Dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi
Hosilni yig’ishtirish usuli
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Dilshod 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’larning ekinboplik
- Urug’lik partiyasi
Hosilni yig’ishtirish usuli – urug’lik ekinzordagi o’simlikning va donning biologik holatiga bog’liq. Hosil ikki fazali usulda
yig’ishtirilganda, mum pishish fazasida, don namligi 36-20 %, bevosita kombayn bilan o’rib yanchib olinganda 18-14 % bo’ladi. Ikki fazali usulda don yig’ishtirilganda urug’ning hosildorlik sifati, hosil bevosita kombayn bilan yig’ishtirilgandagiga nibatan yuqori bo’ladi. Optimal muddatda o’rilganda bug’doy urug’ining laboratoriya unuvchanligi 95 %, pishib o’tib ketganda 84 % bo’lgan. Pishgandan keyin o’simlikda turib qolgan urug’larning hosildorlik sifatlari 2,1-3,1 s/ga kamaygan. Asalarilarni jalb qilish raps, xantal, marjumak urug’ hosilini oshiradi va urug’larning sifatini yaxshilaydi. Hosilni yig’ishtirishda donning mexanik jarohatlanishi kamligi yuqori hosilli ekinzor yig’ishtirilganda, donning maydalanishi esa juda doni qurib ketgan ekinzor hosilini yig’ishtirishda kuzatiladi. Urug’larning ekinboplik sifatlarini hamma urug’lik partiyalarida aniqlash shart. Faqat ekinboplik sifatlari Davlat standartlariga javob beradigan urug’larga ekish uchun ruxsat beriladi. Davlat standartlariga javob beradigan urug’lar kondision urug’lar deyiladi. Urug’lik partiyasi sifati o’rtacha namunani tahlil qilish natijasida aniqlanadi. O’rtacha namuna namunalarni tanlash usulida olinadi va Davlat urug’lik inspeksiyasi (Davurug’markaz)da aniqlanadi. Urug’lik partiyasi – turli miqdordagi urug’lik sifati bir xil (bir ekinni, navni, reproduksiyani, nav tozaligi kategoriyasidagi bir yildagi hosilni, umumiy kelib chiqishi bir) nomerlangan va bitta hujjat bilan tasdiqlangan urug’lardir. Urug’lik partiyasi katta bo’lsa sifatini aniqlash qulay bo’lishi uchun ular nazorat birliklariga bo’linadi va ularning har qaysisidan o’rtacha namuna olinadi. G’alla ekinlarida nazorat birligi 60 t, o’t urug’larida 10 t qabul qilingan. Foydalanilgan adabiyotlar : Arxiv.uz Wikipedia .uz Google.uz Ostanoqulov.”Seleksiya va urug‘chilik kitobi” Lukov (Urug ‘chilik haqida tushuncha) Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling