Dorivor o‘sim


Download 31.63 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi31.63 Kb.
#1626559
1   2   3   4
Bog'liq
3 mustaqil Dorivor o\' Ahmadjonov

Introduksiya usullari.
Ekologik ta’rixiy (Ekologo-istoricheskiy metod) usul-Bu usulda introdutsent (o‘simliklar) ob’ekt tabiiy florasi tarixiy analiz qilish bo‘yicha o‘rganiladi va baxolanadi.
Ekologik genetik usul- Bu usulda introduksiya qilinadigan o‘simliklar ekologik sistema va kelib chiqish holati bo‘yicha o‘rganiladi.
Ekologik-introduksiya usuli- Bu usulda o‘simliklar introdkutsiya sharoitiningekologik omillarga bo‘lgan munasabatiga ko‘ra eksperimental tajribalar asosida o‘rganiladi va baholanadi.
Turkum kompleks (metod rodovoy kompleks) usuli- Bu kompleks usul bo‘lib, turkum doirasidagi o‘simlik turlar introduksiya sharoitida eksperimental asosida o‘rganiladi va baholash.
Introduksiya omillari (tabiiy va antropogen)-Introduksiya sharoitining tabiiy (iqlim, rel’ef, geologik, gidrogeologik, tuproq, tabiiy o‘simlik qoplamlari, shamol,hayvonot olami)omillari.

2. Dorivor o‘sim liklarni introduksiyasi:
-birinchidan dorivor o‘simliklarni O‘zbekiston iqlim va tuproq sharoitiga introduksiya qilish va introduksiya natijalari asosida O‘zbekiston iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan o‘simliklarni tanlash;
-ikkinchidan, introdutsent dorivor o‘simliklardan xom-ashyo manbai sifatida foydalanish va farmatsevtika sanoatini chet el florasiga mansub dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasi bilan ta’minlashdan iborat.
Shu maqsadda O‘zbekiston olimlari tomonidan dorivor o‘simliklarning introduksiyasi sohasida sug‘oriladigan, lalmi va sho’r yerlarida qator ilmiy izlanishlar amalga oshirildi (K.Xodjaev, Yu.Murdaxaev, B.To‘xtaev).
1970-1991 yillar davomida O‘zR FA Botanika institutida akademik Q.Z.Zokirov rahbarligida silliq shirinmiyaning sho‘r tuproqlarda biomeliorativ (o‘zlashtiruvchi) xususiyatlari aniqlandi. Shuningdek, o‘simlik vegetativ holda ko‘paytirilganda sho‘rlanishga o‘ta chidamli ekanligi, sho‘r tuproqlarda silliq shirinmiya va paxta almashlab ekilishi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
O‘zbekistonning iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklarning introduksiyasi, ularning bioekologik xususiyatlari, hosildorligi va xo‘jalik ahamiyati bo‘yicha ma’lumotlar mavjud (K.Xodjaev, Y.Murdaxaev, T.Safarov va b.q.). Ammo, sho‘r yerlarga dorivor o‘simliklarning kompleks ravishda introduksiyasi birinchi marta tadqiq qilindi.

Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling