Dorilarni organizmga yuborish
Mushak orasiga inyeksiyalar qilish usuli
Download 39.71 Kb.
|
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
Mushak orasiga inyeksiyalar qilish usuli.
Dori dumba sohasiga yuborilganda bemor qornini bosib yoki yonboshiga, sonning oldingi yuzasiga yuborilganda chalqancha yotadi. Shpris quyidagicha ushlanadi: 1-2-barmoq porshenni, 5-barmoq igna muftasini, qolgan barmoqlar silindrni tutib turadi. Shpris bemor tanasi yuzasiga nisbatan perpendikular holda turadi. dadil harakat bilan teri bur masining o'rtasiga 7-8 sm ichkariga kiritib, mufta ustidan 1 sm qoldiriladi, chunki ko'pincha igna shu joydan sinadi. Shundan keyin hamshira porshenni oʻziga tortadi va ignaning qon tomiriga tushmaganligiga ishonch hosil qilgach (shprisda qon paydo boʻlmaydi), porshenni bosib, eritmani asta-sekin oxirigacha mushak orasiga kiritadi. Igna sanchilgan joydagi teri atrofi chap qo'l bilan tortiladi. Ignani chaqqon harakat bilan chiqarish, teriga spirtga ho'llangan paxta tampon bosish lozim. Sonning mushak orasiga dori yuborishda shprisni yozuv percsi kabi burchak ostida tutib turish kerak. Shunda suyak usti pardasiga shikast yetmaydi. Ayrim dori-darmonlar, ayniqsa antibiotiklar kiritilganda anafilaktik shok va boshqa allergik reaksiyalar ro'y berishi mumkin. Shu tufayli oldin bemorning antibiotiklarga reaksiyasini aniqlash zarur. Allergik asoratlarning oldini olish maqsadida Bezredko usuli bo'yicha antibiotiklar yuboriladi. Buning uchun shprisga 0,1 ml antibiotik eritmasini olinadi va teri ostiga yuboriladi, 20 daqiqa oʻtgach reaksiya tekshirib koʻriladi. Bemorda nohush sezgilar, badanida eshak yemi dogʻlari bo'lmasa, arterial bosimi pasayib ketmasa, u holda 0,5 ml eritma muskul orasiga yuboriladi va 20 daqiqa oʻtgach hech qanday oʻzgarish kuzatilmasa flakonda qolgan eritmaning hammasi yuboriladi. Bemor qizarib ketsa, uning yuragida, to'sh ostida va boshqa joyida nohush sezgilar paydo boʻlsa, antibiotiklar eritmasining ikkinchi qismi yuborilmay, shifokor chaqiriladi va uning koʻrsatmalari bajariladi. Asoratlari 1) Mushaklar orasiga inyeksiya qilishda ham, ignaning xuddi teri osti inyeksiyalaridagi kabi sinib qolishi va igna sinigʻining to'qimalarda qolib ketishi, hamda ko'pincha o'tmas va nuqsonli ignani qo'pollik bilan kiritish vaqtida mushaklarning to'satdan qisqarishi sabab bo'ladi; 2) Nerv stvollarining (quymich nervi va boshqa nervlarning tarmoqlari) shikastlanishi, bu - mexanik (inyeksiya uchun joy noto'g'ri tanlanganda inyeksion ignadan), kimyoviy ta'sirlar (deposi nerv yaqinida joylashgan dorining ta'siridan), tomirlarga aloqador (nervni oziqlantiruvchi tomirlarning tiqilib qolishi) bo'lishi mumkin. Nervning shikastanishi - nevrit paydo bo'lishiga, qoʻl-oyoqlarda sezuvchanlikning buzilishiga (falajlik, parezlar) olib keladi; 3) Mushaklar orasiga inyeksiya qilinganda dori emboliyalari teri osti inyeksiyalaridagidan ko'proq sodir boʻladi, chunki muskullarda tomirlar turi ko'proq rivojlangan; 4) Yiningli infeksiya (abssess), gazli infeksiya, qoqshol, zardob gepatiti - bular shprislar va ignalarni yetarlicha sterillamaslik, hamshira ampulani ochish oldidan oʻz qo'lini va bemoming terisini yaxshi tozalamasligi oqibatida kelib chiqadi. O'tmas igna bilan inyesiya qilinganda to'qimalar qattiq shikastlanib natijada mo'mataloq bo'lib qoladi. Bu sohalar yiring boylab, abssess paydo bo'lishiga imkon beradi. Download 39.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling