Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
PAKANA “ODAM” KIM?
Yarim tun. Ahmad xonasida kimdir yurganini sezib uygʻonib ketdi. Koʻzini ochganida kompyuteri yoqilgan, begona bir odam undan nimalarnidir qidirayotgan edi. – Ey, siz kimsiz?! – qoʻrquvdan Ahmadning ovozi bazoʻr chiqdi. – Iya, uygʻotib yubordimmi, bolakay? Boʻlishi mumkin emas. Axir bu oʻsha, tanlovdagi pakana odam-ku! Qiziq, u bu yerda nima qilib yurgan ekan?! Ahmadning kompyuteri unga nimaga kerak boʻlib qoldi?! Oʻzi, umuman, u bu yerni qanday topib keldi?! Qahramonimizning xayollari algʻov-dalgʻov boʻlib ketgandi. Pakana odam kompyuterdagi qidiruv ishlarini toʻxtatib, Ahmad tomonga butun tanasi bilan oʻgirildi. U aybdorlik hissi bilan boshini quyiroq egib dedi: – Qoʻrqma, bolakay. Men senga yomonlik qilmayman. – Unda bu yerda nima qilib yuribsiz?! – Men Quyosh tizimi sayyoralariga judayam jiddiy top- shiriq bilan yuborilganman. Lekin endi shu topshiriqni bajarishim uchun sening yordaming kerakka oʻxshaydi. – Qayerdan?! – Ahmadning ovozi deyarli boʻgʻilib qoldi. – Men sizlar Sirius deb ataydigan yulduz tizimidagi sayyoralarning biridan uchib keldim. 12 Ahmad bir muddat nima qilarini bilmay pakana odamga termilib qoldi. U turib qochmoqchi ham boʻldi, lekin qattiq qoʻrqib ketganidan tanasi oʻziga boʻysunmayotganday edi. – Oʻzga sayyoraliklarga oʻxshamaysiz-ku! – hayron boʻldi Ahmad. – Ha-ya, bu maxsus niqobni yerliklar eʼtiborini tortmaslik uchun kiyib olganman. Istasang, mana, niqobimni yechaman. Pakana odam shunday deb qoʻllaridan boshlab maxsus kiyimni yechishga tushdi. Haqiqatan ham, bu qoʻllar odamnikiga sira oʻxshamasdi. Moviy rangdagi ozgʻin, uzun- uzun barmoqlar dengizdagi sakkizoyoqning “oyoq”larini eslatib yuborardi. – Boʻldi, toʻxtating! – Ahmad qolganini koʻrishni istamadi. Chunki pakana “odam” tobora qoʻrqinchli maxluqqa aylanib borayotgan edi. Bolani qoʻrqitib yuborganini sezgan oʻzga sayyoralik darhol maxsus kiyimini qayta kiyib oldi va: – Sen qoʻrqma. Men hatto seni uygʻotib yuborish niyatida ham emasdim. Lekin haligi chizmalarni hech topolmayapman, – dedi. – Chizmalar?!. – Ha, ertalab sen tanlovda koʻrsatgan uchar qurilmaning chizmalarida. – Siz ularni nima qilasiz?! – Kel, hammasini bir boshidan soʻzlab beraman, – pakana odam kursini biroz surib Ahmadga yaqinroq oʻtirdi. – Men kelgan sayyora Salmir deb ataladi. Biz muhim vazifa bilan Quyosh tizimiga uchayotganimizda 10 kishi edik. Ammo Quyosh tizimiga yaqinlashib qolganimizda koinot qaroqchilari – gikslarning taʼqibiga uchradik. Kyemamiz judayam tezkor boʻlgani uchun bu taʼqibdan osongina qutuldik. Ammo boshqa bir gikslar toʻdasi Neptun 13 sayyorasi yaqinida ulkan qopqon bilan bizni poylab turgan ekan. Ularning hiylasi ish berdi – kemamizni qamal qilib, ekipaj aʼzolarini garovga olishdi. Birgina men kemadagi zahira kapsulasida qochib qutuldim, xolos. Endi esa sening ixtiroying asosida yangi kema yasab, topshiriqni yakunlashim shart. Aks holda, sayyoramiz halokatga uchraydi! – Mening ixtiroyim?!. – Ahmad quloqlariga ishongisi kelmasdi. – Ha! Sening chizmalaring asosida kema yasay olsam, Quyosh tizimidagi sayyoralarni oʻrganib chiqishim va vatanim Salmirga qaytishim mumkin boʻladi. – Axir, oʻzingiz buning imkoni yoʻq demaganmidingiz?! – Bolakay, sening chizmalaringda xatoliklar koʻp. Ammo, tan olish kerak, sen judayam noyob kemaning loyihasini yarata olgansan. Toʻgʻrisi, hali bunga oʻxshash qurilma galaktikada yaratilmagan boʻlsa kerak. Endi mening bilimlarim va sening zehningni birlashtirsak bas. Kema uchun zarur ehtiyot qismlarni esa men uchib kelgan zahira kapsulasidan olishimiz mumkin. Ahmad endi bu voqealarni tush boʻlsa kerak deb oʻylay boshladi. U pakana odamga bildirmay yopinchigʻi ostidan qornini chimchilab koʻrdi: “Ogʻriq bor! Demak, bu tush emas”, – xayolidan oʻtkazdi u. Xoʻsh, unda eshitib turganlari rost ekan-da?! Endi nima qilsin, axir u hali yosh bola-ku! – Agar sizga chizmalarimni bermasam-chi? – nihoyat, Ahmad ham dadillashdi. Pakana “odam” esa undan bunday savolni kutmagandi. U judayam xomush holda javob berdi: – Agar chizmalaringni bermasang, salmirliklarning oxirgi umidi ham soʻnadi. Bilsang, hozir Salmir sayyorasining 50 milliardlik aholisi taqdiri shu chizmalarga bogʻliq boʻlib turibdi. 14 – Ellik milliard?! – Ha, – xomush bosh irgʻadi kelgindi. – Munday, tushuntiribroq gapiring! Nima gap oʻzi? – Ahmad yotgan joyidan turib, pakana “odam”ning yoniga kelib oʻtirib oldi. – Mana, yuz yildirki, Salmir sayyorasining yadrosi soʻna boshlagan. Shu tufayli sayyoramiz tabiati ham oʻzgarib ketdi. Oʻsimliklar qovjirab, dengiz va daryolar quriy boshladi. Atmosferada kislorod yetishmay qolgan. Hatto toza havoni ham sunʼiy ravishda hosil qilyapmiz. Salmirliklar turli kasalliklarga chalinib halok boʻlishmoqda. Ahvol shu zaylda davom etib, yadro butunlay soʻnib qolsa, sayyoramizdagi hayot ham yoʻq boʻlib ketadi! Ahmad geologiya va astrofizika fanlaridan ham chuqur bilimga ega edi. Shuning uchun u sayyora yadrosining soʻnishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi bilardi. U yadro haqidagi bilganlarini xayolidan oʻtkaza boshladi. *** Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling