Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari


kirish oldida almashtirilishi kerak


Download 28.07 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1109008
1   2   3   4
Bog'liq
Dorixona sanitariya qoidalari.

kirish oldida almashtirilishi kerak

Shu erning o‘zida Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak eritmasi solingan ikkita sirli tog‘arachada qo‘l zararsizlantiriladi. Qo‘lni dokali salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‘ng ikkinchi tog‘arachada zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‘aradagi suv xira bo‘lsa zararsizlantirishni yana takrorlash lozim. Qo‘l yuvilganidan so‘ng quruq steril sochiq, so‘ng 3-5 daqiqa 70% li etil spirti bilan artiladi. Bu omillarni oldini olish uchun avvalam bor ish joyini to‘g‘ri jihozlash, kompleks va kichiq mexanizatsiyalangan texnologik va organizatsion muhit ta‘minlanishini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‘g‘ri turishga majbur qilmaydigan qilib tanlanishi kerak. 

Ishda qo‘llaniladigan jihozlar va bo‘ylumlar stol ustida qulay va ratsional joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‘ng qo‘lda olinadigan barcha narsalar (taroz toshlari, ruchka va boshqalar) o‘ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda taroz, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. Stol va stul konstruktsiyasiorganizmning fiziologik holatiga mos kelishi va ishlashga qulay bo‘lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli dori shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‘ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va boshqa jarayonlarni qo‘l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‘liq taqiqlash kerak. 


TOZA XONALARGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Umumiy holatlar Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam
saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan foydalanish
tartibi ISO 14644-5 ―Toza xonalar va ular bilan bog’liq nazorat qilinadigan muhitlar. 5 -qism.
Ekspluatatsiya‖ standarida belgilangan. Toza xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha
ishlarni bajarish tartibini belgilab olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish
kerak: qanday ish bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish
texnologiyasi), ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h. k. lar
ro’yxati), qanday hujjatlar bo’yicha ishlanadi (yo’riqnomalar va h. k. ).
Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda tegishli
tayyorgarligi bo’lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan xodimlar ishlasa, loyiha
eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo’lsa ham toza xonadan foydalanish ko’zlangan
maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan mablag’lar zoye ketadi.
Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik toza
xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali tartibda xavf
omillari ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va iflosliklarni aniqlash bo’yicha harakatlarni
belgilab olish kerak.



Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling