4-amaliyot Poyezdlar harakatini tashkil etishda ishlatiladigan DU-52, DU-54, DU-55, DU–56 hujjatlarini yuritish tartibi
DU-52 – ruxsatnoma blankasi (1.7-rasm). Yarim avtoblokirovka tizimida chiqish svetoforining taqiqlovchi ko‘rsatkichi bo‘yicha poyezdni jo‘natish (agar blokirovka harakati yopilmagan bo‘lsa) DSPning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
DU-52 blankasi ikkita punktdan iborat. Poyezdni stansiyadan jo‘natishda faqat bitta punkt to‘ldiriladi, ikkinchisining ustidan xoch shaklda chizib qo‘yiladi.
Ushbu punktlar quyidagi holatlarda to‘ldiriladi:
Agar poyezd boradigan joy birinchi (harakat yo‘nalishi bo‘ylab) yo‘l postidan (blok-postidan) tashqarida bo‘lsa, ushbu post navbatchisi oldindagi peregon bo‘sh bo‘lganda, mashinistga yopiq o‘tish svetoforini bosib o‘tish va orqaga qaytish (1.8-rasm) xuquqini beruvchi I punkti to‘ldirilgan yashil rangdagi DU-52 ruxsatnoma blankasini beradi.
1.8-rasm
Agar jo‘nashga tayyor poyezdning yetakchi lokomotivi ruxsat ko‘rsatmali chiqish svetoforidan tashqarida bo‘lib, uning ko‘rsatmasi mashinistga ko‘rinmasa, poyezd
|
|
lokomotiv mashinistiga taqdim etiluvchi II punkti to‘ldirilgan yashil rangdagi DU-52 ruxsatnoma blankasi bo‘yicha jo‘natiladi.
1.7-rasm. DU-52 blankasining o‘zbekcha va ruscha shakli na’munasi
DU-54 – ruxsatnoma blankasi (1.9-rasm). Ushbu ruxsatnoma blankasi mashinistga poyezdlar harakati avtoblokirovka bo‘yicha amalga oshirilayotganda qandaydir sabab bilan poyezdni chiqish svetoforining ta’qiqlovchi belgisiga jo‘natishga yoki svetoforning chiqish signali ochiq bo‘la turib u mashinistga yaxshi ko‘rinmay qolgan xolatda topshiriladi. DU-54 blankasi ham 2 ta punktdan iborat.
Poyezd chiqish svetoforining taqiqlovchi belgisi bilan jo‘nab ketganda I punkt to‘ldiriladi, II punkti ustidan xoch shaklida chiziladi.
Marshrut ko‘rsatkichlari nosozligida, poyezdni ochiq guruhli chiqish (marshrut) svetofori orqali jo‘natishda lokomotiv mashinistiga II punkti to‘ldirilgan yashil rangdagi DU-54 ruxsatnoma blankasini beriladi.
1.9-rasm. DU-54 blankasining o‘zbekcha va ruscha shakli na’munasi
DU-55 xabarnoma blankasi (1.10-rasm). Signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (to‘xtash) paytida poyezdlar harakati bir yo‘llik uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali. DU-55 blankasi shaxsan stansiya navbatchisining o‘zi to‘ldiradi. Ushbu blanka orqali qo‘shni stansiyaga quyidagi xabarlar yuborilishi mumkin:
A shakli. “Sizga ___ soat ____ daqiqada № _____ poyezdni jo‘natdim. Yetib borganidan so‘ng Siz tomondan poyezdni kutaman. DSP_____”.
B shakli. “Sizga ___ soat ___ daqiqada № _____ poyezdni jo‘natdim, shundan so‘ng ___ soat ___ daqiqada yana № ______ poyezdni jo‘nataman. DSP _____”.
V shakl. “Siz tomondan poyezd kutyapman. DSP ____”.
DU-56 ruxsatnoma blankasi (1.11-rasm). Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda stansiya navbatchisi tomonidan mashinistga beriladigan, diagonali bo‘ylab ikki qizil tasmali oq blankdagi DU-56 shaklidagi ruxsatnoma poyezdga peregonni egallash xuquqini beradi.
Bunda bir yo‘llik uchastkalarda DU-55 blankasi qo‘shni stansiyaga xabar etkazish vazifasini bajarsa, DU-56 blankasi poyezdga peregonda harakatlanish uchun ruxsat vazifasini bajaradi. Ikki yo‘llik uchastkalarda poyezdlar harakatini tashkil etishda faqat DU-56 ruxsatnoma blankasidan foydalaniladi.
1.10-rasm. DU-55 blankasining o‘zbekcha va ruscha shakli na’munasi
1.11-rasm. DU-56 blankasining o‘zbekcha va ruscha shakli na’munasi
Nazarot savollar:
1 - DU-52, DU-54, DU-55, DU–56 hujjatlarini yuritish tartibi?
2 - DU-52, DU-54, DU-55, DU–56 hujjatlarini to’ldirish?
Do'stlaringiz bilan baham: |