Dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi


Hosilni yig’ishtirish usuli


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana19.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1102699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshod 111

Hosilni yig’ishtirish usuli – urug’lik ekinzordagi o’simlikning va donning biologik holatiga bog’liq. Hosil ikki fazali usulda
yig’ishtirilganda, mum pishish fazasida, don namligi 36-20 %, bevosita kombayn bilan o’rib yanchib olinganda 18-14 % 
bo’ladi. Ikki fazali usulda don yig’ishtirilganda urug’ning hosildorlik sifati, hosil bevosita kombayn bilan
yig’ishtirilgandagiga nibatan yuqori bo’ladi.

Optimal muddatda o’rilganda bug’doy urug’ining laboratoriya unuvchanligi 95 %, pishib o’tib ketganda 84 % bo’lgan. 
Pishgandan keyin o’simlikda turib qolgan urug’larning hosildorlik sifatlari 2,1-3,1 s/ga kamaygan.

Asalarilarni jalb qilish raps, xantal, marjumak urug’ hosilini oshiradi va urug’larning sifatini yaxshilaydi.

Hosilni yig’ishtirishda donning mexanik jarohatlanishi kamligi yuqori hosilli ekinzor yig’ishtirilganda, donning 
maydalanishi esa juda doni qurib ketgan ekinzor hosilini yig’ishtirishda kuzatiladi.

Urug’larning ekinboplik sifatlarini hamma urug’lik partiyalarida aniqlash shart. Faqat ekinboplik sifatlari Davlat
standartlariga javob beradigan urug’larga ekish uchun ruxsat beriladi. Davlat standartlariga javob beradigan
urug’lar kondision urug’lar deyiladi.

Urug’lik partiyasi sifati o’rtacha namunani tahlil qilish natijasida aniqlanadi. O’rtacha namuna namunalarni tanlash usulida
olinadi va Davlat urug’lik inspeksiyasi (Davurug’markaz)da aniqlanadi.

Urug’lik partiyasi – turli miqdordagi urug’lik sifati bir xil (bir ekinni, navni, reproduksiyani, nav tozaligi kategoriyasidagi
bir yildagi hosilni, umumiy kelib chiqishi bir) nomerlangan va bitta hujjat bilan tasdiqlangan urug’lardir. Urug’lik partiyasi
katta bo’lsa sifatini aniqlash qulay bo’lishi uchun ular nazorat birliklariga bo’linadi va ularning har qaysisidan o’rtacha
namuna olinadi. G’alla ekinlarida nazorat birligi 60 t, o’t urug’larida 10 t qabul qilingan.




Foydalanilgan adabiyotlar :

Arxiv.uz

Wikipedia .uz

Google.uz

Ostanoqulov.”Seleksiya va urug‘chilik kitobi”

Lukov (Urug ‘chilik haqida tushuncha)


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling