 
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‗lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‗g‗irlash 
va boshqa shunga o‗xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi. 
Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‗yicha umumiy qoidalar 
O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  mulkchilikning  barcha  shakllaridagi  korxonalar, 
muassasalar,  tashkilotlarda,  shuningdek,  mehnat  shartnomasi  bo‗yicha  ishlayotgan  ayrim 
fuqarolarda  mehnat  faoliyati  bilan  bog‗liq  holda  yuz  bergan  hodisalarni  va  xodimlar 
salomatligining  boshqa  xil  zararlanishini  tekshirish  va  hisobga  olishning  yagona  tartibini 
belgilaydi. 
Mazkur tartib: 

 
 ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‗yicha jazoni o‗tayotgan fuqarolarga; 

 
 ish beruvchilarga; 

 
 pudrat  va  topshiriqlarga  ko‗ra  fuqarolik-huquqiy  shartnomalarlar  bo‗yicha  ishlarni 
bajarayotgan shaxslarga; 

 
57 

 
 tabiiy  va  texnogen  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etishda  qatnashayotgan 
fuqarolarga; 

 
 agar maxsus davlatlararo bitimda o‗zgacha hol ko‗rsatilmagan bo‗lsa yollanib ishlayotgan 
chet el fuqarolarga

 
 qurilish, qishloq xujaligi va harbiy xizmatni o‗tash bilan bog‗liq bo‗lmagan o‗zga ishlarni 
bajarish  uchun  korxonaga  yuborilgan  harbiy  xizmatchilarga,  shu  jumladan,  muqobil  xizmatni 
o‗tayotgan harbiy xizmatchilarga; 

 
 korxonada  ishlab  chiqarish  amaliyotini  o‗tayotgan  talabalar  va  o‗quvchilarga  ham  tadbiq 
etiladi. 
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat 
safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‗kish, elektr toki va yashin urishi, 
o‗ta  issiq  yoki  o‗ta  sovuq  harorat  ta‘siri,  portlash,  falokat,  imoratlar,  inshoatlar  va 
konstruksiyalar  buzilishi  natijasida  hamda  sudralib  yuruvchilar,  hayvonlar  va  hashoratlar 
tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‗pirilishlar, suv toshqini, 
to‗fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari: 

 
 ish beruvchi topshiriq bermagan bo‗lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‗zlab qandaydir 
ishni amalga oshirilayotgandagi; 

 
 avtomobil,  temir  yo‗l,  havo  yo‗llari,  dengiz  va  daryo  transportida,  elektr  transportida  yo‗l 
harakati hodisasi natijasidagi; 

 
 korxona  transportida  yoki  shartnoma  (buyurtma)  ga  muvofiq  o‗zga  tashkilot  transportida 
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi; 

 
 ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida 
ish beruvchi farmoyishi bor bo‗lgandagi; 

 
 mehnat faoliyati xizmat ko‗rsatish ob‘ektlari orasida yurish bilan bog‗liq ish vaqtida jamoat 
transportida yoki piyoda ketayotgandagi; 

 
 shanbalik  (yakshanbalik)  o‗tkazilayotganida,  qaerda  o‗tkazilishidan  qat‘iy  nazar, 
korxonalarga otaliq yordami ko‗rsatilayotgandagi; 

 
 ish  vaqtida  mehnat  vazifasini  bajarayotganda  boshqa  shaxs  tomonidan  tan  jarohati 
etkazilgandagi. 
Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish 
2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‗radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‗limga olib keluvchi 
yoki  nogiron  etuvchi  baxtsiz  hodisalarni  alohida  ta‘kidlash  zarur.  Bunday  hodisalar  to‗g‗risida 
ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma‘lum qilishi shart: 

 
 O‗zbekiston Respublikasi sub‘ekti bo‗yicha Davlat mehnat inspeksiyasi; 

 
 Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga; 

 
 Baxtsiz hodisa ro‗y bergan joy bo‗yicha prokuraturaga; 

 
 O‗zbekiston Respublikasi sub‘ektining ijrochi hokimiyat organlariga; 

 
 Davlat  nazorat  organlariga  (agar  baxtsiz  hodisa  shu  organ  nazoratidagi  tashkilotda  yuz 
bergan bo‗lsa); 

 
 Tegishli kasaba uyushmalari organlariga. 
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi: 

 
 Mehnat muhofazasi bo‗yicha Davlat nazoratchisi; 

 
 O‗zbekiston Respublikasi sub‘ektining ijroiya hokimiyat organlari vakili

 
 Kasaba uyushmalari organi vakili. 
Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o‗rganish usullari 
1.  Statistika  usuli.  Bu  usul  sanoat  korxonalarida  statistik  hisobga  olingan  baxtsiz  hodisalar 
materiallarini  chuqur  o‗rganishga  asoslangan.  Statistik  usul  baxtsiz  hodisalarni  kamaytirish 
borasida  chora-tadbirlar  ko‗rish  uchun  amaliy  ma‘lumot  beradi  va  sanoatda  jarohatlanishni 
ta‘riflovchi  chastota  koeffitsienti,  jarohatning  og‗irlik  koeffitsienti  o‗rtacha  ko‗rsatkichini  olish 
imkoniyatini beradi. CHastotali koeffitsient (Kch) 1000 ishchi hisobiga ma‘lum vaqt davomida 
sanoat korxonalarida to‗g‗ri keladigan baxtsiz hodisalarning o‗rtacha miqdorini ko‗rsatadi. Uni 
quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: 

 
58 
 
 
 
bunda R - ma‘lum vaqt ichida jarohatlanganlar b/ hodisalar soni; T - shu vaqt ichida korxonada 
ishlagan ishchilar soni. 
Baxtsiz  xodisaning  og‗irlik  koeffitsientini,  ya‘ni  har  bir  jarohatlanishning  o‗rtacha  yo‗qotilgan 
ish kunlari hisobini ko‗rsatuvchi K ni qo‗yidagi formula bilan aniqlash mumkin. 
 
 
bunda  P-hamma  baxtsiz  xodisaga  uchraganlar  tomonidan  yo‗qotilgan  ish  kunlari  soni;  R-shu 
davrda baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.  
Bu  ko‗rsatkich  haqiqiy  og‗ir  jarohatlanish  belgilarini  ko‗rsata  olmaydi,  chunki  uning  tarkibiga 
nogironlik  va  o‗lim  bilan  tugagan  baxtsiz  hodisalar  kiritilmagan.  Yo‗qotilgan  mehnat 
qobiliyatining  ishchi  kun  miqdorini  1000  kishiga  keltirib,  quyidagi  formula  bilan  aniqlash 
mumkin: 
 
 
bu  ko‗rsatkich  orqali  jarohatlanish  dinamikasi  va  baxtsiz  hodisaning  og‗irlik  asoratini  aniqlash 
mumkin.  
Statistika usulini ikkiga bo‗lib karash qabul qilingan: guruh va topografik usullardir. 
Guruh  usuli.  Statistik  usulning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  baxtsiz  xodisalarning  bir  xil 
sharoitlarda  va  ayrim  belgilari  bilan  (masalan  vaqti  va  sodir  bo‗lgan  joyi,  baxtsiz  xodisaning 
xususiyatini va x..k.) guruh xolida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Topografik  usul.  Bu  usul  ham  guruh  usulining  ko‗rinishlaridan  biri  bo‗lib,  qo‗yidagi  xollarda 
qo‗llaniladi:  guruh  usulida  keltirilgan  baxtsiz  xodisalar  xaqidagi  ma‘lumotlarni  har  xil  shartli 
belgilar  bilan  belgilab  (masalan,  H-I),  ish  uchastkalarining  rejasida  baxtsiz  xodisa  yuz  bergan 
joylarga  qo‗yib  chiqiladi.  Bu  usulda  ma‘lum  ish  uchastkalarida  baxtsiz  xodisalarning 
takrorlanishi xaqida ko‗rgazmali ma‘lumot olinadi. 
Xar qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz xodisalarni taxlil qilishda xam olingan 
material,  asosan  baxtsiz  xodisa  xaqida  tuzilgan  H-I  formadagi  akt  xar  tomonlama  o‗rganiladi. 
Aktda  baxtsiz  xodisa  yuz  bergan  joy,  jarohatlanish  tavsifi,  og‗irlik  darajasi,  voqea  sutkaning 
qaysi vaqtida yuz berganligi xaqidagi ma‘lumotlar aks etadi. Statistik usul asosida shikastlanish 
ishchi va xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi. Baholashda ishchining yoshi, 
staji, kasbi, jinsi, mutaxassisligi, ish vaqti, ish turi va boshqa omillar e‘tiborga olinadi. Statistik 
usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada, kam stajli ishchilar orasida, yoshi 
katta bo‗lgan ishchilar orasida (50%) sodir bo‗ladi. 
2.  Monografik  usul.  Bu  usul  baxtsiz  hodisa  yuz  bergan  ayrim  sex,  uchastka,  ishlab  chiqarish 
xonasi yoki korxona bo‗limlarini har tomonlama chuqur o‗rganishga asoslangan. Asosiy diqqat-
e‘tibor  texnologik  jarayonlarning  cheklanishiga,  ayrim  ish  usullari,  ishlab  chiqarishning  xavfli 
lahzalariga va sanitariya-gigienik mehnat sharoitiga qaratiladi. Bu usulda korxonada ro‗y bergan 
baxtsiz  hodisalar,  avariyalar,  kasb  kasalliklarining  kelib  chiqish  sabablari  aniqlanadi.  Xuddi 
shunday taxlillar turdosh korxonalar buyicha xam o‗tkaziladi. 
Monografik  usul  ishlab  chiqarish  sharoitida  kelib  chiqishi  mumkin  bo‗lgan  potensial  baxtsiz 
xodisalarni  aniqlash  imkoniyatini  beradi.  Bu  ma‘lumotlar  qurilayotgan  yoki  loyihalanayotgan 
o‗xshash  korxonalarda  aynan  xuddi  shunday  baxtsiz  hodisalar  kelib  chiqmasligi  uchun 
ogoxlantirish  va  texnologik  jarayonlarni  o‗zgartirish,  mukammalashtirish  chora-tadbirlarini 
ko‗rishda katta ahamiyatga ega. 
3.  Ergonomik  usul.  Bu  usulda  mexnat  turlarining  o‗ziga  xos  tomonlari  ergonomik  omillarning 
mexnat xavfsizligiga  ta‘sir darajasi  baholanadi. 
4.  Iqtisodiy  usul.  Bu  usulda  ishlab  chiqarishdagi  jarohatlanishdan  keltirilgan  iqtisodiy  zarar, 
shuningdek, mehnat  xavfsizligiga sarflangan mablag‗ning to‗g‗ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani 
oldini  olishga  ketgan  xarajatlarni  samaradorligi  aniqlaniladi.  Bu  usul  qo‗shimcha  usul  bo‗lib 
,
1000
x
T
P
k
ч

,
Р
П
K

,
1000
x
P
T
К
огир


 
59 
hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi. 
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar 
Mehnat  sharoitlari–ish  jarayonida  inson  salomatligi  va  ishga  layoqatliligiga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi 
ishlab  chiqarish  muhiti  omillari  yig‗indisidir.  Mehnat  sharoitlari  shikastlanishlar  va  kasb 
kasalliklari  yuzaga  kelishi  uchun  har  qanday  shart-sharoitni  istisno  etish  kerak.  Mehnat 
sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‗linadi. 
Birinchi  gurux  omillar-atrof  muxitning  sanitariya-gigiena  xolati.  Ishlab  chiqarish  muhiti,  ish 
hududini  xarakterlaydigan  ko‗rsatkichlarni  o‗z  ichiga  oladi.  Bularga  xavo  xarorati,  atrof-
muxitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.) yorug‗lik 
va shovqin darajasi va boshqalar kiradi. 
Sanitar-gigienik omillar: 
a) 
yoritilganlik (tabiiy, sun‘iy); 
b) 
mikroiqlim; 
v) 
havo xarorati, S; 
g) 
nisbiy namlik, %; 
d) 
havo harakati tezligi, m/s; 
e) 
havo muhitida zaharli moddalar (bug‗lar, gazlar, aerozollar) mg/m3; 
j) 
mexanik tebranishlar: 

 
tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s); 

 
shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db); 

 
ultratovush (shovqin kabi); 

 
infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm); 

 
radiochastotalar to‗lqinlari (Gs, kGs, Mgs); 

 
atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni); 

 
kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar. 
Ikkinchi  gurux  omillarga  -  mexnat  vositalari:  ishlab  chiqarishda  foydalaniladigan  mashina 
mexanizmlar, asbob-uskunalar, moslamalar va texnologik jarayonlarga bog‗liq bo‗lib, miqdoriy 
baholanishi mumkin va me‘yorlanadi. 
Uchinchi gurux omillarga tashkiliy tadbirlar, ya‘ni ish va dam olish rejimini to‗g‗ri tashkil etish, 
mexnat taqsimoti, mexnat intizomi kabilar kiradi. 
Ushbu  guruh–mehnat  jarayoni  bilan  shartlanadigan  psixo-fiziologik,  faqat  bir  qismi  miqdoriy 
baholanadi. 
Psixofiziologik (mehnat) omillari: 
a) 
jismoniy vazifa (kkal); 
b) 
ish holati; 
v) 
asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‗rishning zo‗rayishi, asab-ruhiy vazifa; 
g) 
mehnat jarayonining bir xilligi; 
d) 
mehnat va hordiq tartibi (rejimi): 

 
smena ichi (tushlikka tanaffus); 

 
sutkalik (ish smenalarining davomiyligi); 

 
yillik (ta‘tilning davomiyligi); 

 
SHikast–xavf (portlash  xavfi,  yong‗in-xavfi,  seysmik xavf, mashinalarning harakat  qismlari 
shikastlanish xavfi) 
To‗rtinchi gurux - odamlarning o‗zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mexnat natijalariga 
bo‗lgan  munosabatlari  bilan  bog‗liq  ijtimoiy  omillarni  o‗z  ichiga  oladi.  Guruh–estetik  omillar
ishlayotganlar  tomonidan  atrof-muhit  ahvoli  va  uning  elementlari  qabul  qilinishi  bilan 
xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi. 
Estetik omillar: 
a) 
ish  hududida  yorug‗lik  tovush  muhiti  kompozitsiyasining  uyg‗unligi,  havo  muhiti 
hidlarining  hushbuyligi,  hamohanglik  kompozitsiyasi,  ish  holatlari  va  mehnat  harakatlarining 
uyg‗unligi; 
b) 
jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi; 

 
60 
v) 
jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi); 
Zararli  ish  sharoitlariga  tananing  ayrim  a‘zolarining  yoki  gurux  mushaklarning  uzok  vakt  
majburan    zurikishi,  sex    xavosiga    zararli    moddalarning    ta‘siri,  yokimziz    meteorologik  
sharoitlar,  me‘ordan    yukori    shovkin,  titrash,    yoritilganlik,  atmosfera    bosimidagi    katta  
tafovutlar.           
Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini taxlil qilish 
Baxtsiz xodisalarni qayd qilish  va hisobga olish  bilan baxtsiz xodisalarning sabablarini  aniqlab 
bulmaydi, bu faqat baxtsiz xodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‗la oladi. Ishchining ish 
sharoitida  ishlash  faoliyatini  o‗rganish  uning  ishlash  qobiliyati  bilan  ish  vaqti  o‗rtasida 
bog‗lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.  
Ishlab  chiqarish  travmatizm  (shikastlanish)    va  qasbiy  kassalliklar  sabablari  quyidagi  sinflarga 
bo‗linadi: 
1.texnik 
2.tashkiliy 
3.sanitar- gigienik 
4. psixofiziologik 
Texnik  -  qo‗l  asbobi,  mashinalar,  apparatlar,  elektr  uskunalarning  buzuqligi,  ishlab  chiqarish 
texnologik  jarayonining  takomillashmagani,  to‗siq,  himoya  qurilma  –  moslamalari  va  qurilma 
saqlovchilarining  nosozligi,  bosim  bilan  ishlayotgan  bug‗li  qozonlar,  idishlarning  portlashi, 
materiallar yonishi oqibatida portlashlar, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib 
yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi.  
Tashkiliy sabablarga quyidagi sabablarni kiritish mumkin. Sanoat korxonasini loyhalash vaqtida 
yo‗l  qo‗yilgan  xatolar,  ishning  noto‗g‗ri  tashkil  qilinishi,  noto‗g‗ri  ish  tartibi,  haddan  ziyod 
davomiyligi yoki jadallik, mexnat qilish va dam olish rejimining notugri tashkil etilganligi, inson 
tanasining  uzoq  vaqt  noqulay  holatda  bo‗lishi,  malakaga  mos  emasligi,  ishchilarni  xavfsizlik 
texnikasi  koidalari  buyicha  ukitilmaganligi,  yo‗riqnomaning  noto‗g‗ri  o‗tkazilganligi,  xavfsiz 
mexnat qilish texnik nazoratining yo‗qligi, texnologik jarayonlarning buzilishi, sanoat korxonasi 
hududida  yo‗lka  va  o‗tish  joylarini  noto‗g‗ri  joylashtirish,  ish  joylarini  noto‗g‗ri  tashkil  qilish, 
nobob  ish  qurollaridan  foydalanish,  shaxsiy  muhofaza  aslahalarining  ish  sharoitiga  to‗g‗ri 
kelmasligi, to‗siqlarning yo‗qligi, xavf haqidagi ogohlantiruvchi plakatlarning bo‗lmasligi, ishchi 
joylarida  ogoxlantiruvchi  belgilarni  bulmasligi,  jamoa  bulib  ishlayotgan  joylarda  ishni 
tashkillashtirishdagi  kamchiliklar,  mutaxassislik  buyicha  ishga  kabul  kilmaslik,  maxsus  kiyim 
boshlar  va  shaxsiy  ximoya  vositalari  bilan  ta‘minlamaganlik,  asbob  va  uskunalardan  notugri 
foydalanishlar misol bula oladi.. 
Sanitar  –  gigienik  –  mexnat  gigienasi,  sanitar  normalar  va  koidalarga  amal  kilmaslik,  xonalar 
ishlab  chiqarish  maydoni  va  kubaturaning  etishmasligi,  iqlim  sharoitlariga  ularning 
nomutanosibligi,  ishlab  chiqarish  muhiti  (havoning  harorati,  nisbiy  namligi,  harakat  tezligi  va 
bosimi,  issiqlik  ajralib  chiqishi),  havo  muhitining  changlanganligi,  ish  joylari,  maydonlar  va 
o‗tish  joylarning  oqilona  yoritilmaganligi,  shovqin  va  titrashning  mavjudligi,  elektr  magnit 
nurlanishi  mavjudligi,  maxsus  kiyim  –  bosh,  maxsus  oziq-  ovqatning  yo‗qligi,  maishiy  va 
profilaktik  xonalarning  qoniqarsiz  ahvoli,  sanoat  korxonalardagi  ishlab  chiqarish  xonalari  va 
sanitar maishiy xonalarning etarli emasligi  hamda sanitar-  gigienik talablarga javob bermasligi, 
shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik. 
Psixo-fiziologik  sabablar.  Ishchi  psixologik  rejimining  buzilishi  natijasida  vujudga  keladigan 
sabablar:  oilaviy  notinchlik,  ish  jamoalarida  kelishmovchilik,  bajarilayotgan  ishga  e‘tiborsiz 
karalishi, ishchining uz faoliyatiga bulgan nazoratning bushligi, jismoniy yoki asabiy tolikish va 
boshka shu kabilar kiradi. 
Bu sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini ta‘minlovchi chora-
tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi kerak. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish 
sharoitida  baxtsiz  hodisalarning  butunlay  yuqolishiga  yoki  asosan  kamayishiga  olib  kelishi 
kerak.Ishlab  chiqarish  muhitida  ishlab  chiqarish  shikastlari  sabablarining  tahlili.  Mehnat 
muhofazasi  bo‗yicha  qonunchilikning  barcha  talablariga  ma‘muriyatning  rioya  etishida,  ishlab 

 
61 
chiqarishga  yuksak madaniyatni joriy etilishi va mehnatning xavfsiz usullarini qo‗llash ustidan 
kundalik nazorat etilgan taqdirda – shikastlanish hodisalari vujudga kelmaydi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling