Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
MOVIY TOSH
*** Koinotda chindan ham sof olmosdan iborat boʻlgan ekzosayyoralar mavjud. Fan tilida ular “Uglerodli sayyoralar” nomi bilan mashhur. Chunki bu sayyoralarning asosiy qismi uglerod moddasidan tashkil topgan. Sayyoraning tortishish kuchi uglerodni shu qadar kuchli siqqanki, natijada bu modda olmosga aylanib qolgan. Qarangki, bu sayyoralardagi togʻ-u toshlar ham olmosdan boʻlar ekan! Mokining aytishicha, Olmos sayyorada N 2 G gʻij-gʻij emish. Uni qadimgi marslik olimlar uzoq yillik tadqiqotlar natijasida aniqlashgan. Buning uchun ular Olmos sayyorani teleskop orqali kuzatib, undan taralayotgan nurlarni tahlil qilishgan. Bu jarayonlarda Mokining oʻzi ham ishtirok etgan ekan. Fazogirlarimiz ham vaqtni boy bermay toʻgʻri Olmos sayyora tomon borishdi. Ular sayyora sathiga qoʻnib, kemadan tashqariga chiqishganida Ahmad oʻzini ertaklardagi billur shaharga tushib qolgandek his qildi. Chunki bu sayyorada hamma narsa: togʻlar, toshlar, hatto tuproq ham olmosdan edi-da! Margol esa hech narsaga qaramay burgʻilovchi qurilmasini ishga tushirib N 2 G ni qidirishni boshlab yubordi. Ahmad ham unga koʻmaklashdi. Koʻp oʻtmay qurilma bir joydan moviy tosh borligini aniqladi. Bu vaqtdagi Margolning quvonchini soʻz bilan taʼriflash mushkul. Uning koʻzlaridan oqayotgan duv-duv quvonch yoshlari hammasi haqida soʻzlayotgandek edi goʻyo! Margol maxsus uskuna bilan ko‘rsatilgan joyni qazib, besh dona, hajmi yong‘oqdek keladigan kristall topdi. U 157 toshlarning uchtasini o‘zi uchun olib, qolgan ikkitasini Ahmadga uzatarkan dedi: “Bu senga. Qachonlardir, Yer sayyorasining yadrosi ham so‘nishi mumkin. O‘shanda odamlar Moviy toshni qidirib, galaktikani kezib chiqmaydilar”. Margolning gaplarida jon bor edi. Shu sababli Ahmad toshlarni olib choʻntagiga solib qo‘ydi. Shuncha uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib kelishlariga qaramay, qahramonlarimiz Olmos sayyorada atigi toʻrt soat boʻlib, soʻng toʻgʻri Sirius yulduzi tomon uchib ketishdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling