Drenajlash orkali suvsizlantirish
Download 1.31 Mb.
|
Boyitish jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quritish
BOYITISH JARAYONLARI Reja: Suvsizlantirish operatsiyalarining maqsadi Drenajlash orkali suvsizlantirishQuyultirish FiltrlashSentrifugalash QuritishSuvsizlantirish operatsiyalarining maqsadi Boyitish jarayonlari ko‘pchilik hollarda suvli muhitda olib boriladi. Ho‘l jarayonli boyitish fabrikalari texnologik maqsadlar uchun ko‘p miqdorda suv sarflaydi. Texnologik suv boyitish mahsulotlari bo‘yicha tarqaladi, shuning uchun ular suyuq holda olinadi. Masalan, flotatsiya boyitmalari xar bir tonna qattiq mahsulotda 3 m3, chiqindi lar esa 10 m3 gacha suv saqlaydi. Ho‘l boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish, ya’ni ulardan suvni ajratish kerak. Boyitmalar ularning namligini me’yoriga etkazish, qish mavsumida tashishda yaxlab qolmasligi uchun suvsizlantiriladi. Oraliq mahsulotlar ularni o‘zidan keyingi qayta ishlashdan oldin suvning bir qismini yo‘qotish talab qilinganda suvsizlantiriladi. Boyitma va oraliq mahsulotlardan ajratib olingan suv qaytadan ishlatish uchun fabrikaga jo‘natiladi. CHiqindi ularni chiqindilar maydoniga joylashdan oldin va fabrikada texnologik jarayonlarda qaytadan ishlatiladigan aylanma suv olish maqsadida suvsizlantiriladi. Aylanma suv ayniqsa suv resurslari cheklangan qurg‘oqcho‘l rayonlarda joylashgan fabrikalar uchun, xamda tabiiy suv havzalarini zaxarli moddalar saqlovchi oqava suvlar bilan ifloslanishining oldini olishda katta ahamiyatga ega. CHiqindilarni suvsizlantirish chiqindilar maydonida amalga oshiriladi. Ba’zan shu maqsadda katta o‘lchamli quyultirgichlar ishlatiladi. Suvsizlantirish usullari va qo‘llaniladigan jarayonlar qattiq fazani yirikligi va zichligiga, shuningdek boyitish mahsulotlaridagi suvning miqdoriga bog‘liq. Yirik zarrachali mahsulotlar mayda zarrachali mahsulotlarga nisbatan oson suvsizlantiriladi. Katta zichlikdagi zarrachalardan suvni kichik zichlikdagi zarrachalardagidan osonroq ajratib olish mumkin. SHuning uchun katta zichlikdagi yirik zarrachali mahsulot yoki bo‘tanani drenajlash orqali suvsizlantirish mumkin. Mayda zarrachali mahsulotlar, masalan, flotatsiya boyitmalarini suvsizlantirish nisbatan qiyinroq. Ular avval quyultiriladi, filtrlanadi va ularning ba’zilari xarorat ostida quritiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling