Dorivor o`simlik xomashyolarini tayyorlash usullari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 294 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi294 Kb.
#1509169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dorivor o`simlik xomashyolarini tayyorlash usullari


Dorivor o`simlik xomashyolarini tayyorlash usullari
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Dorivor o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash ishini uyushtirish.
2.2.Dorivor o‘simliklar xom ashyosini yig‘ish.
2.3. Dorivor mahsulotlarni saqlash
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning zahirasi har qancha ko‘p bo‘lmasin, yildan-yilga ko‘payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simliklarni saqlab qolish uchun ularni yig‘ishni to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor o‘simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‘ish.
3. Yig‘ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‘ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‘natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashni o‘z vaqtida to‘g‘ri uyushtirish juda katta ahamiyatga ega. Dorivor o‘simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va tashkil qilinadi:
- ma’lum tuman buyicha dorivor o‘simliklarning tayyorlash rejasini bilish va uni tumanda yig‘ish mumkin bo‘lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan holda aniqlash;
- ro‘znoma va radio orqali xalq o‘rtasida qanday dorivor o‘simliklar qachon, qanday qilib, qaerda yig‘ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda topshirilishi lozimligi to‘g‘risida to‘liq axborot beradigan tegishli tushuntirish ishini olib borish;
- xuddi shu ko‘rsatilgan masalalarni to‘liq aks ettiradigan varaqalar chop ettirish va uni aholi ko‘p yig‘iladigan, hammaga yaxshi ko‘rinadigan erlarga osib qo‘yish;
- dorixona qoshida dorivor o‘simliklar tayyorlovchilar uchun qisqa muddatli o‘qish (tushuntirish) ni tashkil etish;
- dorivor o‘simliklar ko‘p o‘sadigan joyini va zahirasini aniqlash;
- dorivor mahsulotni yig‘iladigan erni aniqlash; dorivor mahsulot yig‘iladigan joyni tanlaganda iloji boricha transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan erdan olis bo‘lmasligini hisobga olish kerak. CHunki dorivor mahsulotlarni yig‘ishga ishdan bo‘sh bo‘lgan erli aholi, maktab o‘quvchilari va pensionerlar jalb etiladi;
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish;
- yig‘ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. Agarda mahsulotni yig‘ilgan joyida quritishni iloji bo‘lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan erga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish.
Dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli tashkilotlar tasdiqlagan qat’iy reja bo‘yicha olib boriladi.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling