Afsonak turkumi Thermopsis.
Afsonak
Thermopsis alterniflora Rgl.et. Schmalh.
Ko’p yillik o’tchil o’simlik, poyalariningbo’yi 10-90 sm. Ular tik o’suvchi yakka, shoxlangan, uzun tukchalar bilan qoplangan, pastki qismi qinchali. Barglari murakkab, bandlalri uzun 10-4sm, barglarning qismlariuzunchoq elipsimon yoki uzunchoq lansetsimon,ustki tomoni yalang’och, pastki tukli. Barg bandiga teng, 2 lansetsimon yon bargi bor. Gullari ketma-ket ayrim vaqtlarda juft, gulbandi 5- 10mm, Poyaning ustki tomonida shingil hosil bo’ladi. Mevalari uzunchoq ellipssimon, mayin tukli, ko’p urug’’li dukkak 25-27mm, uzunligi eni esa 10- 16mm. Urug’lari buyraksimon, och-qo’ng’ir yashil rangda [4].
U may-iyunda gullaydi. (4- rasm)
Iyun-iyulda mevalaydi. Tibbiyotda o’tlari ishlatiladi, ularda 3 % alkaloid
bor.
Achchibuta turkumi Ammothamnus.
Achchibuta
Ammothamnus Lehmannii Bge.
Bo’yi 50-100 smga, yetadigan bo’tacha, poyalari asosidan shoxlangan va ko’p rang yorilgan po’stloq bilan qoplangan. Yosh navdalari kumush oq bo’ladi va tuklar bilan zich qoplangan. Yon barglarining uzunligi 3-4mm, yeni esa 0,25- 0,5mm. Barglari toq patsimon kumush oq. Gullari ko’pgulli shingillarga yig’ilgan. Gul bandi yetlik gulkosasi tuklar bilan qoplangan. Gulkosasi qo’ng’iroqsimon, gultojibargi oq rangda. Yelkani esa 12-15mm uzunligida bo’ladi. Achchibutaning dukkagi mayin, spiralsimon shaklda bo’ladi va urug’i 1-2 mm.
Achchibuta aprel- mayda gullaydi, may-iyunda esa mevalaydi. Qum va toshloq substratda yashaydi.
Beda turkumi Medicago
Yong’ichqa
Medicago repens L.
Ko’p yillik o’tchil o’simlik, poyasi o’rmalab o’sadi. Tik o’suvchi bandlari 30 sm bo’lib, 3ta yumaloq bargchali. Gulbandi 15-30 sm, to’pguli boshcha 40-70 oq yoki burchoq tipidagi qizil gulchalardan iboratdir. Gulda 10ta changchisi bor, 9ta iplari bilan qo’shilgan, 1 tasi ozod. Nektarlari to’qimasi gulqo’rg’onning tubida joylashgan (5-rasm).
Yozning boshida bir oy gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |