Dorilarni organizmga yuborish
Teri orasiga qilinadigan inyeksiyalar
Download 39.71 Kb.
|
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
Teri orasiga qilinadigan inyeksiyalar
Inyeksiyalar teri orasiga tashxis maqsadida qilinadi. Bularga misol qilib Mantu sinamasini (silni aniqlash uchun), Byurne sinamasini (brusellyozni aniqlash uchun), Kasoni sinamasini (cxinokokkozni aniq- lash uchun), Mak Klyur-Oldrich sinamasini yashirin shishlarni aniqlash uchun) ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari teri orasiga qilinadigan inyeksiyalardan mahalliy og'riqsizlantirish maqsadida foydalaniladi. Yuboriladigan suyuqlik miqdori 0,01-1 ml. Uchi 40-45° qiyshiq qilib kesilgan eng ingichka va kalta igua, bir grammli yaxshi shpris olinadi, chunki teri dori yuborishga qarshilik ko'r- satadi. Diagnostik, allergik sinamalar va do- rilarga sezuvchanlikni aniqlash uchun inyeksiyalar bilakning uchdan bir pastki so hasiga qilinadi. Qo'lqoplarni kiyib, inyeksiya qilinadigan joy spirt bilan artiladi va quri guncha biroz kutib turiladi. Ignani uchi bilan yuqoriga va o'tkir burchak ostida, teriga kirgizladi. deyarli parallel tutib turib, uchini faqat Muolajadan so'ng qo'lqoplar yechiladi. Inyeksiyadan keyin qoladigan bo'rtmacha 0,5-1 soat mobaynida so'rilib ketadi. Agar ushbu dori eritma- si (0,1 ml) yoki zardobga (0,1 ml) organizmda ortiqcha sezuvchanlik boʻlsa 0,5-1 soatdan so'ng teri qizarib qoladi. Bu holda ushbu dorini qo'llashdan voz kechishga to'g'ri keladi. Maniu, Byume, Kasoni sinama- larining natijalariga 24-48 soat o'tgach baho beriladi. Teri ostiga inyeksiya qilish va dori yuborish Teri osti yog' hujayrasi to- mirlarga boy yumshoq to'qi- madan iborat, shuning uchun teri ostiga bir necha milli- litrdan (inyeksiyalar) 0,5-1 litrgacha quyish) dori eritma- larini yuborish mumkin. Moy- dagi eritmalar sekin so'riladi, shuning uchun ularni bir necha millilitr miqdorida va so'rilish- ni yaxshilash maqsadida albatta ilitilgan holda yubori- ladi. Teri osti inyeksiyalari uchun aksari yelka va sonlarning ta- shqi yuzasiga, ba'zi hollarda kurak osti va qorin sohasiga qilinadi. Dori quyish uchun sonlarning oldingi tashqi yuza- Teri osti yog' hujayrasi shishgan yoki avvalgi inyek- siyalar yaxshi so'rilmaganligi sababli qattiqlashib qolgan joylarga inyeksiya va dori yuborishga ruxsat etilmaydi. siyalar yaxshi so'rilmaganligi sababli qattiqlashib qolgan joylarga inyeksiya va dori yuborishga ruxsat etilmaydi. Muolajadan oldin qoʻllar yuvilib qoʻlqoplar kiyiladi. Bevosita inyeksiya oldidan shpris ignasini yuqoriga tik tutib turib, undan havo chiqariladi. Eritmada havo pufakchalari bo'lsa, porshemi soʻrib, uni chiqarib yuborish uchun porshenni tortish kerak. Bunda dori eritmasining ozroq miqdori chiqarib yuboriladi. Inyeksiyaga mo'ljallangan joydagi teri sathini spirt shimdirilgan steril paxta sharchalari bilan ikki marta artiladi: birinchi marta 10x15 sm maydondagi soha, ikkinchi marta esa bevosita teshiladigan 5x5 sm joy tozalanadi, so'ngra bu joyga yodning spirtli eritmasi surtiladi. Teri ancha- gina iflos bo'lsa uni oldin efir bilan artish lozim. Eritmalarni inyeksiya qilish uchun ingichka igna, moylarni inyeksiya qilish uchun yo‘g‘onroq igna, teri ostiga dori quyish uchun uzunligi 90 mm, bo'shlig'i 1 mm bo'lgan ignadan foydalaniladi. Inyeksiya qilinadigan joydagi terini chap qo'l bilan turma qilib ushlab, ignani uning asosiga chaqqon harakat bilan kiritiladi. Shprisni ushlash va terini teshishning ikkita usuli bor. Download 39.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling