Dramatik va liro-epik
asarlarni
ifodali o`qish
Reja: - Dramatik tur. Drama, tragediya, komediya.
- Liro-epik tur. Doston, ballada, masal va ularning ifodali o`qilishi.
- Replika, remarka. Replikaning ifodali o`qilishi. Remarkaning ifodali o`qilishi
Dramatik asarlarning asosiy janrlari. - Drama-badiiy adabiyotning epos, lirika bilan bir qatorda 3 asosiy turidan biri.
- Dramaa teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga bo'linishi, bayonning yo'qligi, personajlar munosabatlarining o'zar so'zlashuvga asoslanishi dramaning o'ziga xos xususiyatidir.
- Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qahramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi.
- Drama matni ko'rishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga mo'ljallanadi.
Drama - Badiiy adabiyotning asosiy janrlaridan biri. Odatda sahnada namoyish
etilishi rejalashtirilgan asarlardir. - Bu eng keng tarqalgan hukm, dramaning aniq
amaliy ta'rifi bo'lib, u nafaqat uning mohiyatini ochib bermaydi, balki uni adabiyot bilan ham bog'laydi. TRAGEDIYA - -TRAGEDIYA (yun. tragos — echki, ode — qoʻshiq; tragodia — echki qoʻshigʻi)
- -Tragediya qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi.
- -Tragediyada voqelik ancha jiddiy, ichki qaramaqarshiliklar oʻtkir tarzda tasvirlanadi.
- -Tragediya badiiy gʻoyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi bilan oʻziga xoslik kasb etadi.
- -Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi.
Komediya - Komediya qahramonlar, vaziyatlar vaharakatlar kulgili, hazil va shirildan foydalanadigan adabiy dramatik ish.
- Odatda, komediya barcha yomon va kulgili va to'liq bo'lmagan, kulgili jamoatchilik yoki uy xo'jaligining lazzatlarini anglatadi.
Liro-epik janrlar - -Liro-epik janrlar - voqelikni badiiy mujassamlashtirishda ham lirik, ham epik tasvir vositalari foydalanilgan sheʼriy asarlar.
- -Bu jumladagi asarlarga xos asosiy xususiyat syujetlilik bilan lirik his-tuygʻu va kechinmalarning oʻzaro uygʻunlashishidir.
- -Liro-epik sheriyatning sheʼriy roman, doston, lirik qissa, ballada, sheʼriy ertak, qasida, masal singari janrlarida yaratilgan asarlar, nasriy asarlar singari, syujet oqimiga ega boʻlsa-da, ulardan lirik his-tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta oʻrin ajra-tilganligi bilan farqlanadi.
- -Abdulla Kodiriyning "Oʻtgan kunlar" yoki Oybekning "Qutlugʻ qon" ro-manlarida ham qahramonlarning ruhiy kechinmalari va tabiat manzaralari tasviriga alohida eʼtibor berilgan.
Doston - Doston, poema — liro janr; shu janrdagi badiiy asar.
- Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi.
- Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi.
- Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir.
Ballada - Dramatik, tarixiy-afsonaviy, fojiaviy yoxud qahramonlik mavzularida yozilgan, muayyan shakldagi lirik, liro-epik sheʼr; sheʼriy janr.
- Ballada syujetiga koʻpincha insonlar hayotida tasodifan roʻy berib, ularning taqdirini hal etadigan yoki hayotida burilish yasay oladigan keskin voqealar asos qilib olinadi.
Replika - Maʼnoviy xususiyatlari-tahrirlash
- Sahna dialogida partnyorning javob nutqi, biror personajning oxirgi, yaʼni boshqa personaj nutqi boshlanishidan oldingi soʻzi.
- Musiqa frazasining boshqa ovoz bilan yoki boshqacha ton bilan takrorlanishi.
Remarka - Remarka (frans. remargue — belgi, izoh) —
- Dramatik asarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.
- Remarkada asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xattiharakati, qiliqlari, intonatsiyasi, sahna manzarasi va h.k. yoritiladi.
- Kitob, qoʻlyozma, xat va boshqa matnga muallif tomonidan (aniqlash, toʻldirish maqsadida) kiritilgan izohlar, mulohazalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |