Dsqning 021yil martdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
Axborotli ob‘ektlarga nimalar kiradi?
Download 114.74 Kb.
|
1-mavzu DM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqqa tortiladigan ob’ektlar va soliq majburiyatlarini hisobini yuritish
- Soliq deklaratsiyalari va kunlik jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash
- Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali
Kaskad” texnikasi Ushbu texnologiya g’oyalar tizimini ishlab chiqishga ko’mak beradi: Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobiliyatini faollashtirish. Guruhlarning mashg’ulotdagi faolligini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
"Yangi texnologiyalar" ilmiy axborot markazi DUK «Yangi texnologiyalar» ilmiy axborot markazi davlat unitar korxonasi (YTIAM) soliq organlari faoliyatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda boshqa davlat organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan bog‘lash ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 1995 yildagi 14 sentyabrdagi 359-son Qarori asosida tashkil etilgan. Markaz mutaxassislari tomonidan 20 yil davomida 35 dan ortiq soliq xizmatida ichki foydalanishga mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlari ishlab chiqildi. Shulardan quyidagilarni ommabop va dolzarb bo‘lganlar sifatida sanab o‘tish mumkin: Soliqqa tortiladigan ob’ektlar va soliq majburiyatlarini hisobini yuritishByudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha tijorat banklaridan tushumlarni real vaqt rejimida hisobini yuritishSoliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyiTashqi manba ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlilSoliq deklaratsiyalari va kunlik jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashYagona soliq tekshiruvlari va ularning natijalarini hisobini yuritishKadrlar hisobini yuritish avtomatlashtirilgan axborot tizimiElektron hujjat aylanmasi va ijro nazorati avtomatlashtirilgan axborot tizimiSoliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali“SOLIQ” mobil ilovasi (android versiya)Hisoblangan va to‘langan soliq to‘lovlarini shaxsiy kartochkada yuritish, inkasso to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va tijorat banklariga yuborish, ortiqcha to‘lovlar hisobidan soliq qarzlarini qoplash, shaxsiy kartochkalarda soliq qarzlari va ortiqcha to‘lovlarni hisobini yuritish va boshqa amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning mahalliy byudjetlarga o‘tgan qismi bo‘yicha kunlik, oylik, choraklik va yillik tushumlar hisobini yuritish, prognoz ko‘rsatkichlari va ularni bajarilishi bo‘yicha pog‘onalar kesimidagi hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha dasturiy mahsulot. SIAIJ quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1) soliq to‘lovchilar - yuridik shaxslar ro‘yxatga olinadi; 2) korxonalarning yagona reestrini yuritadi; 3) soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritadi; 4) bank hujjatlarini qayta ishlanadi; 5) turli statistik hisobotlar olinadi; 6) tekshiruv dalolatnomalari yuritiladi; 7) soliq to‘lovchilarning byudjet bilan hisob-kitoblarini amalga oshiriladi; 8) soliq to‘lovchilar bilan solishtirma dalolatnomalarini bajarish; 9) ro‘yxatga olish bo‘yicha turli hisobotlarni shakllantirish; 10) inkasso topshiriqnomalari va xulosalari bilan ishlash. 4. Fuqarolar tomonidan yil davomida daromadlari to‘g‘risida deklaratsiyalarini qabul qilish va qayta ishlash (ma’lumotlar to‘g‘riligini, soliqlar to‘g‘ri hisoblanganligini va muddatida to‘langanligini tekshirish) hamda Xalq banki bilan ma’lumot almashish veb servisi orqali fuqarolarning kunlik jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirish imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlar to‘plami. 5. Soliq tekshiruvlari va ularning natijalarini pog‘onalar kesimida hisobini yuritish, qo‘llanilishi lozim bo‘lgan moliyaviy jarimalarni shaxsiy kartochkada kiritilishi va undirilishi bo‘yicha vertikal nazorat qilish tizimi. 6. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari to‘g‘risida ish faoliyatiga aloqador ma’lumotlari hisobini yurituvchi dasturiy mahsulot 7. Davlat soliq qo‘mitasidagi barcha hujjatlarni elektron shaklda xarakatlanishini ta’minlovchi hamda ijro nazoratini amalga oshiruvchi axborot tizimi 8. Elektron xizmatlarni boshqarish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, foydalanish statistikasini shakllantirish hamda vertikal nazorat olish borish uchun maxsus portal. 9. DSQ ning rasmiy saytida e’lon qilinayotgan yangiliklarni hamda bir nechta ommabop interaktiv va axborot xizmatlaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan qulay mobil ilova Bugungi kunda YTIAM bu: - Soliq va moliyaviy hisobotlarni soliq to‘lovchilardan elektron tarzda qabul qilish va qayta ishlash tizimining dasturchisi hamda integratori. - Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish va elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi. - Elektron hisobvaraq-fakturalarning markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini ta’minlaydigan rouming operatori. - Onlayn rejimda qabul qilingan fiskal ma’lumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash, kriptografik himoya qilish va saqlash ishlarini bajaruvchi fiskal ma’lumotlar operatori. Bugungi kunda YTIAM da dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 40 dan ortiq ko‘p yillik tajriba ega va ishonchli xodimlar faoliyat olib bormoqda. Yuqoridagilardan tashqari YTIAM tomonidan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun sifatli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish xizmati amalga oshirilmoqda. YTIAM dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish yuzasidan avtomatlashtirish ob’ektlarini o‘rganib chiqishdan boshlab kuzatuv ishlarini bajarishgacha bo‘lgan jarayonlarni bajarish bo‘yicha xizmatlarini taklif etadi. Download 114.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling