Drenajlash orkali suvsizlantirish


Tashki uzatmali quyultirgich


Download 1.31 Mb.
bet5/9
Sana04.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1077196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boyitish jarayonlari

Tashki uzatmali quyultirgich (82-rasm) markaziy kolonnali temir-beton chandan iborat. Eshkakli rama bir uchi uzatish mexanizmining aravachasiga, ikkinchi uchi esa markaziy kolonnaga o‘rnatilgan sharikli podshipnikka tayanadi. Aravacha kuyultirgich devoriga yotkizilgan yo‘naltiruvchi relslar bo‘ylab xarakatlanadi va fermani markaziy kolonna atrofida aylantiradi.
Dastlabki bo‘tanani berish va quyultirilgan mahsulotni chiqarib olish xuddi markaziy uzatmali quyultirgichlardagidek amalga oshiriladi. Tashki uzatmali quyultirgichlar 100 m diametrgacha quriladi.

82-rasm. Tashqi uzatmali quyultirgich.
1-temir-beton chan; 2-ferma; 3-markaziy kolonna; 4-eshkakli rama; 5-sharikli podshipnik; 6-aravacha; 7-rels.
Quyultirgichlarning quyulma bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyultirgichdagi bo‘tananing ko‘zgu yuzasiga va quyulmaga o‘tuvchi maksimal o‘lchamli qattiq zarrachalarning cho‘kish tezligiga bog‘lik. Odatda ishlab chiqarish unumdorligi cho‘kishning solishtirma yuzasi, ya’ni bir sutkada bir tonna qattiq zarrachalarni cho‘ktirish uchun kerak bo‘ladigan 1 m2 quyultirgich yuzasi bilan ifodalanadi. Flotatsiya boyitmalarini suvsizlantirishda bu ko‘rsatgich 0,4 dan 4 m2 /t.sutka gacha tebranadi.
Shlamli tindirgichlar suvsizlantirish xatto koagulyantlarni qo‘llaganda xam juda uzoq davom etadigan, kichik zichlikka ega bo‘tanadan qattiq fazani ajratib olish uchun quriladi. Ko‘pincha ular ko‘mir boyitish fabrikalarida ishlatiladi. SHlamli tindirgichlar to‘rtburchak shakldagi, devorlari betonlangan, tubida uncha katta bo‘lmagan qiyalikka ega katta xovuzdan iborat. Uzunasiga o‘rnatilgan devorlar xovuzni navbatma-navbat to‘ldiriladigan bir nechta (kamida 3 ta) seksiyaga bo‘ladi. Bitta seksiya bo‘tana bilan to‘ldiriladi, boshqasida zarrachalarning cho‘kishi ketadi, uchinchisidan suvsizlantirilgan shlamlar ajratib olinadi. SHlamlarning cho‘kishi sodir bo‘layotgan seksiyadan suv nasoslar yordamida tortib olinadi. Uchinchi seksiyadan shlamlar qo‘shimcha tarzda suvsizlantirilishi uchun greyfer kranlar yordamida drenajlash maydoniga o‘tkaziladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling