Dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1102699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshod 111

uslublari – ekish materialining sifatini baholash uslublari. U alohida, mustaqil fan sifatida mavjud va o’simlikshunoslikka
yaqin turadi.



Urug’shunoslikda urug’larning ekishga bop-nobopligini bilish maqsadida tahlil qilishning maxsus uslublari mavjud va ular Davlat Standartlarida belgilangan. 
O’zbekistonda urug’lik sifatini nazorat qilishda Davlat Standartlaridan foydalaniladi. Urug’lar nazorati bo’yicha analizning usul-amallari, metodlarini ishlab
chiqish va standartlash ishlarini urug’lar nazorati bo’yicha xalqaro assosiasiya – ISTA olib boradi.

Ishlab chiqarishda dala ekinlarini ekish materiali asosan "urug’" va "meva" bo’ladi.

Urug’ – qo’shaloq otalanish natijasida hosil bo’lgan urug’kurtakdan hosil bo’ladi va u murtak, oziqa moddalar, urug’ po’stidan iborat. Meva urug’chi (onalik) 
tugunidan hosil bo’ladi. U bir yoki bir nechta urug’lardan iborat.

Donli ekinlarda don hosil bo’lish jarayoni 1870 yilda A. Novaskiy tomonidan o’rganilgan. Bug’doyda: sut, sariq (mum), to’la va pishib o’tgan fazalar
aniqlanadi. Don hosil bo’lishi uch bosqichga bo’linadi: shakllanish, to’lish va pishish.

Nafas olish. Namlik yuqori bo’lganda urug’lar qiziydi, mog’orlaydi, ekinboplik va tovar xossalarini yo’qotadi.

Urug’larning hosil yig’ishtirilgandan keyin pishib yetilishi. Hosilni yig’ishtirishdan to’la unuvchanlikkacha bo’lgan davr fiziologik yoki hosil
yig’ishtirilgandan keyingi pishish davri deyiladi. Bu ko’rsatkich o’simlikning turiga, naviga bog’liq.

Makkajo’xori va esparsetda bu davr juda qisqa – bir necha kun, bug’doy, arpa, tariq, kungaboqar, g’o’zada – 30-40 kun va undan ham uzoqroq bo’lishi mumkin. 
Urug’lar quritilib, oftobga yoyilsa hosilni yig’ishtirishdan keyingi pishish tezlashadi. Urug’lardagi bu xususiyat turni saqlab qolishdagi muhim ekologik
moslanishdir.

Urug’larning alohida tipdagi tinim davri – qattiq urug’ shaklidir. Bunday tinim davri dukkaklilarda ayniqsa, dukkakli o’tlarda kuzatiladi. Qattiq urug’ 
laboratoriya sharoitida o’stirilganda po’stini suv o’tkazmasligi tufayli bo’rtmaydi, hajmi kattalashmaydi. Havo quruq va issiq sharoitda pishgan urug’larda qattiq
urug’lar ko’p hosil bo’ladi, salqin, sernam havoda esa aksincha. Urug’lar po’stini jarohatlab ekishga tayyorlashga skarifikasiya deyiladi.

Dukkakli ekinlar urug’ining po’sti zich bo’lganligi uchun ular 100 yilgacha tirik saqlanishi mumkin. Bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, sholida bu ko’rsatkich 5-
10 yil, biologik tirikligi 15-30 yil davom etadi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling