Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari mustaqil ish bajardi: faysullayeva sevinch tekshirdi: turayeva s. S mavzu


DORI TURLARI TEXNOLOGIYASIDA QO’LLANILADIGAN TERMINLAR


Download 0.67 Mb.
bet4/5
Sana22.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1715528
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU FARM TEX

4.DORI TURLARI TEXNOLOGIYASIDA QO’LLANILADIGAN TERMINLAR.

Dori deganda bir va bir necha dori moddasidan tashkil topgan aralashmani dori shakliga keitirilgan holati tushuniladi.


Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan dori preparatlari hozirgi kunda juda ko'p va xiIma-xildir. Viar tabiatiga ko'ra yo biron bir kimyoviy modda yoki bir necha moddalar aralashmasidan tashkil topgan yig'indi preparatiari bo'lishi mumkin.
Birinchi turdagi moddalar ko'pincha sintez yo'Ii bilan oIinadigan dorivor moddalar bo'lib, ular oddiy yoki murakkab sintez natijasida olinadi.
Tabiatda uchraydigan dorivor o'simliklar (alkaloidlar, glikozidlar va boshqalar), yoki hayvonot olamidan (adrenalin, insulin, pepsin) ajratib olinadigan farmakologik faol moddalar ham shu guruhga kiradi. Tabiiy antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, gramitsidin) ham shu guruhni to'ldiradi.
Ikkinchi guruh preparatlari ham juda ko'p bo'lib, ular yig'indi preparatlar deb ham yuritiladi. Bularga asosan dorivor o'simliklar xomashyosidan ma'lum usullarda ajratib olinadigan, har xiI kimyoviy tabiatga ega bo'lgan farmakologik faol moddalar saqlovchi ajratmalar
galen preparatlari (ekstraktlar, tindirmalar, sharbatlar, xushbo'y suvlar va shunga o'xshashlar) kiradi.
Mana shu yuqorida keltirilgan ajratmalar ma'lum usulda
tozalanib, ayrim keraksiz komponentlardan holi etilgan bo'lsa, bu guruhdagi ajratmalar alohida ahamiyatga ega bo'lib, ularni novogalen preparatlari deb yuritiladi.
Dori moddalari va dori preparatlarining dozasi, qo'llash usuli (og'iz orqali, qon tomirga, yo'g'on ichakka), agregat holati (gazsimon, suyuqlik, qattiq modda), dispers sistemaning turi hisobga olingan holda berilgan geometrik shaklga dori shakli deyiladi.
Dori moddasining ta'siri tez, oson, mukammal holatga ega bo'lgan, iste'mol uchun eng qulay shaklga keltirilgan ko'rinishiga dori preparati yoki dori deyiladi. Shunday qilib, dori deganda bir yoki bir necha dori moddasidan tashkil topgan va ma'lum bir shaklga keltirilgan holati tushuniladi.
Dori preparatlarining shakli uning ta'sir darajasi bilan bog'liq omil hisoblanadi, ya'ni dori preparatlariga fizik-kimyoviy xossalari, uning ta'sir doirasi hisobga olinmay shakl berilsa, bunday dori ta'sir ko'rsatmaydi yoki kam ta'sir qiladi. Natijada dori preparati kasalga hech qanday naf bermay, bekorga sarflangan bo'ladi.
Iste'mol tovarlari ichida dori alohida o'rin egallashini eslatib o'tish kerak. Dori iste'molchi tomonidan sifatini aniqlash mumkin bo'lmagan tovar hisoblanadi. Bu narsa shu dorishunoslik sohasida ishlaydigan har bir shaxsga va ayniqsa dori texnologiyasi bilan shug'ullanadigan texnologlarga alohida mas'uliyat yuklaydi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling