Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari mustaqil ish bajardi: faysullayeva sevinch tekshirdi: turayeva s. S mavzu


Download 0.67 Mb.
bet2/5
Sana22.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1715528
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU FARM TEX

2.DAVLAT FARMAKOPEYSINI TARIXI.
Qadimgi Mesopatamiya. Eramizdan 4 - 6 ming yil avval
Mesopatamiya dori tayyorlash ishlari bilan dindorlaming yuqori tabaqali vakillari shug'uUanganlar. Ko'z tegishga qarshi tumorlar ham davolash ishlarida muhim rol o'ynagan. Dastlabki manbalar Nipurda topilgan bo'lib, ular eramizdan avvalgi III ming yillikka tegishlidir, topilgan
manbalarda 15 taga yaqin retsept yozuvlari bo'lgan.
Qadimgi Misr.(e.a. 300-332-yy.) Qadimgi Misrda "Farmatsiya" so'zi birinchilardan qo'llanilgan bo'lib, "Farmaki" - davolovchi,himoya qiluvchi, og'riq qoldiruvchi ma'nolami bildiradi. E.a. 1550-yillarda Misrda "Tananing barcha a'zolari uchun dorilar tayyorlash" kitobi yozilgan bo'lib, keyinchalik "Ebers papirusi" deb nomlangan. Kitobda 900 tadan ortiq retseptlar bo'lib, damlama, qaynatma, liniment, xab dori, shamchalar va boshqa dori shakllari keltirilgan. Papiruslarda keltirilgan yozuvlarda hayvon, o'simlik mahsulotlardan olingan dori retseptlari keltirilgan. Qadimgi misrliklar fikricha yovuz ruhlar iste'mol mahsulotlariga kirib olib, insonlami kasallantirgan. Shuning uchun o'sha davrlarda siydik haydovchi, ich suruvchi, terlatuvchi va tozalovchi muolajalar keng tarqalgan. Surtmalar uchun asoslar asosan hayvon yog'laridan olingan. Masalan, lanolin olish texnologiyasi quyidagicha bo'lgan: qo'y junidan olingan lanolin oldin yaxshilab qaynatilgan, dengiz suvi aralashmasida yaxshilab yuvilgan ekan, suyuqlik filtrlanib quyoshda quritilgan ekan. Moylar zaytun, bodom va boshqa yong'oqlardan olingan. Efrr moylami es gullardan moylar yordamida ajratib olingan. Masalan, atirgul moyi
olish texnologiyasi. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Tibet farmatsiyasi ( e.a.2500-700-yillar). Bu davlatlar farmatsiyasi rivojlanishi ham qadimgi Misrdagidek
bo'lib, Xitoyda hayvon a'zolarining dori moddalari olish keng tarqalgan.E.a. IOOO-yillarda Xitoyda chechakka qarshi emlash ishlari boshlangan, Yevropada esa bu jarayon XVIII asrga kelib rivojlana boshlagan.
4 E.a. XV-XI asrlarda Xitoyda eng qadimgi farmakopeyada
"Shen' -Nuna o'simliklar va ularning ildizlari haqida traktat" (TpaKTaT OKOPHHX TpaBax IlleHb-HYHa) kitobida kelib Chiqishi o'simlik, hayvon va mineral bo'lgan 365 ta vosita haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Keyinchalik xitoylar tomonidan 7 tomdan iborat bo'lgan farmakopeya tuzildi. Unda 70 xildan ortiq dorivor o'simliklar, hayvonlar va turli xususiyatli moddalar (kamfora, oltingugurt, simob va boshqalar) haqida
ma'lumotlar keltirilgan.
Sharq tabobatida asosan o'simliklardan foydalanib davolash ishlari olib borilgan. Surtmalarga asos sifatida asal, hayvon yog'lari, quyultirilgan sharbatlar ishlatilgan.
Qadimgi Rim (e.a. 753-476-yy). Qadimgi Rim oIimlari tibbiyotni rivojlantirishda 900 xii dori moddalari "Dori moddalar haqida"(O JIeKapCTBeHHbIX cpe.ucTB) keltirilgan. Korneliy Sel's tuzgan "San'at" (l1cKycTBa) ensiklopediyasida Gippokratdan so'ng tibbiyot 3 ga
bo'lingani haqida ma'lumot keltirilgan:
1. Hayot tarzi bilan davolaydi - parxez yo'li bilan.
2. Dori moddasi bilan davolaydi - farmatsevtik yo'l bilan.
3. Xirurgik yo'l bilan davolaydi - jarrohlik yo'li bilan.
Klavdiy Galen (120 - 201-yy) - o'zining dorixonasi bo'lib, uni "ustaxona "officina" zavod. Laborotoriya" deb yuritgan. Galen birinchilar qatorida kukun, xab dori, kulchalar, sovunlar, surtma, yig'malar, damlama, qaynatma va xantallar haqida yozma ma'lumot
qoldirgan. Galen yaratgan ta'limot uning vafotidan so'ng ham XV asr davomida keng qo'llanib keldi.
Arab farmatsiyasi 840 yil arab farmakopeyasini "Qarabadin" kitobini yaratishdi, bu kitob qonuniy asar bo'lib, unda keltirilgan dori turlari tarkibi va texnologiyasiga amal qilgan holda dorilar tayyorlanishi
shart edi. Erarnizning VII I asrida arab mamlakatlarida tibbiyotdan farmatsiyani ajralib chiqishi kuzatildi. Efir moylari olinish usullari takornillashtirildi, ko'pgina kimyoviy birikmalar formulasi ishlab chiqildi
va birinchilar qatorida amaliyotga hayvonlarda dori moddalarni sinashni kiritdilar. IV - XVI asrlarda farmatsiya alkimyo bilan chambars bog'liq holda rivojlandi, alkimyogarlar suv hammomi, suv va spirt haydovchi vositalar, eritish jarayonining to'liq tasviri, distilatsiya, sublimatsiya, koagulatsiya hodisalari, ular azot, xlorid kislotasi, etanol va oxak olish usullari haqida ma'lumotlar qoldirganlar.
Avesto - (Aves - e'tiqod, ishonch ma'nosida) - miloddan oldin birinchi ming yillikning birinchi yarmida Zardusht payg'ambar tomonidan yozilgan bo'lib, O'rta Osiyo xalqlari hayoti to'g'risidagi birinchi yozma bayonlar keltirilgan qutlug' kitobdir. Tarixiy dalillarga ko'ra O'zbekiston xalqIari tabobat bilan shugullanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshIanish davriga to'g'ri keladi. Bu davrga kelib, qon ketishini to'xtatish, yarani berkitib davolash, yallig'Ianishlarni ochib davolash, chiqqan a'zolarni joyiga solish, dorivor o'tlarni qo'llash, ya'ni ularning og'riq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatiarini bilib foydalanganiar. Ularni chaynab yoki suvda bo'ktirib iste'mol qilishgan. Sharqshunos olim Baxromiyning ta'kidlashicha, «Avesto"da mingdan ziyod dorivor o'simliklar, giyohlar ro'yxati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo'llari ko'rsatilgan. Dorilar ko'pincha shira, barg, gul, meva, don, buta, giyoh ildizi va shirasidan, za'faron, kunjut, ko'knori, xazaraspand, zira, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do'lana kabi giyoh va o'simliklardan tayyorlangan. «Oq Xum» barcha dorivor giyohlarning shoxi hisoblangan.
Tashrik paytida sharobchi qum hamda nasha shirasi qo'shib, oq xum qilishda foydalanilgan. "Avesto"dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rum, yunon va arab tabobatlaridan ko'hnaroq va uzoqroq tarixga ega ekanligini ko'rsatdi. Undagi tibbiy ma'lumot ko'proq "Vendidodi"ning tUTli boblarida uchraydi.
"Avesto"dagi muhit tozaligini saqlash, kasalliklarning oldini olish vositalari haqidagi mulohazalar, sterilizatsiya va mikroblarga qarshi kurashish usullari hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Dorilarni dozalarga bo'lishda aniq o'lchamga kelinmagan bo'lib, unda "kiyik tovoniga teng yoki ko'zi suyagi barobarida, uch barmoq bilan ushlanadigan qismda" kabi iboralar qo'llanilgan.
Ba'zi bir keltirilgan tarkibdagi aralashmalami biron-bir dori shakliga o'xshatish qiyin. Shunisi ajablanarliki ko'p dori ashyosi sifatida qo'llaniladigan manbalar - asal, sharob, o'simlik sharbatlari, moy va shu kabilar dori preparati sifatida ko'rsatilgan. Qattiq dori shaklida keltirilgan elaki dori, xab dorilami tayyorlash usullari berilgan.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling