Dorivor o‘sim


Download 31.63 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi31.63 Kb.
#1626559
1   2   3   4
Bog'liq
3 mustaqil Dorivor o\' Ahmadjonov

Introduksiya maqsadi: O‘zbekiston turli iqlim va tuproq sharoitlariga dorivor o‘simliklarni turlarni tanlash, o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularning ekin maydonlarini barpo etish va xom ashyo ba’zalarini yaratish.
Introduksiya vazifalari:
-dorivor o‘simliklarni turli iqlim sharoitlariga introduksiya qilish (bioekologik xususiyatlarini va rivojlanish ritmini o‘rganish);
-dorivor o‘simliklarning moslashish darajasini aniqlash va istiqbolli turlarini tanlash;
-dorivor o‘simliklar ekin maydonlarini yaratish;
-bioekologik xususiyatlarini aniqlash;
-dorivor o‘simliklarni introduksion tahlil qilish;
-dorivor o‘simliklarni introduksion baholash;
Nazariy va amaliy ahamiyati:
-O‘zbekiston iqlim va tupoq sharoitlariga introdutsentlarni chidamlilik darajasiga nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi.
-dorivor o‘simliklarni bioekologik xususiyatlarini o‘rganiladi.
-dorivor o‘simliklarniintroduksion tahlil qilish va introduksion baholanadi.
-introduksiya qilingan dorivor o‘simliklarning istiqbolli turlari tanlanadi va ishlab chiqarish uchun joriy etiladi.
Joriy qilinishi. Dorivor o‘simliklarni introduksiyasi ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklariga joriy etilgan. Xususan, Namangan viloyatida “Ibn Sino”, Qashqadaryo viloyatida “Qo‘shtol” dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun ixtisoslashgan xo‘jaliklari, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida “Dorivor o‘simliklar” MCHJ va “Zamona - Rano” xususiy korxonasi, Navoiy viloyatida “Jabbor” xususiy korxonasi, Buxoro viloyatida “Muhammad Al - Alizoda” xususiy korxonalaridir. Hozirgi vaqtda bu xo‘jaliklarda dorivor o‘simliklar ekilgan umumiy maydon 181 gektar ni tashkil etadi.
Introduksiya bosqichlari:
O‘simlik turlarining tabiiy sharoitlari va areallarini o‘rganish hamda ularni biologiyasi va ekologiyasini aniqlash.
Introduksiya uslublarini (usullarini) ishlab chiqish.
Chet el florasiga mansub va yo‘qolib hamda kamayib ketayotgan mahalliy istiqbolli dorivor o‘simlik turlarini yangi sharoitlarga introduksiya qilish, ko‘paytirish va ularni madaniy holda etishtirish.
O‘zbekiston florasiga mansub, yo‘qolib va kamayib borayotgan dorivor o‘simliklarni tabiiy sharoitlarga (reintroduksiya) qaytarish va tabiiy populyasiyani tiklash.

Nazorat savollari

  1. Introduksiya nima?

  2. Introduksiya maqsadi va vazifalari.

  3. Introduksiya usullari?



O’zbekiston Respublikasi Oliy va inovatsion texnologiyalar vazirligi
Guliston davlat universiteti

BIOLOGIYA (turlar bo’yicha)

MUSTAQIL ISH

Mavzu: O’zbekistonda dorivor o’simliklar introduksiyasining tarixi


Tayyorladi: Ahmadjonov N


Guliston -2023yil
Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling