Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari


TOZA XONALARDAGI XARAKATLAR


Download 28.07 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1109008
1   2   3   4
Bog'liq
Dorixona sanitariya qoidalari.

TOZA XONALARDAGI XARAKATLAR

Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak.


Bunda shuni unutmaslik kerakki, toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-
chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan asosiy mezon – toza xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik.
Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik
lozim. Bu ikki sabab bilan belgilanadi: tez harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi

tezlashadi; tez harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning tarqalishiga olib


keladi. Keraksiz harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan
harakatlarni bajarish zarur. Ba‘zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana
qismlarini ishqalash, imo-ishoralarni ko’p takrorlash odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l
qo’yilmaydi. Zararli odatlardan holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga kiritilmasligi
kerak. Toza zonada ovqatlanish, suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish
taqiqlanadi. Tegishlicha, xonaga ovqat mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni,
dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni, qog’ozlarni va texnologik jarayonda nazarda
tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini va h. k. larni olib kirish man etiladi.
Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish
zarur. Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar
og’izdan iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va
uskunalarga suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish
taqiqlanadi. Bir yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur.
Unutmaslik kerakki, agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib
qolsa, ishchi zonasi albatta ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan
bo’lsa, o’sha tomonga iflosliklar ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati
tug’ilganda unga shunchalik yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda
gapirayotganda og’izdan ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi.
Agar aksa urish yoki yo’talish ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli
qo’llar bilan og’izni berkitish va keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki
yo’talish takrorlanaversa, toza xonani tark etish va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak.
Toza xonada ish uchun zarur bo’lmagan buyumlarni qoldirmaslik zarur. Asbob-uskunalar
ishidagi har qanday nosozliklar va yo’riqnomalarda belgilangan talablardan har qanday
og’ishlar haqida rahbarga xabar berish lozim.
Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling