Drenajlash orkali suvsizlantirish


Piramidasimon tindirgichlar va konusli quyultirgichlar


Download 1.31 Mb.
bet4/9
Sana04.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1077196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boyitish jarayonlari

Piramidasimon tindirgichlar va konusli quyultirgichlar yirik zarrachali bo‘tanani suvsizlantirishga mo‘ljallangan. Bu apparatlarning quyulmasidagi qattiq zarrachalarning yirikligi 0,1 mm gachani tashkil etadi.
Piramidasimon tindirgich (80-rasm) temir-beton idishdan iborat bo‘lib, uning tubida markaziy teshikli, patrubkali, chiqarish kranlarili piramidasimon yacheykalar o‘rnatilgan.
Dastlabki bo‘tana idishni to‘ldiradi va yuklash tomondan suv chikarib olinadigan bo‘shatish ostonasiga qarab xarakatlanadi. Qattiq zarrachalar cho‘kib, piramidasimon yacheykalarda to‘planadi va chiqarish kranlari orqali yig‘uvchi tarnovlarga tushirib olinadi.
Silindrli kuyultirgichlar mayda zarrachali bo‘tanani kuyultirish uchun mo‘ljallangan. Kuyultirgichlarning kuyulmalarida 0,005 - 0,01 mm o‘lchamli qattiq zarrachalar yo‘koladi. Kuyultirilgan mahsulot 50-60 % qattiq zarrachalarni saklaydi.

80-rasm. Piramidasimon tindirgich.
Silindrli kuyultirgichlar markaziy uzatmali (diametri 25 m dan kam) va tashki uzatmali (diametri 15 m dan ortik) bo‘ladi. Markaziy uzatmali kuyultirgich (81-rasm) konussimon tubli, gorizontga nisbatan 6-120 kiyalikda o‘rnatilgan ochik temir-beton yoki metal silindrli chandan iborat.

81-rasm. Markaziy uzatmali kuyultirgich.
1-silindrli chan; 2-val; 3-panjalar; 4-krestovina; 5-kabul kiluvchi; 6-xalqali tarnovcha; 7-konussimon taglik; 8-diafragmali nasos.
CHanning vertikal o‘ki bo‘ylab kuyultirgichning yon devoriga tayanuvchi fermaga o‘rnatilgan, podshipniklarda aylanuvchi val o‘rnatilgan. Valning pastki qismiga eshkaklari bilan krestovina maxkamlangan. Krestovinaning panjalari quyultirgich tubiga parallel o‘rnatilgan eshkaklar esa shunday o‘rnatilganki, val aylanganda cho‘kkan mahsulot quyultirgich tubi markazidagi bo‘shatish tuynugiga tomon yo‘nalsin. Dastlabki mahsulot tarnovcha yoki quvur orqali quyultirgich markazidagi idishga beriladi. CHanda bo‘tana markazdan devorlarga tomon radial yo‘nalishda tarkaladi. Bunda qattiq zarrachalar cho‘kadi, suv esa xalqali tarnovchaga yon devorning zixi bo‘ylab oqib tushadi. Quyultirilgan mahsulot diafragmali nasos orqali tortib chiqariladi.
Konstruksiyada quyultirgich xaddan ortik yuklanganda yoki to‘xtatilganda eshkakli krestovinani ko‘tarish uchun moslama ko‘zda tutilgan.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling