Dorilarni organizmga yuborish
Download 39.71 Kb.
|
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi usul.
Birinchi usul. Shpris silindri
birinchi, ikkinchi va uchinchi barmoqlar orasida siqib turila- di, to'rtinchi va beshinchi bar- moqlar bilan porshenni ushlab turiladi. Ignani yelka sathiga 30° burchak ostida teri burmasining asosiga pastdan yuqoriga (bemor tik turadi) sanchiladi 198-rasm, a). Terini teshishda igna teshigi hamisha yuqoriga qaragan bo- lishi kerak. Teri ostiga, mushak- larga va venalarga inyeksiya qilishda ignani bor bo'yicha emas, balki taxminan 2/3 qismi kiritiladi, chunki igna muftasi bilan birikkan joyidangina sini- shi mumkin. Teri teshilgach, shpris chap qoʻlga olinadi. o'ng qo'lning ikkinchi va uchinchi barmoqlari bilan silindr gardishi qisib turiladi, birinchi barmogi paxta sharchani chap qo'l bilan qo'yib, igna tortib olinadi. Chap qo'ldagi paxta sharcha bilan esa dori yuborilgan joyni yengi uqalanadi, shunday qilinsa u teri osti yog' hujayrasida yaxshi tarqaladi va qaytib chiq- maydi. Terining teshilgan joyida yodning spirtli eritmasi shimdirilgan paxta sharchasini uzoq ushlab turmaslik kerak, chunki yod terini kuydirishi mumkin. Ikkinchi usul. To'ldirilgan shprisni ikkinchi va uchinchi, to'rtinchi barmoqlar bilan vertikal holda ignasini pastga qaratib ushlab turiladi. Ignani tezlik bilan sanchib ikkinchi barmoq bilan porshen dastasi bosiladi va dori yuboriladi. so'ngra igna chiqariladi Teri osti inyeksiyalarida turli asoratlar, jumladan turli hajm va turli qattiqlikdagi infiltratlar kuzatilishi, bunda shikastlangan sohada yallig'lanish mahsulotlari yigʻilib, shu joy berchlashib qolishi mumkin. Bunga oʻtmas igna yoki ignaning ingichkaligi, shuningdek infeksiya tushishi sabab bo'ladi. Infiltrat yuzaga kelishida bemorning ahvoli ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, ogʻir ahvolda yotgan bemorlarda dorining soʻrilishi sekinlashadi. Ba'zan infiltratlar erib, madda, oqma yara hosil qiladi. Hosil bo'lgan infiltratlarning soʻrilishini tezlashtirish uchun qizdiradigan kompresslar, fizioterapiya qo'llaniladi. Yiring boylagan joylar (abssesslar) yoriladi. Download 39.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling