Dorivor o‘sim


Download 31.63 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi31.63 Kb.
#1626559
1   2   3   4
Bog'liq
3 mustaqil Dorivor o\' Ahmadjonov

2.Introduksiya
Introduksiya - (introductio - kirish, ko‘chirish ma’nosini bildiradi) biror o‘simlik turini ilgari o‘smagan joyga olib kelish yoki ko‘chirish demakdir. Masalan, Amerika qit’asidan Ovro‘pa va boshqa mamlakatlarga makkajo‘xori, kungaboqar, tamaki, kartoshka va boshqa ekinlar keltirilgan. Bizning Respublikamizda katta maydonlarda yetishtiralayotgan pomidor, bolg‘ar qalampiri, xitoy karami, gul karam, mevali ekinlardan xurmo va sitrus o‘simliklari ham introduksiya qilingan.
Biror iqlim sharoitida o‘sib-ungan o‘simlik turini iqlim sharoiti farq qiladigan boshqa hududga ko‘chirish va shu yangi sharoitga moslashtirishga iqlimlashtirish yoki akklimatizatsiya deyiladi. Iqlimlashtirish uchun mo‘ljallangan o‘simlik turi urug‘idan ko‘paytirilishi shart. Uning urug‘i iqlimlashtirish maqsadida ekilganida nihollarda irsiy o‘zgarish paydo bo‘lishi mumkin. Tanlash natijasida mahalliy sharoitga moslashgan o‘simliklar ajratib olinadi va ular keyinchalik vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi. Agar urug’lar sun’iy duragaylash yo‘li bilan ota – ona juftliklarini har tomonlama tahlil qilib olingan bo‘lsa, iqlimlashtirish natijalari tez va samarali bo‘ladi. Ma’lum bir iqlim sharoitida o‘sayotgan ko‘p yillik o‘simliklarni iqlim sharoitlari bir xil yoki yaqin bo‘lgan joylarga ko‘chirish naturalizatsiya deyiladi. Respublikamizda ekilayotgan xurmo va sitrus o‘simliklari bunga misol bo‘la oladi.
Respublikamizda ham mahalliy dorivor o‘simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko‘pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarildi. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabi imkon darajasida qondirildi.
Bu talab ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
-O‘zbekiston florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, zahiralari kamayib ketayotgan turlarni ko‘paytirish va madaniylashtirish;
-Chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va yetishtirish usullarini ishlab chiqib, plantatsiyalar barpo etish.
Amalga oshirilgan ilmiy va amaliy ishlar asosida tog‘, tog‘ oldi adirliklari va sug‘oriladigan maydonlarda dorivor o‘simliklar o‘stirish, ko‘paytirish va yetishtirish usullari ishlab chiqildi va ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarga tavsiyanomalar berildi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot va dori-darmon ishlab chiqarish tarmoqlarini davlat muhofazasiga olish to’g’risida»gi (1996) qarorida ta’kidlanganidek, mahalliy floraga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni asrash va ularni madaniy holda ko‘paytirish kerak.
Shuningdek, chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilishni amalga oshirish dolzarb muammodir.
Bu o‘z navbatida respublika farmatsevtika sanoatining chetdan xom-ashyoni sotib olish (import) muammosini xal etish bilan birga, zarur bo‘lganda xom- ashyoni chetga sotish (eksport) imkoniyatini yaratadi.
2000 yilda respublika farmatsevtika sanoati «O‘zfarmkonsern», O‘zbekiston Respublikasi Davlat fan va texnika qo‘mitasining №2 (11.03.2000 y.) qaroriga muvofiq, o‘z tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalarida tabiiy dorivor preparatlarni yaratish va ularni ko‘paytirishda kerakli xom-ashyoni mahalliy sharoitda yetishtirish sohasida ish boshladi.

Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling