Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari


5.Hojatxona (qo'l yuvish uchun rakovina bilan)


Download 23.38 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1396800
1   2   3   4
Bog'liq
Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari

4

5.Hojatxona (qo'l yuvish uchun rakovina bilan)

4

Jami

34

Xonalarning pol va devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ho'l lattada artib tozalanishi, oynalarni esa yoz kunlari quyoshdan saqlovchi parda yoki pardaning o'rnini bosuvchi quyoshdan himoyalovchi buyumlar bilan jihozlanishi, oynalardagi darchalar unga tutilgan mayda to'qilgan to'r tutish bilan birga, ochilib-yopiladigan bo'lishi kerak.
Dorixonaning isitish tizimi mavjud bo'lib, ko'p qavatli binolarda joylashgan holatlarda markazlashtirilgan isitish sistemasiga ulangan bo'lishi kerak. Isituvchi radiatorlarni iloji bo'lsa, ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo'lishi kerak.
San PiN №0078-98 asosida esa umumiy tipdagi dorixonalar va shifoxona dorixonalari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, unda dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga, dorixonadagi ishlab chiqaruvchi asbob-anjomlar va dorixona uskunalariga qo'yiladigan talab ham ko'rsatilgandir. Bu me'yor va talablarga respublika hududida joylashgan hamma dorixonalar, ularning mulkchilik shakli va kimga tegishliligidan qat'i nazar bu talablarga rioya qilishlari shart.
Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari hamda ularning hajm me'yorlari va jihozlanishi San PiN № 0078-98 bo'yicha beriladi.


Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi

Bajarayotgan ish hajmiga qarab, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, dorixonada o'z imkoniyatlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda belgilangan me'yorlar doirasida dorixona hamda uning bo'limlari tashkil etiladi.


Tayyor dorilar bilan savdo qiladigan dorixonalarda, odatda, alohida bo'limlar tashkil qilinmaydi. Boshqa ko'pchilik dorixonalarda ikki bo'lim: retseptura ishlab chiqarish va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalarining bo'limlari tashkil etiladi. Hozirgi kunda eng katta dorixonalarda 4 ta bo'lim bo'lishi qayd etiladi. Sobiq Ittifoq davrida va hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida bu dorixonalarni 1-guruh dorixonalari deb yuritiladi va yuqorida qayd etilgan bo'limlardan tashqari, ularda yana bir necha bo'limlar bo'lishi mumkin. Bizning respublikamizda ham yuqorida qayd etilgan 4 ta bo'limdan, ya'ni retseptura ishlab chiqarish bo'limi, retsept bilan beriladigan tayyor dorilar bo'limi, g'amlamalar bo'limi va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo'limlari mavjud bo'lgan dorixonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin bu bo'limlar soni cheklanadi degan gap emas, dorixonada yana boshqa bo'limlarni ham ochish mumkin. Masalan, sanitariya-gigiyena bo'limi, ko'zoynaklar bo'limi, gomeopatik dorilar bo'limi, fitobar va boshq. Bu bo'limlarni boshliqlar va ularning yordamchilari boshqaradi. Bo'lim boshliqlari va ularning yordamchilari asosan, oliy ma'lumotli farmatsevtlar bo'ladi. Lekin sanitariya-gigiyena bo'limi, ko'zoynaklar, fitobarlarda bo'lim boshliqlari va ularning yordamchilari lavozimlarida o'rta maxsus ma'lumotli farmatsevt assistentlar ishlashlariga ruxsat etiladi. Har bir bo'lim o'zining tegishli vazifalarini bajaradi. Retseptura ishlab chiqarish bo'limi aholidan yakka tartibdagi ambulatoriya retseptlari va davolash-profilaktika muassasalarining talabnomalari asosida ekstemporal yoki tayyor dori vositalarini aholiga tayyorlab berish, sifatini nazorat qilib, ichish va saqlash tartibqoidalarini ularga tushuntirib berish bilan shug'ullanadilar. Zarur bo'lib qolgan taqdirda, dorixona mutaxassislari aholiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadilar. G'amlamalar bo'limi esa dori vositalariga, tibbiy va boshqa bemorlarni parvarish qilish buyumlariga buyurtma-talabnomalar yozib, dorixona ta'minotchilariga: farmatsevtika korxonalariga yoki ulgurji dorixona muassasalariga, firma va ishlab chiqarish birlashmalariga jo'natadilar. Shuningdek, bo'lim mutaxassislari doimiy ravishda dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlarga bo'lgan ehtiyojni o'rganib, aniqlab boradilar. Bo'limda dori vositalarini tegishli tartibda saqlash, dorixonaning boshqa bo'limlariga dori vositalarini berish, shuningdek, shu bo'limda tez-tez, takrorlanib turadigan retseptlar asosida dorixona yarim fabrikat va standartlarni tayyorlash bilan ham shug'ullangan holda ularni tegishli tartibda sifati nazorat qilinib, laboratoriya-qadoqlash ishlarini amalga oshiradi.
Tayyor dorilar bo'limi esa aholidan va davolash-profilaktika muassasalaridan tayyor dorilarga kelib tushgan retseptlar asosida, farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalaridan keltirilgan dori vositalarini retsept asosida berish bilan shug'ullanadi. Bu bo'limda asosan, oliy ma'lumotli farmatsevtlar faoliyat ko'rsatadi.
Retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo'limida O'zbekiston Respublikasi SSV tomonidan retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalari sanitariya-gigiyena va tibbiy buyumlari, yosh bolalar maxsus ovqatlari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatadigan boshqa buyumlar sotish bilan ham shug'ullanadilar. Ayrim dorixonalar bemorlarga kislorod yostiqlarini berish bilan ham shug'ullanadi.

Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling