Dramatik tur va uning janr xususiyatlari. Reja


Download 74.21 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi74.21 Kb.
#1538884
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dramatik tur


Dramatik tur va uning janr xususiyatlari.


Reja:

Kirish.


  1. Teragediya, komediya, drama janrlari

  2. Melodrama, monodrama, intermediya, libretto

3.Dramatik turning o`ziga xos xususiyatlari.
4.Drama va teatr, dramatik asar va uning sahna talqini.
5.Dramatik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari.
6.Dramatik janrlar haqida.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Dramatik turda hayot va insonlar o’rtasidagi munosabatlar ifodasi tomoshabin ko’z o’ngida, muayyan sahna vaqti ichida harakatda sodir bo’ladi, shu sabab unda so’z va sahna san’ati birlashadi, birbutunlik kasb etadi.
Faqat harakat jarayonidagi g’oyalar kurashi aniq, yorqin, keskin, tomoshabinni larzaga soladigan tarzda ifodalanadi; bu o’z navbatida hayot qa’ridagi va inson ruhiyatidagi dramatik ziddiyatdan kelib chiqadi. Bu ziddiyatning turli-tuman xarakteri, ya’ni dramatizmga to’liq voqea-hodisalar va xarakterlarning ko’p qirraligi ko’plab dramatik janrlar(ularning hammasini “pyesa”- “birbutun”, “ulush”deb yuritish odati ham hayot)ning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Ular quyidagilar: tragediya, komediya, drama, tragikomediya, melodrama, insenirovka, intermediya, monodrama va sh.k.
A. Dramaning asosiy janrlari
Tragediya(yun. Tragos – echki(taka), ado - qo’shiq)da asosan ilohiy kuchlar va mifologik qahramonlar o’rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, qo’mondonlar, dohiylar, yo’lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan.
Tragediya janrining xususiyatlari ham V.Belinskiy tomonidan yetarli asoslangandir. Ular quyidagichadir:
1. “Tragediyaning mohiyati... qalbning tabiiy jarayoni, maylning axloqiy burch yoki daf qilinmas bir to’siqlik bilan to’qnashuvidir... tragediya – qayg’uli tamosha! Agarda qon, o’liklar, xanjar, zahar tragediyaning odatdagi sifatlari bo’lmasa ham, lekin uning oqibati harvaqt qalbning eng qimmatli umidlarining yemirilishi, butun bir hayot saodatining yo’qolivudir. Uning qora ulug’vorligi, uning buyuk azamatligi shundan kelib chiqadi: unda taqdir kuchi hukm suradi, uning mohiyati, asosi taqdir kuchidir”.
2. Tragediya “asosida buyuk haqiqat, yuksak donolik yotadi. Kurashda o’lgan yoki g’alabada halok bo’lgan qahramonga biz chuqur qayg’uramiz. Lekin bu kurashsiz, bu halokatsiz u qahramon bo’lmasligini, o’z shaxsiyati bilan abadiy substansial kuchlarni, jahonni va o’zgarmas borliq qonunlarni amalga oshira olmasligini bilamiz”.
3. “Buyuk axloqiy vazifalarni hal qilish uchun taqdir eng asl ruhlarni, kishilik dunyosi boshida turgan yuksak ruhli shaxslarni, axloqiy dunyoning tiragi bo’lgan substansial kuchlarni o’zida gavdalantirgan qahramonlarni tanlaydi. Faqat oliy tabiatli odam tragediyaning qahramoni yoki qurboni bo’la oladi; voqyelikning o’zida ahvol shunday”.
4. “Har qanday tragediyadan mash’um halokatni yo’qoting, siz bu bilan uni buyuklikdan, butun ma’nodan mahrum qilasiz, buyuk asardan oddiy bir narsa yasaysiz, u birinchi galdayoq o’zining butun nafis kuchini yo’qotadi”.
5. “Tragediya ko’proq sun’iy asardir”. “Mana shuning uchun tarixiy shaxslarni buzib ko’rsatishga oz yo’l qo’yilsa ham; tragediyaning go’yo qat’iy huquqidir, bu uning mohiyatidan kelib chiqadi. Tragediyachi o’z qahramonini ma’lum tarixiy vaziyatda ko’rsatishni istaydi: tarix unga vaziyat beradi, agar bu vaziyatdagi tarixiy qahramon tragediyasining ideyasiga muvofiq kelmasa, uni o’zicha o’zgartirishga u to’la huquqlidir”.
O’zbek adabiyotida yaratilgan “Muqanna” (H.Olimjon), “Mirzo Ulug’bek” (Shayxzoda) tragediyalari ham V.Belinskiy fikrlarini to’liq isbotlaydi...

Download 74.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling