Dorilarni organizmga yuborish
Dori moddalarini venaga yuborish
Download 39.71 Kb.
|
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venepunksiya
.Dori moddalarini venaga yuborish
Dori moddalarini bu usulda yuborishda dori moddasi bevosita qonga tushadi va qisqa vaqt ichida samarali ta'sir ko'rsatadi. Venaga dori quyish venepunksiya va veneseksiya yo'li bilan amalga oshiriladi.o Venepunksiya. Kamroq miqdordagi dorilarni venaga shifokor yoki tajribali tibbiyot ham- shirasi yuboradi. Buning uchun sigʻimi 10-20 ml li ignasi o'tkir shpris, rezina jgut, spirt va yassi yostiqcha bo'lishi kerak. Muolajadan oldin shpris va ignalar yaxshilab sterilla- nadi. Hamshira qo'lini sovunlab iliq suvda yuvadi, spirt bilan artadi, tir- Venepunksiya. noq atroflari yod nastoykasi bilan artiladi. Qonga kasallik qoʻzg'atuvchi mikroblami tushirmaslik uchun aseptikaning hamma qoidalariga qat'iy amal qilish, muolajalarni steril qo'lqoplarda amalga oshirish kerak. Venaga dorilar yuborish uchun steril tiniq eritmalar qo'llanadi. Bu usulda yuborilgan dorilarni taqsimlash teri osti inyeksiyasi dozirovkasidan farq qiladi, kuchli ta'sir etadigan dorilar hamisha asta-sekin yuboriladi. Tibbiyot hamshirasi yuboriladigan eritmani shprisga olishdan avval, yanglishmaslik maqsadida kerakli eritma olinganini, tayyorlanish kunini va dozasini tekshirib ko'rishi shart. Bunday tekshiruv albatta o'tkazilishi zarur, chunki tibbiyot xodimlarining beparvoligi oqibatida venaga zaharli moddalar, nosteril yoki konsentrlangan eritmalar yuborilishi natijasida o'lim sodir bo'lishi mumkin. Eritmani shprisga bevosita ampuladan katta diametrdagi igna orqali olinadi. Shprisda paydo bo'lgan havo pufakchalarining hammasi chiqanb yuborilishi zarur. Buning uchun shpris ignasini vertikal yuqoriga qilib, porshenni tortish yo'li bilan mayda pufakchalar birmuncha yiriklariga aylantiriladi va ularni igna orqali chiqarib yuboriladi. Venaga dori quyishda qonga hatto oz miqdorda bo'lsa-da havo ketishidan ehtiyot bo'lish kerak, chunki bu havo emboliyasini paydo qilishi mumkin. Venaga dori odatda tirsak bo- g'imi venasidan yuboriladi. Tomir yaxshi ko'rinishi uchun tirsak bo- g‘imidan bir qarich yuqoriroqdan rezina jgut bilan venalar bo'rtib chi- qadigan qilib bog'lanadi: bunda ar- teriyalarning bosilmasligi muhimdir, buni bilak arteriyasida puls borligi bo'yicha aniqlanadi. Jgut oson yechi- ladigan qilib bog'lanadi Jugut bogʻ'lash Venoz dimlanishni kuchaytirish uchun bemordan mushtini bir necha marta siqib-ochish yoki jgut qo‘yishdan oldin, qo'lini pastga tushirish so'raladi. Muolaja bemor o'tirgan yoki yotgan holatda bajariladi. Uning qoʻli stolda yoki karavotda tirsak boʻgʻimi maksimal yozilgan holatda bo'ladi. buning uchun qo'l tagiga yassi yostiq qo'yiladi. Venadan tekshirishga qon olish uchun uni oddiy igna yoki katta diametrdagi Dyufo ignasi bilan teshiladi. Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish. Tomchi- lab yuborish usuli organizmning kasallikka qarshiligini tezda oshirish yoki unda yig'ilib qolgan zaharlarni chiqarib tashlash zarur bo'lganda katta miqdordagi suyuqliklarni (kuniga bir necha litrgacha) kiritish talab etilganda qoʻllaniladi. Kiritiladigan suyuqliklarning tarkibi qonning osmotik bosimini oʻzgartirmaydigan, tarkibida kuchli ta'sir qiladigan vositalar boʻlmagan, qunt bilan sterilizatsiya qilingan va 40°C gacha isitilgan bo'lishi kerak. Venaga dorilar quyish uchun zarur asboblar: shisha idish va tomchilab dori quyish uchun sistema, qon toʻxtatuvchi 1-2 qisqich, vintli qisqich, venalarni punksiya qilish uchun turli kalibrdagi 3-4 ta ignalar, tomizg'ichdan pastga, sistemaga havo kirishini o'z vaqtida payqash va havo emboliyasiga yo'l qo'ymaslik uchun tekshirish oynasi kiritilishi shart. Rezina naychalami shisha ismlarioa zich qilib kirish lozim. Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish. Tomchi- lab yuborish usuli organizmning kasallikka qarshiligini tezda oshirish yoki unda yig'ilib qolgan zaharlarni chiqarib tashlash zarur bo'lganda katta miqdordagi suyuqliklarni (kuniga bir necha litrgacha) kiritish talab etilganda qoʻllaniladi. Kiritiladigan suyuqliklarning tarkibi qonning osmotik bosimini , qunt bilan sterilizatsiya qilingan va 40°C gacha isitilgan bo'lishi kerak. Venaga dorilar quyish uchun zarur asboblar: shisha idish va tomchilab dori quyish uchun sistema, qon toʻxtatuvchi 1-2 qisqich, vintli qisqich, venalarni punksiya qilish uchun turli kalibrdagi 3-4 ta ignalar, tomizg'ichdan pastga, sistemaga havo kirishini oʻz vaqtida payqash va havo emboliyasiga yo'l qo'ymaslik uchun tekshirish oynasi kiritilishi shart. Rezina naychalami shisha qismlariga zich qilib kiygizish lozim. Sistema (ampula yoki flakon, tomizg‘ich, rezina naychalar) hech qayerdan suyuqlik chiqarmasligi yoki havo tortmasligi, ya'ni germetik bo'lishi kerak. Dori quyish sistemalari odatda oldindan tayyorlab qo'yiladi va yigʻilgan holda, har bir sistemani alohida choyshabga o'rab, avtoklavda sterilianadi. Sistema sterillangandan so'ng 1-2 kungacha yaroqli boʻladi. Bir marta foydalaniladigan sistemalar qon, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, gipertonik va dori eritmalarini quyish uchun tobora keng qoʻllanilmoqda. Sistemalar toksinsiz plastmassadan tayyorlanadi, tayyorlab chiqargan zavod tomonidan sterillanadi va seriyasi hamda sterillangan kuni ko'rsatilgan steril oʻramda chiqariladi. Bu sistemalar rezina qopqogʻ bilan berkitilgan flakonlardan bir marta dori quyish uchun mo'ljallangan. Sistema havoni flakonga tushirish uchun ignasi bo'lgan kalta naycha va tomizg'ichli uzun naychadan iborat. Kalta naychaning bir uchida igna, ikkinchi uchida changni tutib qolish filtri bor. Uzun naychaning bir uchida flakonning rezina qopqog'ni teshish uchun igna, ikkinchisida - venaga kiritiladigan ignaga boradigan kanyulya bo'ladi. Ignalar maxsus qalpoqchalarda saqlanadi. Sistemani qo'llashdan avval o'ram paketining zichligi va qalpoqchadagi ignalarning bus-butunligi tekshiriladi. Sistema oʻram paketi yirtib ochiladi va uni qalpoqchalari va ignalarini bo'shatmay turib chiqariladi. Flakon ichidagi modda aralashtirilgandan so'ng qopqog'ini spirt yoki yod bilan artiladi va ignani imkon boricha qopqoq ichkarisiga kiritiladi. Ignaning tarmoq naychasini flakon devoriga parallel holda mahkamlanadi. Tomizg'ichga yaqin igna ozod qilingandan so'ng uni ham qopqoq orqali flakonga kiritiladi, bunda sistemani tomizg`ichdan yuqori paketdagi plastinkasimon qisqich bilan berkitiladi. Flakonning tubi yuqoriga koʻtariladi, shtativga oʻrnatiladi va odatdagicha sistema toʻldiriladi. Tomizgʻichni kapron filtri yuqorida, tomizg‘ich va naychasi esa pastda turadigan qilib yuqoriga ko'tarib filtrdan va tomizg'ichdan havoni siqib chiqariladi. Yuboriladigan ertma bilan tomizg'ich yarmigacha to'ldiriladi, soʻngra u pastga tushiriladi va eritma ignadan oqim boʻlib tushgunga qadar qalpoqchani olib, naychaning quyi boʻlimidan siqib chiqariladi. Naychaga igna oldidan qisqich qoʻyiladi Punksiya qilishdan oldin teriga spirt surtiladi yoki uni efir moyi bilan yog'sizlantiriladi. venani punksiya qilish to'g'ri bajarilgan bo'lsa (qonning igna orqali oʻtishi), sistema igna bilan tutashtiriladi va venaga eritma yuboriladi. Suyuqlikning teri ostiga tushmayotganligi bir daqiqa mobaynida kuzatib boriladi (bu holda oz-moz shish paydo bo'lishi mumkin), so'ngra ignani vena yo'li bo'ylab yopishqoq plastir bilan mahkamlanadi, punksiya sohasiga esa steril salfetka yopib qo'yiladi. Eritma yuborish vaqtida sistemani doimo kuzatib borish lozim. Eritmani oqim bilan ham yuborish mumkin. Oqim bilan yuborish (ko'pi bilan 500 ml suyuqlik) aylanib yuradigan suyuqlik hajmini tez toʻldirish zarur bo'lib qolganda (operatsiya vaqtida koʻp qon yoʻqotish, shok yoki kollapsda) qo'llanadi. Download 39.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling