Dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1102699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshod 111

Dala unuvchanlik urug’larning dala sharoitida aniqlangan unuvchanligidir. Urug’larning dala unuvchanligi laboratoriya
unuvchanlikdan farq qilib ekilgan unuvchan urug’larga nisbatan hisoblanadi. Dala unuvchanlik hamisha laboratoriya
unuvchanligidan past bo’ladi. Urug’larning dala unuvchanligi urug’larning sifatiga, agrotexnik sharoitga, ekologik omillarga
bog’liq bo’ladi.

Donli ekinlarning dala unuvchanligi 65-85 % bo’lsa, qand lavlagi va ko’p yillik o’tlarniki undan ham past bo’ladi.

Urug’larning o’sish energiyasi, laboratoriya unuvchanligi, o’sish kuchi yuqori bo’lsa urug’larning dala unuvchanligi shuncha
yuqori bo’ladi. Tuproqda nam yetarli bo’lmasa, ekish juda erta yoki kech o’tkazilsa urug’larning dala unuvchanligi pasayib
ketadi. Urug’lar mexanik jarohatlanganda ham dala unuvchanlik kamayadi, bunday hollarda urug’larni dorilash bu
kamchilikni bartaraf qiladi (infeksiyani yo’q qiladi).

Yirik urug’larda dala unuvchanligi yuqori bo’ladi. YUqori, shuningdek, past harorat, begona o’tlar, zararkunandalar, 
namlikning yetishmasligi, urug’ni juda chuqur yoki yuza ekish, tuproqning zichlanmasligi ham urug’lar dala unuvchanligini
pasaytiradi. Dala unuvchanlik ekologik va agrotexnik omillarga bog’liq holda 17 % dan 80 % gacha o’zgarishi mumkin.




URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI

«Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usullari» kitobida urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat
standartlari belgilangan. «Urug’larning navdorlik va ekinboplik sifatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga
qo’yilgan talablar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va boshqa ko’rsatkichlar.

Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab
chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda unuvchanlik 95 
%, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari ayrim hollardagina umumiy ekinzorlarga ekish uchun ruxsat
etilishi mumkin.

O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari
amalga oshiradi.

Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik
yetishtirilayotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tashkil qiladi.

Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetishtirilishi maqsadga muvofiq.

O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori
bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sharoitda yetishtirilgan urug’lar boshqa mintaqa yoki
respublikadan keltirilgan urug’larga nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling