Dorivor moddalarni terapevtik samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar Reja


Download 55.5 Kb.
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1792617
  1   2   3   4
Bog'liq
Dorivor moddalarni terapevtik samaradorligiga ta


Dorivor moddalarni terapevtik samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar
Reja:


1 .Dorilarni kimyoviy, biologik va terapevtik, ekvivalentligi haqida tushuncha.
2.Dori vositalarini biosamaradorligigata'sir etadigan omillar.
3.Dorilarni organizmga so’rilishiga va terapevtik ta'sirini belgilaydigan asosiy farmatsevtik omillar.
3.1.Dorilarni fizik holati
3.2.Dorilarni kimyoviy holati
3.3.Yordamchi moddalar
3.4.Dori turi va yuborish usullari
3.5.Dori turini tayyorlashda qo’llaniladigan texnologikjarayonlari

Biofarmatsiya fanini texnologiyaning nazariy asosi sifatida shakllanishiga asosiy sabab, dorilarni noekvivalentligidir.
Dorilarni kimyoviy ekvivalenti deb bir hil dori shaklida ishlab chiqarilayotgan dori turida ta'sir qiluvchi modda dozasini bir hil bo’lishiga aytiladi va bu dori turi tegishli farmakopeya, patent, texnik shartlar talabiga to’la javob beradi. Lekin turli hil usullarda tayyorlangan bo’lishi mumkin.
Biologik ekvivalenti deb, dorilarni shunday kimyoviy ekvivalentiga aytiladiki, ular dorini bir hil miqdorda qonga (biosuyuqlikka) so’rilishini ta'minlaydi. Bunda preparatni miqdori biosuyuqlikda aniqlanadi. Bir turdagi kasalliklarga bir hil ta'sir etadigan dorini kimyoviy ekvivalent miqdoriga terapevtik ekvivalent deyiladi. Terapevtik ekvivalenti o’lchov birligi kasalikka dori turi ta'sir etilganda organizmda bir hil o’zgarish paydo bo’lishi orqali belgilanadi. Dorilarni terapevtik ekvivalentini to’g’ridan-to’g’ri aniqlash murakkab muammo bo’lib, uzoq vaqt talab etadi. Bir qancha soha mutahassislari ishtirok etishi kerak, bir qancha omillami shu jumladan har bir organizmni o’ziga xos reaksiyasini hisobga olish lozim bo’ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda dorilarni terapevtik ekvivalentini aniqlash o’rniga ularni biosamaradorligini aniqlaydilar, bu dorilarni biologik ekvivalentini aniqlash demakdir. Hozirgi vaqtda har qanday preparatni biosamaradorligini qisqa muddatda aniqlash imkoniyati mavjud. Dorini biosamaradorligini aniq bilish kasalni klinika sharoitida to’g’ri davolashni tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. Dorilarni kimyoviy ekvivalentini aniqlashga sabab bo’lgan omil ham dorilar ta'siriga noekvivalentlikni kelib chiqishi sabab bo’ladi, chunki bir hil dozadagi dori turi bir hil kasallikda qo’llanilganda har hil ta'sir ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, kimyoviy tarkibi bir hil bo’lgan dori preparati har hil terapevtik ta'sir ko’rsatadi. "Dorilarni terapevtik noekvivalentligi" ilmiy adabiyotlarda bir hil dozadagi, bir hil tarkibli dori preparatini har hil ta'sir qilishidir. Bu dori preparat har hil korxonalarda ishlab chiqarilgandir. Preparat farmakopeya talabiga to’la javob bersa -yu, lekin terapevtik ta'siri har hil bo’lsa "terapevtik noekvivalent" deyiladi. Bu yangilik klinikalarda 60-yillarda yaqqol ko’zga tashlana boshlandi. Bu yangilik odatdagi tasavvurga mutlaqo to’g’ri kelmay qoldi, chunki bir hil dozadagi bir hil dori turidagi ta'sir qiluvchi moddani miqdori, farmakopeya talabiga javob bersayu, (berilgan miqdordan maksimal chetlanish ±10% ruhsat etiladi) bu dori turini biologik ta'siri ham bir hil deb hisoblanar edi. Amalda esa terapevtik ta'siri bir hil bo’lmadi. 60-yillarda olib borilgan tadqiqotlar, dorilarni terapevtik noekvivalentligini sababi farmatsevtik omillar ekanligini ko’rsatdi. Dori turini tayyorlash jarayonida qo’llaniladigan tehnologik ishlov berish usulini o’zgartirish bilan dorilarni terapevtik ta'sirini o’zgarishi isbotlangan. Haqiqatdan ham dori turini analiz qiladigan ximik uchun farmatsevtik omillarni ahamiyati yo’q, chunki unga dori turidagi dori moddani miqdori MTX talabiga javob bersa bo’lgani. Ko’p yillar davomida farmatsevtik omillarni xisobga olmaslik terapevtik noekvivalentlikni kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Umiman dori turlaridan dorilarni organizmga so’rilishiga (absorbsiya) quyidagi omillar ta'sir etadi:
I.Biologik (fiziologik) omillar
II.Biokimyoviy omillar
III.Farmatsevtik omillar
Bulardan farmatsevt uchun eng asosiy hisoblanadigan ko’rsatkich farmatsevtik omillardir, chunki bu omilga provizor-texnolog bevosita ta'sir ko’rsatib dori turini biosamaradorligini oshirish imkoniyati bor. Farmatsevtik omillarga dorilarni fizik va kimyoviy holati (kristallik shakli, polimorfizm, maydalik darajasi va kimyoviy holati), dori turi va yuborish usullari, yordamchi moddalar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling