Dullo quronov galaktikada bir
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Galaktikada bir kun PDF Lotin
FAZO KEMASINING LOYIHASI
Tong otdi. Nonushtadan soʻng Ahmadning birinchi qilgan ishi oyisidan chizmalarni qaytarib olish boʻldi. Oʻgʻlining yana yaxshi kayfiyatda uygʻonganini koʻrgan ota-ona judayam xursand boʻlishdi. Ahmad chizmalarni olib xonasiga qaytganida Margol allaqachon tomdan tushgan va yosh xaloskorini kutib oʻtirgan ekan. – Xayrli tong, Margol! – Xayrli tong, Ahmad! – Mana chizmalar. Bunisi esa oyim pishirgan mazali pirog. Margolning qorni judayam ochqab ketgan, shekilli, bir zumda pirogni paqqos tushirdi. Shundan soʻng u chizmalarni qoʻliga oldi. – Pirog uchun rahmat! – u chizmadan koʻzini uzmay gapira boshladi. – Xoʻsh, xoʻsh... mana bu kamchiliklarni tuzatish mumkin. Bu joyga oʻzim bilan olib kelgan generatorni oʻrnataman. Qoyil, aql bovar qilmaydi!.. Oʻzga sayyoralik hayratini yashira olmas, u bir bolaga, bir chizmalarga qarab gʻalati harakatlar qilardi. – Bu... Bularni qanday qilib oʻylab topgansan?! Men hatto AQSHdagi NASA muhandislarining maxfiy boʻlimida ham 19 bunga oʻxshash qurilmani topa olmagandim. Qoyil, qoyil!.. Margol chizmalarni varaqlar ekan, Ahmad uni jilmaygancha kuzatdi. Hatto oʻzga sayyoralik bilimdon ham Ahmadning chizmalaridan hayratlanmoqda edi. Demak, u xato qilmagan. Bu uchar qurilmani yaratsa boʻlar ekan! – Bolakay, men seni tanlovda uchratganimdayoq anchadan buyon izlab yurgan odamimni topganimni sezgandim. Bunaqasini hatto Salmir sayyorasining galaktikaga mashhur olimlari ham yaratmagan, – dedi uchinchi chizmani koʻrib boʻlgan Margol boshini koʻtarib. Ammo toʻrtinchi sahifaga kelganda oʻylanib qoldi. – Shoshma-shoshma, – hayron boʻldi Margol. – Mana bu joyi... Kemaning gravitatsiya toʻlqinida muvozanatni saqlab turishi masalasini oxiriga yetkazmabsan-ku! – Ha-ya, bilasizmi, bu judayam murakkab boshqotirma. Yaxshisi, buni ham oʻzingiz qila qoling, – javob berdi Ahmad. Margol biroz oʻylanib, keyin soʻzlay boshladi: – Oʻzing oʻylab koʻr, agar shu narsalarni qila olganimda sendan chizmalarni soʻrab, yalinib oʻtirarmidim?.. – Axir, oʻzingiz yerliklarning bilimi juda kam demaganmidingiz? – Toʻgʻriku-ya, lekin shunday deganimda sening bilim darajang haqida unchalik yaxshi bilmas edim-da!.. – Xoʻp, mayli, lekin bunga koʻp vaqt kerak. “Ziji jadidi Koʻragoniy”ning boshqa nusxalarini ham koʻrib chiqishim lozim. – Nimani koʻraman deysan? – “Ziji jadidi Koʻragoniy” – buyuk olim Mirzo Ulugʻbek tomonidan tuzilgan astronomik jadval. Bu kitob 1437-yilda nashr qilingan. Unda 1018 ta yulduz haqida maʼlumot berilgan. Men sayyoralarning koordinatasi, hajmi, massasi, 20 tortishish kuchi, umuman, hamma jihatlarini shu kitob asosida hisob-kitob qilib chiqishimga toʻgʻri keladi. Shundan keyingina gravitatsiya toʻlqinida muvozanatni saqlash masalasini hal qilish mumkin, – tushuntirdi Ahmad. – Sen buncha maʼlumotni shu eski kitobdan olmoqchimisan? – hayron boʻldi Margol. – Eski boʻlgani bilan u mukammal jadval! Qaytaga, zamonaviy olimlar koʻp narsada xato qilishgan. Faqat buni oʻzlari bilishmaydi. – Unda yaxshi! Xullas, sen shu ish bilan shugʻullan, men esa kemaning boshqaruv tizimi haqida oʻylayman. Hech boʻlmasa, shunisi qoʻlimdan kelar ekan-ku! – dedi Margol kulib. – Aytganday, energiya masalasi-chi?! Quyosh batareyalarining quvvati yetarli boʻlarmikan? Bu muammoni ham hal qilish shart, – deya oʻylanib qoldi Ahmad. – Kemaning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji borasida bosh qotirmasak ham boʻladi. Chunki men oʻzim bilan salmirliklarning olamshumul ixtirosi – abadiy energiya generatorini olib kelganman. Bu generator ishlab chiqargan elektr quvvati hech qachon kamaymaydi va tugamaydi, – dedi Margol ishga kirishar ekan. – Qoyil!.. Men boʻlsam bunday generatorni yaratib boʻlmaydi deb oʻylar ekanman, – hayratini yashira olmadi Ahmad. – Bizning olimlar bu generator ustida 100-yildan koʻproq izlanishgan. Faqat uning quvvati unchalik katta emas. Ammo kichik kemaning elektr quvvatiga boʻlgan ehtiyojini qondira oladi. Hozircha bunday generator koinotda bitta! – Margol shunday deb koʻrinishidan “kubik-rubik” oʻyinchogʻini eslatib yuboradigan kichkinagina qizil narsani koʻrsatdi. – Demak, kema shu kichkina qutichadan quvvat olar ekan-da?! 21 – Ha, men faqat Yerdan koʻtarilib olishimiz uchun raketa yoqilgʻisini tayyorlasam bas. Bu ish ham menga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shu tarzda Ahmad va Margol hamkorlikda ishlay boshladilar. Margol asosan tomda, qahramonimiz esa oʻz xonasida boʻlgani uchun oʻtgan kunlar davomida kattalar uyda begona “odam” borligini sezishmadi. Yozgi taʼtil boʻlgani uchun Ahmad bor vaqtini Margolga yordam berish bilan oʻtkazar edi. Bu orada ular ilmiy masalalarda talashib- tortishib, bir-birlariga oʻzlarining bilimlarini oʻrgatib, koinot haqida suhbatlashib ishlashardi. Margol kichkina doʻstiga koinot haqida yerliklarga nomaʼlum boʻlgan koʻp narsalar haqida soʻzlab berdi. U: “Somon yoʻli galaktikasida bizning olimlar eng kuchli hisoblanadi”, – deb maqtanib qoʻyardi. Margolning aytishicha, bizning galaktikadan boshqa galaktikalarda ham hayot boʻlishi mumkin ekan. Lekin hali hech kim oʻzga galaktikaga borishning uddasidan chiqmagan. Hatto oʻzimizning galaktika ham hali toʻliq oʻrganilmagan ekan. Chunki Somon yoʻli galaktikasining oʻzida 200 milliarddan ortiq yulduz bor-da! Lekin Margolning koinotning yaralishi haqidagi soʻzlari yerlik olimlarning ilmiy tadqiqotlariga juda yaqin edi. Har qalay, ikki doʻstning fikri “Ulkan portlash” masalasida bir- biriga yaqin keldi. *** Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan ham kichkina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Bu narsa shu qadar kichkina boʻlganki, agar hozir yoningizda boʻlsa, koʻz tugul, hatto mikroskop bilan ham uni topa olmagan boʻlar edingiz. Lekin qanday qilib undan butun koinot yaraldi? Shu mitti zarradan sayyoralar, yulduzlar va galaktikalar qanday oʻsib chiqdi? Bu savollar haligacha 22 jumboq boʻlib qolmoqda. Olimlar faqat shu narsaning 13,8 milliard yil oldin portlagani va soniya oʻtar-oʻtmas katta bir borliqning paydo boʻlganini aniqlashgan, xolos. Bu hodisa fanda “Ulkan portlash” deb ataladi. Oʻsha portlashdan soʻng koinot quyuq chang va gazlardan iborat boʻlgan. Bu, aslida, mayda zarra – atomlarning quyuq holati edi. Undagi harorat Quyoshnikidan million marta issiqroq boʻlgan. Milliard yillar davomida bu mayda zarralar bir-biriga qoʻshilib ulkan yulduzlarni hosil qilgan. Soʻng sayyoralar paydo boʻlgan. Hozir ham galaktikamizning qaysidir burchaklarida mayda zarralar birlashib, yulduzlar yaralmoqda. Koinot esa kun sayin yanada kengaymoqda. Yaʼni “Ulkan portlash” hali tugagan emas. Biz esa shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz. Ingliz olimi Stiven Xokingning aytishicha, qachonlardir koinot kengayishdan toʻxtaydi va qisqarishni boshlaydi. Oʻshanda hamma jismlar siqila-siqila yana ignaning uchidan ham kichkina nuqtaga birlashar ekan. Bu hodisa fanda “Ulkan siqilish” nomi bilan mashhur. Xullas, bir hafta deganda fazo kemasining loyihasi ham tayyor boʻldi. Kechki ovqatdan soʻng har doimgiday muhandislar uchrashdilar va qilgan ishlarini sarhisob qildilar. – Menimcha, kema loyihasi tayyor! – dedi Ahmad barcha chizmalarni koʻzdan kechirib chiqarkan. – Men ham shunday deb oʻylayman. Endi uni qurib bitkazish qoldi. Ammo bu ham oson ish emas, – dedi Margol. Qahramonlarimiz shu kuni fazo kemasining qurilishiga doir masalalarni kelishib olib, soʻng xayrlashishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling