Dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi
Ekish me’yori va usullari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilshod 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish muddatlari
- O’g’itlashda
Ekish me’yori va usullari bilan tup qalinligi boshqariladi. ekish me’yori oshirib borilishi bilan o’simlikning tuplanishi,
shoxlanishi, mahsuldorligi, 1000 urug’ massasi kamayadi, ammo hosildorlik ortishi mumkin. Bunday holda hosil asosan bosh poya hisobidan shakllanadi, donlar bir tekis bo’ladi. Siyrak ekinzorda (keng qatorlab, lentali) tuplanish kuchayadi, ikkinchi va navbatdagi poyalar hosil bo’ladi. Ularda don soni, 1000 urug’ massasi kam bo’ladi, ammo bitta o’simlikning mahsuldorligi ortadi. Eng sifatli urug’ maksimal hosil shakllanishigacha hosil bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerda gektariga 4 mln. unuvchan urug’ ekilganda, ekish me’yori 6,0 mln va 2 mln bo’lgandagiga nisbatan sifatli urug’ beradi, ammo maksimal hosil ekish me’yori 6,0 mln bo’lganda kuzatilgan. Bug’doy, oddiy qatorlab ekilganda tor qatorlab, keng qatorlab va sochib ekilgandagiga nisbatan hosildorlik hamda ekinboplik sifati yuqori hosil yetishtirilgan. Optimal ekish me’yori tovar don yetishtirishdagi me’yorga teng yoki undan 10-15 % kam bo’lishi maqbul ekanligi aniqlangan. Keng qatorlab ekish urug’ (yangi nav)ni ko’paytirishda qo’llaniladi. Ekish muddatlari ham urug’ sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. ekish muddati o’simlikning me’yorida rivojlanishi, qishlab chiqishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bahori ekinlar tuproq yetilishi bilan ertaroq ekilsa, kechki bahori ekinlar yer muzlash xavfi tugashi bilan ekiladi. O’g’itlashda o’simlik hamma oziqa elementlari bilan to’la ta’minlangan bo’lishi, yuqori sifatli urug’ yetishtirish kafolatlanishi zarur. Amaliyotning ko’rsatishicha azotli o’g’itlar hosildorlikni oshirsada don sifatini oshirmaydi (1000 urug’ massasi kamayadi, mayda, puch urug’lar ko’payadi). Fosforli o’g’itlar urug’ mahsuldorligini, urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini oshiradi, noqulay omillarga chidamliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kaliyli o’g’itlar o’simlikning yotib qolishga, kasalliklarga chidamliligini oshiradi, urug’da kraxmal to’planishini, ekinboplik sifatlarini yaxshilaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling