Dorivor oʻsimliklar
Download 120.86 Kb.
|
Dorivor o\'simliklar
Salqinsevar o'simlik
Dorivor o'simliklar xomashyo bazasini shakllantirish avvalo, ularning yangi turlarini aniqlash, dunyoda tarqalgan shifobaxsh giyohlarni o'rganish hamda yurtimiz sharoitiga moslashtirishdan boshlanadi. Olimlarimiz bu borada uzoq yillardan buyon ilmiy va amaliy tajribalar olib boradi. Ammo o'simliklarni madaniylashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish ishlari so'nggi yillardagina faollashdi. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud bo'lib, shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 dan ziyod o'simlik turlarigina ilmiy va xalq tabobatida qo'llaniladi. Oxirgi yillarda bu raqamlar sezilarli o'sib boryapti. Mutaxassislar inson salomatligi uchun foydali va farmatsevtikada qo'llash mumkin bo'lgan ko'plab dorivor o'simliklarni o'rganib, yurtimiz sharoitiga moslashtirish ishlarini olib boryapti. O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashida ham yangi turdagi dorivor o'simliklar tajriba maydonlarida o'stirilmoqda. Shulardan biri dunyo bozorida “tugma” nomi bilan tanilgan qimmatbaho perilla dorivor o'simligidir. Perilla salqinga chidamli, zax joylarda yaxshi o'sgani bois, bog' va tokzorlar orasiga ekish tavsiya etilyapti. Asosiysi, uning parvarishi boshqa ekinlarga ziyon yetkazmaydi. Odatda, tokzorlar orasi salqin bo'lgani uchun u yerda mahsulot yetishtirish oson emas. Xalqimiz bunday erlarda asosan “to'qsonbosti” usulida sabzavot ekinlari, chorva mollari uchun yem-xashak o'stiradi. Undan olinadigan hosil kam bo'lib, ko'pincha xonadon ehtiyojidan ortmaydi, daromad ham u qadar yuqori emas. Bordiyu, bu joylarda perilla dorivor o'simligi etishtirilsa, bir necha barobar ko'p daromad olish mumkin. Sababi, perilla dunyoda asosan foydali yog'i uchun ekilib, ko'paytiriladi. Ammo jahon bozorida o'simlikning bargi va poyasiga ham talab katta. Perillaning yog'i farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llanilsa, ustki barglari kosmetologiyada, yog' miqdori yuqori bo'lgan barg va poyalari esa uzoq yonuvchan briket tarzida, pichan holatida chorva mollari uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Qolaversa, perilla tarkibi organizm va salomatlik uchun muhim bo'lgan to'yinmagan “omega” yog'lariga boy. SHu bois, u zamonaviy tibbiyotda yurak-qon tomir, bronxit, asab va boshqa ko'plab kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Tarkibidagi yog' inson organizmidagi xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega bo'lib, qandli diabetda foyda beradi. O'simlik yog'i SHarq oshxonasida ham sevib iste'mol qilinadi. SHu bois, uning xaridorlari ko'p. Birgina Xitoy davlatining ushbu o'simlikka bo'lgan yillik talabi 50 ming tonnadan ziyod. Download 120.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling