Dubay shahrining turizmidagi innovatsiyalar


Download 0.72 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1004920
Bog'liq
oraliq nazorat

Dubay shahrining turizmidagi innovatsiyalar

Bajardi: Turg’unbayeva Laylo

Ozadova Husniya

Ergashev Samandar

Reja:

  • Dubaydagi turizm
  • Dubaydagi Future Innovatsion Summit
  • Turistlarni jalb qilish uchun qilingan Dubaydagi innovatsiyalar

Dubaidagi turizm


Dubay dunyodagi yetakchi sayyohlik yoʻnalishlaridan biri hisoblanuvchi shahar boʻlib, undagi turizm sohasi asosiy daromad manbai hisoblanadi. 2016-yilda shahar kamida bir kecha tunab qolgan 14,9 million mehmonni qabul qildi. 2018-yilda Dubay xalqaro tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha dunyoda eng koʻp tashrif buyurilgan toʻrtinchi shahar maqomiga ega boʻldi.
Dubay — Birlashgan Arab Amirliklari tarkibidagi shahar,. Aholisi 669,1 ming kishi. Fors qoʻltigʻi sohilidagi yirik port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft olinadigan rayonn markazi. Alyuminiy zavodi, quruq dok (dunyoda eng yirik), avtomobil taʼmirlash ustaxonalari, gaz suyultirish korxonalari, xalqaro kutubxona bor. Dubay jahondagi oltin savdosi markazlaridan biri. Mashinalar eng zoʻrlari binolar eslatib oʻtamiz dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa ham mana shu yerda blandligi 828 m.
Dubay juda chiroyli hamda jahon dagi Oz o'rniga ega davlatlardan bu esa uning dunyo miqiyosidagi eng qudratli shaharlar orasida qilip turadi Shahar isrofgarchilik va fohshabozlik boyicha jahon yetakchilaridan
Burj Xalifa — Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qurilgan osmonoʻpar bino. Bino dunyodagi eng baland qoʻlda qurilgan inshoot degan nomni oldi. Bungacha bu maqom egasi Taipei 101 binosi boʻlgan. 2010-yilda ochilishidan oldin Burj Dubay nomi bilan tanilgan.
Umumiy balandligi 829,8 m va tom balandligi 828 m (2717 fut). Uning qurilishi 2004-yil 21-sentabr kuni boshlangan boʻlib, 2010-yil 4-yanvarda rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu loyhaning arxitektorlari Skidmore, Owings va Merrill. Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al Maktum bino nomini oʻzgartirib, Burj Xalifa deb atagan.

Dubaydagi Future Innovatsion Summit


19 va 20 oktabr kunlari Dubayda innovatsiya olamidagi eng zo‘r aql egalarini birlashtirishga mo‘ljallangan, Mena mintaqasidagi eng yirik innovatsion anjumanlardan va ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan Future Innovation Summit bo‘lib o‘tdi.
Tadbir 3000 dan ortiq turli ishtirokchilarni birlashtirdi. Sammit doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma xalqaro maydondagi milliy ishlanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan edi.
Ko‘rgazmada IT Park rezidenti Tad Industries kompaniyasi ham ishtirok etdi. Tad Industries O‘zbekistondagi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida videotahlil qilish sohasida yuqori darajadagi aniqlikda odamlarning yuzlari, tasvirlari va harakatlarini tanib olish, shuningdek, transport vositalarini aniqlashning yuqori tezligini ta’minlovchi yetakchi kompaniyalardan biridir.

Turistlarni jalb qilish uchun qilingan dubaydagi innovatsiyalar

  • Dubay savdo-festivali
  • Wild Wadi akvaparki
  • Dubay akvariumi
  • Dubay oltin bozori
  • Palma Jumeyra
  • Dubay dasturxoni

Dubay savdo festivali
Dubay savdo festivali- shopogolik insonlar uchun asl tantana bo’lib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga Dubai Events and Promotions kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Savdo festivali 1996 yildan beri o’tkazib kelinmoqda. Avvaliga uning asosiy maqsadi Dubayga turistlarni ko’proq jalb qilish edi holos. Natija kutilganidan ham a’loroq bo’ldi, bu esa bayram tashkilotchilarini yangiliklar tomon ilhomlantirib yubordi.
Wild Wadi akvaparki
Dubay shahrida joylashgan mazkur akvopark hududdagi eng ajoyib ko’ngilochar maskanlardan biri hisoblanadi. Bu yerdagi attraksionlar insonni hayratga solish darajasida, shunday ekanki shahar mehmoni bo’lsangiz, bu yerga ham kelib ko’rish yodingizdan chiqmasin.
Dubay akvariumi
Bu dunyodagi eng katta akvariumlardan biri. Uni “Dubay” savdo kompleksi ichida uchratish va suv osti olamining barcha go’zalliklaridan baxramand bo’lish mumkin. Akvariumda 33 ming turli jonivorlar istiqomat qiladi. Ular orasida akula va skatlar ham mavjud.
Dubay oltin bozori
Bu BAAning eng katta bozorlaridan biri. Ushbu hududdan o'zingiz istagan har qanday ko’rinishdagi tilla buyumlarni topa olishingiz kafolatlanadi. Bundan tashqari, mazkur maskan butun mamlakatdagi eng qadimiy bozor hamdir. Sayyohlar esa zargarlik buyumlarining keng tanlovi bilan bir qatorda arzon narxlar sabab ham oltin bozoriga yopirilib kelishadi.
Dubay dasturxoni
Bu yerlik insonlar yeguliklar orasida shirinliklarni juda yaxshi ko’rishadi. Garchi shaharda turli mamlakat shirinliklarini tayyorlovchi tamaddixonalar son-sanoqsiz bo’lsa ham mahalliy aholi vakillari orasida yong’oqli, quruq mevali, asalli shirnliklar juda keng tarqalgan. Sayyohlar umm ali pudinglari, maxalabiya, xandonpistali paxlava, sharbat, eshasaya pishloqli pirogi, xurmo va bodom birlashmasi, lukum kabi shirnliklardan bajonidil tatib ko’rishadi. Ushbu shirinliklarni yaqinlaringiz uchun tuhfa sifatida o’zingiz bilan birga olib ketishingiz ham mumkin.
Palma Jumeyra
Palma Jumeyra- mashhur sun’iy orol bo’lib, tashqi tomondan qaraganda palma daraxti ko’rinishida qilib ishlangan. Qizig’i shundaki uni dunyoning sakkizinchi mo’jizasi sifatida e’tirof etishadi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling