Dorixona sharoitida dori ishlab chiqarish qoidalari mustaqil ish bajardi: faysullayeva sevinch tekshirdi: turayeva s. S mavzu


Download 0.67 Mb.
bet1/5
Sana22.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1715528
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU FARM TEX


Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti

1-MAVZU: DAVLAT FARMAKOPEYASI.TARIXI.TUZULISHI.
DORI TURLARI TEXNOLOGIYASIDA QO’LLANILADIGAN TERMINLAR.DORIXONA SHAROITIDA DORI ISHLAB CHIQARISH QOIDALARI

MUSTAQIL ISH

BAJARDI:FAYSULLAYEVA SEVINCH


TEKSHIRDI:TURAYEVA S.S

MAVZU:
DAVLAT FARMAKOPEYASI.TARIXI.TUZULISHI.DORI TURLARI TEXNOLOGIYASIDA QO’LLANILADIGAN TERMINLAR.DORIXONA SHAROITIDA DORI ISHLAB CHIQARISH QOIDALARI.
REJASI:
1.DAVLAT FARMAKOPEYASI.
2.DAVLAT FARMAKOPEYSINI TARIXI.
3.DAVLAT FARMAKOPEYASINI TUZULISHI.
4.DORI TURLARI TEXNOLOGIYASIDA QO’LLANILADIGAN TERMINLAR.
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.DAVLAT FARMAKOPEYASI.
Davlat farmakopeyasi (D F) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va ko'rsatmalarining yig'indisini o'z ichiga oladi. DF dori va dorivor moddalarga aloqasi bo'lgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga ega.
DF ning ko'rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir.
Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda D F asosiy qo'llanma hisoblanadi.
Farmokopeya - grekcha pharmason - dori yoki zahar, poeio - tayyorlash demakdir.
Farmakopeya - katta ahamiyatga ega bo'lgan dorivor moddalar sifatini nazorat qilish va ayrim dori turlarini tayyorlash qoidalarini
o'z ichiga oladi. X va XI DF ning chiqarilishi, ilg'or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xomashyolami, dori moddalari va dorilami o'rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga bo'lgan talabni oshirish,
preparatlarni nazorat qilishda yangi usullaming ishlab chiqarilishi yo'lida olib borilgan ishlaming yorqin samarasidir.
Manuallar (lotincha Manuale - qo'llanma) farmakopeyaga kiritilmagan turti dorilami va tibbiyotda qo'llaniladigan bir qancha moddalami o'z ichiga oladi. Manuallarda, bundan tashqari, dorilami tayyorlash va qo'llanish usullari ham qisqacha bayon etiladi. Farmakopeya va manualdan tashqari, farmatsiyaga oid bir qancha adabiyotlar: ma'lumotnoma, axborotnoma va farmatsevtik jurnallar nashr etiladi.Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 227-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri, birinchi jildi tasdiqlandi. Davlatimiz rahbariyati tomonidan aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalariga alohida eʼtibor berib kelinayotgan bo‘lib, bunda shubhasiz, dori vositalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy farmatsevtika sohasini jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganligi - farmatsevtika korxonalari soni va salmog‘ini oshib borayotganligi, yangi original dori vositalarini yaratilib, amaliyotga joriy etilishi, dori vositalari muomalasining boshqaruv tizimining takomillashtirilishi va sifat nazoratini kuchaytirilishi va qator boshqa muammoli masalalarni hal etilishida o‘z aksini topmoqda. Dori vositalarining sifati belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlangan standartlar talablariga mosligi bilan baholanadi va u dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etish, saqlash, tashish va belgilangan usulda qo‘llash jarayonlari ketma-ketligi majmuasida amalga oshirib boriladi. Yevropa farmakopeyasi zamonaviy dori vositalari va tibbiyot buyumlarni sifat nazorati usullarini o‘zida maksimal jamlagan hududiy farmakopeyadir. Yevropa farmakopeyasi bugungi kunda 38 ta davlatlarda, shu jumladan Yevropa hamjamiyati mamlakatlari tomonidan qabul qilingan, qolaversa uning asosiy monografiyalari 100 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilib kelinadi. Yevropa farmakopeyasining diqqatga sazovor yana bir jihati, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “Pharmacopeial Discussion Group” (PDG) – Farmakopeya diskussiya guruhi tashkil etilgan bo‘lib, u Yevropa, AQSH va Yaponiya farmakopeyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish vazifasi bilan shug‘ullanib kelinayotganligidadir. Bu esa o‘z navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqishdi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling